Forwarded from QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
O‘zbekistonda pestitsidlarning xavfsiz boshqaruviga o‘tiladi
🟢 Mamlakatimizda pestitsidlarni xavfsiz boshqarish loyihasi - “Xavfli kimyoviy moddalarni oqilona boshqarish uchun texnik yordam” loyihasi amalga oshirilmoqda. Ushbu tashabbus mamlakatni iqlim o‘zgarishi ta’sirini yumshatish hamda atrof-muhitning salbiy oqibatlarini kamaytirishda qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi.
🔗 Buning uchun esa mahalliy salohiyatni oshirish, institutlarni mustahkamlash, me’yoriy-huquqiy hujjatlar, vosita va muvofiqlashtirish mexanizmlarini sayqallash rejalashtirilgan.
🌿 Shuningdek, O‘zbekistonda kimyoviy chiqindilarni boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha asosiy masalalarni hal etish hamda pestitsidlardan foydalanishni qisqartirish uchun yanada ekologik toza qishloq xo‘jaligi amaliyotini joriy etish orqali ham pirovard maqsadga erishish ko‘zda tutilgan.
🇺🇳 Ushbu loyiha BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan birgalikda Yevropa Ittifoqi ko‘magida amalga oshirilmoqda.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
"Agroplatfoma.uz": ham qulay, ham shaffof va samarali
🔗 Xabaringiz bor, ayni kunlarda butun Respublikamizning aksariyat hududlari bo‘ylab paxta yig‘im-terim ishlari jadal olib borilmoqda. Bobodehqonlarimizning yil davomida qilgan zahmatli mehnatlari natijasi hademay paxta qabul qilish maskanlarida tog‘day bo‘y ko‘rsatadigan xirmonlar misolida ko‘zga ko‘rinadi.
💬 Jumladan, qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov rahbarligida tashkil etilgan yig‘ilishda ham paxta qabul qilish maskanlarining "Agroplatforma.uz" tizimi bilan ishlash tartibini monitoring qilish hamda xalqaro forum doirasida erishilgan kelishuv hamda investitsion loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
✅ Vazir o‘z navbatida respublikamizning barcha hududlarida yetishtirilayotgan paxta xom-ashyosini sifatli terib olish va qayta ishlash masalalariga to‘xtalar ekan, paxtachilik fermer xo‘jaliklarining paxta xomashyosini ularning xohishiga ko‘ra vaqtinchalik saqlashga olish, bu bo‘yicha fermer xo‘jaliklariga shartnoma bandlari va aniq hisob-kitoblarni qilib berish yuzasidan topshiriq berdi.
📌 Binobarin, paxta tayyorlov punktlarida qabul qilingan paxtani nav va tip belgilariga qarab saqlash, brezentlarning holati va urug‘lik paxtani alohida jamg‘arish, unga qo‘yilgan talablarning to‘g‘ri tashkil etilganligi, yong‘in xavfsizligi va infratuzilmaning tayyorligi kabi jarayonlar ham ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish oldimizda turgan asosiy vazifalardan biri ekani qayd etildi.
✅ Zero, bugungi islohotlarning o‘z vaqtida va samarali tashkil etilishi ertangi taraqqiyot demak.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM