Telegram Group Search
Forwarded from Shahboz Abdusattorov
Forwarded from Shahboz Abdusattorov
Samarqand: ko‘chat ekish emas, uni o‘stirish muhim

Samarqandliklar ishning ko‘zini bilishi, har bir imkoniyatdan samarali foydalanishi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, u yerda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari-yu, nonlari tillarda doston.

🔗Binobarin, issiqxonachilik sohasida ham muvaffaqiyatlarga erishayotgan oqdaryoliklar bunga misol bo‘la oladi.

✍️Jumladan, sohada amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligi bilan tanishish maqsadida Samarqand viloyatida bo‘lib turgan vazir Ibrohim Abdurahmonov Oqdaryo tumani "Afrasiab jeans textile" klasteriga qarashli 4 gektarli hududni egallagan issiqxonada bo‘lib, ko‘chat yetishtirish jarayonlari bilan yaqindan tanishgani ham bejiz emas.

Aytish kerak, xalqimizda azaldan ko‘chat ekib, bog‘ yaratgan insonlar ulug‘langan. Bahor kirib kelayotgan shu kunlarda har bir kishi nimadir ekishga ishtiyoq sezadi. 

📰Shuni alohida ta’kidlash kerakki, ushbu issiqxona ham xorijdan keltirilgan noyob manzarali daraxt va gul ko‘chatlarini mahalliylashtirish va ularni ko‘paytirib yurtdoshlarimizga yetkazib berish maqsadida tashkil etilgan.

🌐Bu yerda mevali daraxtlarning turli kasallik va zararkunandalardan xoli bo‘lgan hamda qurg‘oqchilikka chidamli, turli iqlim sharoitiga mos navlarining klon payvandtaglari va payvandlangan ko‘chatlari yetishtirilmoqda.

🇺🇿Vazir o‘z navbatida issiqxona imkoniyatlari bilan tanishar ekan, bugungi kunda agrar soha taraqqiyoti bu kabi zamonaviy majmualarda yetishtirilgan mahsulotlarga chambarchas bog‘liq ekanini ta’kidladi.

💬Binobarin, ko‘chatchilik faoliyatini yanada rivojlantirish va uni mamlakatimizda yangi bosqichga olib chiqish uchun zarur chora-tadbirlar ko‘rish yuzasidan o‘z takliflarini bildirdi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/21 02:58:56
Back to Top
HTML Embed Code: