Telegram Group Search
Forwarded from Shahboz Abdusattorov
Cho‘lda yaralayotgan mo‘jiza

🇺🇿Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov agrar sohadagi islohotlar izchilligini ta’minlash maqsadida Navoiy viloyatidagi tashrifini yakunlab Qashqadaryo viloyatiga keldi.

📌Tashrif dasturiga ko‘ra ilk manzil – Koson tumani “Jaloir” MFY 30 yil foydalanmasdan kelingan yerda barpo etilgan fermer xo‘jaligi bilan tanishdi.

🔗1300 gektar maydonni egallagan hududda Xitoyning “Chjun Tai 2” g‘o‘za navi 76 sxemada qo‘shqator qilib plyonka ostiga ekilgan bo’lib, to’liq tomchilatib sug‘orish tizimi joriy qilingan.

🟢Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bugun Qashqadaryo agrar sohasi butunlay o‘zgarishlar og‘ushida. Bu esa aynan yangidan-yangi ekin yerlarining o‘zlashtirilayotganida namoyon bo‘lmoqda. Foydalanishga qaytarilayotgan minglab gektar yerlar ushbu o‘zgarishlarning amaldagi natijasidir.

🔎Bir paytlar foydalanishdan chiqib ketib, salkam 30 yil davomida yantoqzor va qamishzor bo‘lib yotgan bu yerlar Xitoyning “Lihao group” kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarishga qaytarilmoqda.

Vazir Ibrohim Abdurahmonov xorijiy g‘o‘za navining vegetativ holati bilan tanishar ekan, ilm va innovatsiyaga asoslanib amalga oshirilayotgan agrotexnik tadbirlar bugun o’z natijasini ko‘rsatganini e’tirof etdi.

🏓Sho‘rlik darajasi yuqori bo‘lgan, qolaversa endigina foydalanishga kiritilgan ekin maydonlarida g‘o‘za nihollarini bexato undirib olish, albatta, tinimsiz mehnat va izlanishlarni talab etadi.

🇺🇿Vazir Ibrohim Abdurahmonov dala boshida paxtachilik sohasi mutaxassislari bilan qilgan suhbatda bundan ob-havo kutilganidek bo‘lsa, ushbu g‘o‘za maydonlarining har bir gektaridan kamida 60-70 sentnerdan hosil olinishi ma’lum qilindi.

💻Binobarin, xitoylik kompaniya vakillari o‘zlarining eng katta loyihalari bilan Qashqadaryoda ishtirok etayotgani, aynan Xitoy g‘o‘za navi uchun viloyat hududining iqlim sharoiti har tomonlama to‘g‘ri kelgani bois har qanday qiyinchiliklarga qaramasdan maqsadlari yo‘lida harakat qilishayotganini ta’kidlab o‘tildi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Shahboz Abdusattorov
Jamlangan paxtani sifatli saqlash va uni platformalarda shaffof holda aks ettirish bugunning talabidir

Sohada amalga oshirilayotgan keng ko’lamli ishlar samaradorligini o’rganish maqsadida Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurgan vazir Ibrohim Abdurahmonov navbatdagi manzil bo’yicha Koson tumanidagi “Koson baxt klaster” MChJ ga qarashli Surxon paxta qabul qilish maskanida bo’ldi.

📌Ushbu maskanda keng dala maydonlarida yetishtirilib, hosili terib olingan paxtalar vaqtinchalik saqlash uchun jamlanadi. Umumiy jarayon ijobiy kechayotgan bo’lsa-da, biroq, agroplatformalar bilan ishlash, jamlanayotgan paxtaning mavjud qiymatini aks ettirish va uni platformaga joylashda muammolar yuzaga kelmoqda. So’ngi bir hafta davomida kirim qilingan paxta, agroplatformaga joylanmagan.

🏪Maskandagi tarozibon va mutasaddilarning aytishlaricha, mazkur platforma bilan ishlashda dasturiy ta’minotning uzilish holatlari kuzatilgan. Hozirda ushbu muammoni bartaraf etish chora tadbirlari amalga oshirilmoqda.

🇺🇿Vazir o’z navbatida mazkur holatni keskin tanqid qilib, hafta davomi hal etilmagan ushbu muammoning yechimiga to’xtalib o’tdi. Amalda topshirilgan paxta hajmi bilan platformaga joylangan raqamlar o’rtasida nomutanosiblik yuzaga kelayotgani, buning uchun, har bir topshirilayotgan paxtani tarozida aniq o’lchash va kilogrammlarni shaffof holatda platformalarda aks ettirish lozimligini aytib o’tdi.

🔗Shuningdek, vazir bu jarayonda viloyat va tuman agrotarmoq mas’ullari birdek yondashgan holda, mavjud kamchiliklarni bartaraf etib, barcha tushunmovchiliklarga barham berishlari hamda dasturiy ta’minot bilan ishlashni sifatli yo’lga qo’yish va faoliyatga oid hisobdorlikni his etgan holda ishni to’g’ri tashkil etishlari borasida o’z ko’rsatmalarini berib o’tdi.

💬Shu bilan birga, mas’ullarga internet tarmog’ining barqarorligini ta’minlab, mazkur platforma bilan ishlashda malakali mutaxassislarni jalb qilish, maskanda vaqtinchalik saqlanayotgan paxtaning aniq qiymatini raqamlarda aks ettirishda puxta yondashuvni yo’lga qo’yish borasida ham qo’shimcha topshiriqlar berildi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/22 08:46:22
Back to Top
HTML Embed Code: