Telegram Group Search
🔹 E’LON

Toshkent viloyati IIBB boshlig‘i, general-mayor Tohir Aripovning navbatdagi shaxsiy qabuli 2025-yil 29-iyun, yakshanba kuni soat 10:00da Toshkent viloyati IIBB binosida (Nurafshon shahri, Yangiobod ko‘chasi) bo‘lib o‘tadi.


| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
#E’tirof

Bir guruh jurnalist va blogerlar taqdirlandi

Viloyatda 27 - iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha faxriylari, ommaviy axborot vositalari, matbuot kotiblari, ijtimoiy tarmoq faollari ishtirokida bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etib, soha xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy tabrikladi.

Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni keng yoritish, xalqimizga xolis va haqqoniy axborot yetkazishdagi munosib xizmatlari uchun sohaning bir guruh fidoyilari viloyat hokimi tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, jurnalist, blogerlar korxona hamda tashkilotlar bilan samarali hamkorlik qilgani uchun ham munosib rag‘batlantirildi.

Bayram oldidan ijodkorlar Parkent tumanida bo‘lib, yangi ishlab chiqarish korxonalari, zamonaviy infratuzilma loyihalarini, turizm obyektlari va intensiv bog‘dorchilik faoliyati bilan tanishdilar.


| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
2025/06/29 23:12:34
Back to Top
HTML Embed Code: