Telegram Group Search
Soha rivojiga to’sqinlik qiladigan yagona omil bu - tajribasizlikdir!

Ayni vaqtda amaliy tashrif bilan Qashqadaryo viloyatida bo’lib turgan qishloq xo’jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning navbatdagi belgilangan lokatsiyasi Nishon tumanida joylashgan “Mirishkor ratex tekstil” MChJ ga qarashli Navro’z paxta qabul qilish maskani bo’ldi.

Avval xabar qilganimiz, ishga nisbatan mas’uliyatsizlik bilan yondashish, elektron texnika va platformalar bilan ishlashda kuzatilayotgan tajribasizlik kabi muammolar ushbu maskanda faoliyat yuritayotgan xodimlarda ham kuzatilayotganini ko’rishimiz mumkin.

📌Ta’kidlash lozim, paxtani vaqtinchalik saqlash maskanidagi tarozibonlarning mazkur “Agroplatforma.uz” tizimi bilan ishlash, unga kiritiladigan paxta kilogrammlariga oid raqamlarni belgilash va sinxronlash bo’yicha xabardorligi bo’lsa-da, sustkashlik oqibatida majmuaga keltirilgan paxtalar vazni platformadan aks ettirilmasdan turib, jamlash holati kuzatilgan. Buning oqibatida saqlanayotgan paxtalarning umumiy qiymatini hisoblashda muammolar yuzaga kelmoqda.

🦠Shu o’rinda muhim masalaga to’xtalib o’tish darkor. Mas’ullardan avvalo jamlash maskaniga keltirilayotgan paxta yuki ortirilgan transport raqamini ro’yxatga olish, undagi paxta navlarini belgilash va umumiy og’irlikni o’lchagan holda, sof vaznni tizimga shaffof holatda kiritib, so’ng sinxronlash tugmasini bosish talab etilgan. Biroq, mazkur ma’lumotlarni quyidagi tarzda platfotmaga joylash borasida mas’uliyatsizlikka yo’q qo’yilgan.

🌐Qayd etish lozim, bu kabi tajribasizlikning salbiy natijalarini ayni tumanda joylashgan “Sulton tekstil group” MChJ va Shodlik klasterlariga qarashli paxta qabul qilish maskanlarida ham ko’rish mumkin. Muammoning ko’rinishi ham, oqibati ham bir-biriga juda o’xshash. Bu majmualarda ham tarozibonlarning elektron platformalar bilan ishlashda yo’l qo’yayotgan xato va kamchiliklari yaqqol ko’zga tashlanmoqda.

⭐️Vazir bu holatni keskin tanqid ostiga olarkan, bunday ishlash umumiy tizim faoliyatini muammolar ostida qoldirishi mumkinligini, xodimlardagi bunday loqaydlik va tajribasizlik esa, olib borilayotgan keng ko’lamli sa’y-harakatlarni natijasiz holga keltirib, soha rivojiga nisbatan to’sqinlik yuzaga keltirishini aytib o’tdi.

Shu bilan birga, vazir mutasaddilarga vaziyatni ijobiylashtirishga oid o’zining ko’rsatmalarini bildirib, mutaxassislardagi nazariy va amaliy ko’nikmalarni qayta shakllantirish, elektron platformalar bilan ishlashda standartlarga xos yondashuvni yo’lga qo’yish, har bir ishni vijdonan, aql va bilimga tayangan holda amalga oshirish, tizimga kiritilayotgan ma’lumotlarning shaffofligini ta’minlagan holda, asl raqamlarnigina aks ettirish bugungi kunning talabi ekanligini yana bir bor ta’kidlab o’tdi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Paxta yetishtirishda ilg‘or tajribalarni qo‘llash orqali yuqori hosildorlikka erishish mumkin

🗺Qashqadaryo viloyatida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning navbatdagi tashrif obyekti Kasbi tumani G‘alaba QFY dagi 10 gektarlik "Muhammad bobo Shodmonov" fermer xo‘jaligiga qarashli dala maydoni bo‘ldi. Bu yerga "Buxoro-8" navi ekilgan bo‘lib, o‘rtacha hosildorlik 40 sentnerni tashkil qilmoqda.

Vazir o‘z navbatida bugun 35-40 sentner hosil bilan cheklanib qolmasdan, yangicha texnologiyalarni qo‘llash, olimlar bilan maslahatlashgan holda baraka urug‘larini yerga qadash, binobarin, mahalliy navlarni terib olishda shoshqaloqlikka yo‘l qo‘ymasdan, xlorid magniy bilan defoliatsiya qilish orqali barglarini to‘liq to‘kib, so‘ng mashina orqali terimga kirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi.

🔘Vazir o‘z navbatida Kasbi tumanidagi "Nigora Akramova" fermer xo‘jaligiga qarashli 10 gektarlik paxta maydonini ham ko‘zdan kechirdi.

Ushbu dalaga Hindistonning "Nath-1" xorijiy navi 90lik sxemada, yakkaqator qilib ekilgan. Vazir dala maydonini ko‘zdan kechirar ekan, birinchi navbatda urug‘lik paxta olish, keyinchalik esa, tovar paxta olish zarurligini tushuntirib o‘tdi. Bundan tashqari, paxtani yetiltirish uchun defoliatsiya qilish zarurligini ham ta’kidlab o‘tdi.

🍃10 gektarlik ushbu dala maydonining ma’lum qismiga "Nath-1" navi ekilgan bo‘lsa, yana yondosh qismlariga ham Hindiston davlatidan keltirilgan boshqa navlar ekilgan. Umuman olganda, ushbu dala maydonida Hindistondan keltirilgan navlar ustida tajriba ishlari amalga oshirilmoqda.

🌱Aytish kerak, navlarning sho‘rga chidamliligi, iqlimga moslashuvchanligi, ularni O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish bo‘yicha barcha ishlar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

🎚Aynan "Nath-1" hamda unga turdosh bo‘lgan boshqa navlar hozirgi kunda yaxshi samara bermoqda. Bu navlarning sho‘rga chidamliligini inobatga olgan holda mamlakatimiz shimoliy hududlarida ekish maqsadga muvofiq.

📰Zero, bugun har bir fermer paxta ekish hamda uning hosildorligini oshirish borasida bugungi tajribalarni o‘z fermer xo‘jaligida joriy etishi zarur. Buning uchun olimlar hamda fermerlarning o‘zaro hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/11/12 04:24:29
Back to Top
HTML Embed Code: