Hosilni qabul qilish va saqlashda ishonchni oqlash vijdon amri🇺🇿Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning amaliy tashrif bilan
Samarqand viloyatida bo‘lib, qishloq xo‘jaligi obyektlari faoliyati va dalalardagi agrotexnik tadbirlar bilan tanishayotgani haqida xabar bergan edik. Vazirning navbatdagi lokatsiyasi tashrif dasturiga ko‘ra,
“Kattaqo‘rg‘on-g‘alla klasteri” MChJga qarashli “Sultonobod” paxta qabul qilish maskani bo‘ldi.
✅Barchamizga ma’lumki ayni kunlarda yurtimizning barcha hududlarida
paxta yig‘im terimi qizg‘in pallada. Nafaqa
t fermer xo‘jaliklari ishchilari, mirishkor dehqonlar va ilg‘or terimchilar balki paxta qabul qilish maskanlari xodimlarining ham qo‘li-qo‘liga tegmay mehnat qilmoqda.
📌Zero, a
holi farovonligi, dehqonlarning moddiy ahvoli yaxshilanib, daromadlari oshishi daladagi mo‘l hosilni yog‘inli kunlarga qoldirmay sifatli yig‘ishtirib olishga bog‘liq. To‘g‘ri-da,
yurt farovonligini o‘ylagan xalqimizning og‘izbirchiligi, jipsligi ham aynan mana shunda mujassam.
🔗Vazir maskandagi ish jarayoni bilan tanishar ekan, bu yerda mehnat qilayotgan ishchilardan hol so‘rab, ular bilan suhbatlashishni ham unutmadi. Ayni kunda bu yerda
100 nafarga yaqin ishchilar mehnat qilmoqda.
🌐“Kattaqo‘rg‘on-g‘alla klasteri” MChJga qarashli 3 ta paxta qabul qilish maskani mavjud bo‘lib, aynan
“Sultonobod” paxta qabul qilish maskanida barcha ishlar to‘g‘ri tashkil etilgan. Biroq o‘rganishlar jarayonida paxta qabul qilish maskaniga bog‘liq bo‘lmagan tashqi omillar tufayli bu yerda ham
elektron tarozi qaydnomalarini vazirlikning elektron platformasiga joylashda katta uzilishlar mavjudligi aniqlandi.
✍️Viloyat va tuman agrar soha mas’ullari hamda paxta qabul qilish maskani mutasaddilari bilan suhbat chog‘ida bildirilgan ishonch mas’uliyati va uni oqlash, hisob-kitoblarning aniq bo‘lishi, bugun yo‘l qo‘yilgan
birgina xato ertaga katta yo‘qotishlarga olib kelishi, shuning uchun paxta qabul qilishdagi
har bir jarayon shaffof va turli shubha-gumonlardan holi bo‘lishi lozimligi bo‘yicha tavsiyalar berildi.
🎚Shuni alohida ta’kidlash kerak, maskanda nafaqat
paxta navlarini alohida saqlash balki, urug‘likka ajratilgan hosilni ham belgilangan talablar darajasida saqlash uchun yetarlicha tayyorgarlik ko‘rilgan.
🔵Vazir yo‘l qo‘yilgan
kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish va har bir jarayonda shaffoflikni ta’minlash mutasaddilarning vijdon amri ekanligini ta’kidlab, bu bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalarni berdi.
🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram