Telegram Group Search
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent ilk bor VIII butunjahon paxta tadqiqot konferensiyasi (WCRC-8) ga mezbonlik qiladi

Tayyorgarlik doirasida Xalqaro paxta bo‘yicha maslahat qo‘mitasining (ICAC) 82-yalpi majlisi hamda Xalqaro paxta genomi tashabbusi (ICGI) tadbirlari bo’lib o’tadi.

🧑‍💻Mazkur xalqaro darajadagi tadbirlar 29-sentabrdan 7-oktabrga qadar (shu kuni ham) International mehmonxonasida o‘tkazilishi belgilangan.

💬Unda bir qator kelishuv loyihalarining muhokamasi, xalqaro darajadagi hamkorlik, qishloq xo‘jaligi sohasining istiqbolini belgilaydigan dolzarb masalalar ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Paxta yetishtirishda yangicha texnologiyalardan foydalanilmoqda

Xabaringiz bor, qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov ayni vaqtda amaliy tashrif bilan Buxoro viloyatida bo‘lib turibdi. Asosiy maqsad sohada amalga ishirilayotgan ishlar ko‘lamini o‘rganish. Tashrifga oid navbatdagi manzil Olot tumanidagi “Merganteks” klasteri bo‘ldi.

📌Aytish mumkin ushbu keng dala maydoniga Shukurullo Urunov fermer xo‘jaligi tomonidan g‘alladan keyingi ekin sifatida paxtaning erta pishar Xitoy navlari ekilgan bo‘lib, kutilayotgan hosildorlik 50 sentner deya baholanmoqda. Ushbu g‘oza navlari shu yilning 10-15 iyun kunlari yerga qadalgan bo‘lsa, hozirga kelib paxtaning 20 foizi ochilgan.

💬Fermerga ko‘ra, endilikda defoliatsiya qilish ishlari boshlanadi. Natijada, keyingi hosil vaqtiga qadar 76 sxemada ekilgan paxta navlari yaxshi rivojlanishga kirishadi. Mas’ullarning aytishicha, ushbu defoliatsiyalash ishlari maxsus dronlar yordamida amalga oshiriladi. Sug‘orish jarayonida esa, Xitoy tajribasi asosida zamonaviy texnologiyalarni qo‘llagan holda plyonka ostiga olib, tomchilatish usulidan foydalaniladi.

🔎Qayd etish lozim, “Merganteks” klasteri buyurtmasi asosida amalga oshirilayotgan ushbu agrotexnik tadbirlar qishloq xo‘jaligi tizimidagi o‘zgarish va yangilanishning yorqin misoli deyishimiz mumkin. Xorijiy navlarni o‘zimizning tuproqlarda yetishtirish shunchaki ish emas. Bu uchun albatta, har tomonlama samarali ko‘rilgan texnologiyalardan foydalanish talab etiladi.

🔗Vazir ushbu hududda olib borilayotgan natijaviy sa’y-harakatlarni munosib baholab, hosildorlik ko‘lamini yanada oshirish, navlarni iqlim o‘zgarishi va noqulay ob-havo ta’siridan omon saqlash, to‘g‘ri parvarish qilishda tajribani sayqallash, shuningdek, defoliatsiyalashda maxsus dronlarni qo‘llashni boshqa dala maydonlarida ham qo‘llashni joriy qilish borasida o‘zining ko‘rsatma va topshiriqlarini berib o‘tdi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
To'g'ri tashkil qilingan ish — samaradorlik kaliti demak

Ayni damda Buxoro viloyatida bo‘lib turgan qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov navbatdagi tashrif lokatsiyasi bo’yicha manzili Olot tumanidagi "Parvoz humo ravnaq trans" MCHJ paxta to'qimachilik klasteriga qarashli Jumabozor paxta qabul qilish maskanida bo'ldi.

🏠Maskan faoliyati bilan tanishar ekan, vazir, bu yerda ishlar tizimli yo'lga qo'yilganligi, ammo hisobot kitilishida "Agroplatforma" tizimi bilan sinxronlashtirish masalalarida kamchiliklar borligi ma'lum bo'ldi.

💬Bu borada barcha muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha topshiriqlar berib o'tildi va kunlik qabul qilinayotgan paxtani "Agroplatforma" tizimiga joylab borish maqsadga muvofiqligi ta'kidlab o'tildi.

🏪Paxta qabul qilinishida shaffoflik va ochiqlik tamoyillariga to‘liq rioya qilinishi, chegirma va ustamalarning to‘g‘ri qo‘llanilishi laboratoriya tahlillarining adolatli o‘tishi bilan chambarchas bog‘liq. Bu jarayonlarni raqamlashtirish esa, ish ko'lamini adolatli o'tishiga zamin yaratadi.

💬Shuning uchun bugun har bir maskandagi laboratoriyalarda fermer yoki uning vakili ishtirokida olib kelingan paxta xomashyosining sifat ko‘rsatgichlari tekshiruvdan o‘tkazilishi hamda raqamli platformalarda aks etmog'i darkor.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/26 22:55:29
Back to Top
HTML Embed Code: