Telegram Group & Telegram Channel
Soha rivojiga oid harakatlarni shubha ostiga qo‘yadigan yagona omil — bu mas’uliyatsizlikdir

📍Qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologik uslublarni qo‘llash, istiqbolli loyihalarni tatbiq etish, hosildorlikka yo‘nalgan agrotexnik tadbirlar ko‘lamini kengaytirish, shuningdek, tizimga oid potensial ko‘rsatgichlarni yanada rivojlantirish masalasi doim ustuvor vazifalar sifatida ko‘riladi.

🤔Ayni shu jarayonlarni o‘rganish, sohada amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligini o‘rganish maqsadida Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning tashrifga oid navbatdagi manzili Xovos tumanidagi "Numon eks" paxta qabul qilish maskani bo‘ldi.

Afsuski, ushbu maskandagi holat unchalik ham quvonarli emas. Paxtani qabul qilish, u yuklangan transport raqamini ro‘yxatga kiritib, mahsulotning sof qiymatini aniqlash va "agaroplatforma.uz" tizimiga raqamlarga oid muhim ma’lumotlarni shaffof tarzda kiritish masalasida sustkashlikka yo‘l qo‘yilgan. Jamlangan umumiy paxta borasidagi ma’lumotlarni platformada aks ettirish va uni sinxronlash borasida tajribasizlik mavjudligini ko‘rish mumkin.

↔️Ta’kidlash o‘rinli, maskan xodimlarida paxtani vaqtinchalik saqlashdan ko‘zlangan maqsad nimaligi, saqlashga oid tushunchalar, mahsulotni sifat darajasida jamlash uchun qanday uslubiy qo‘llanmalardan foydalanish zarurligi borasida ham xabardorlik mavjud emas. Paxtani shartnoma asosida qabul qilishing o‘ziga xos majburiyatlari haqidagi tushunchalar ham ishchi xodimlarga yetarlicha singdirilmagan.

ℹ️Ishga nisbatan bunday sovuqqonlik bilan yondashuv quyidagicha salbiy oqibatlarni keltirishi mumkin:

maskanda jamlangan paxtaning umumiy qiymatini aniqlashda muammolar yuzaga keladi;
vaqtinchalik saqlash uchun keltirilgan paxtaning navlarini ajratib olishda qiyinchiliklar ortadi;
mahsulotning sifat ko‘rsatgichi borasidagi statistik holat tushunarsizlashadi.

➡️Vazir ushbu holatni keskin tanqid qilarkan, avvalo, xodimlardagi potensial salohiyatni oshirish, keltirilgan paxtaning sof qiymatini platformalarda aks ettirish borasida tajribani rivojlantirish, tizimda olib borilayotgan rivojlanishga oid harakatlarni shubha ostiga qo‘yadigan bu kabi kechirib bo‘lmas mas’uliyatsizliklarga barham berish bo‘yicha o‘zining ko‘rsatma va topshiriqlarini berdi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM

group-telegram.com/Ibrokhim_Abdurakhmonov/2993
Create:
Last Update:

BY Ibrohim Abdurahmonov

Share with your friend now:
group-telegram.com/Ibrokhim_Abdurakhmonov/2993

View MORE
Open in Telegram

Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

For Oleksandra Tsekhanovska, head of the Hybrid Warfare Analytical Group at the Kyiv-based Ukraine Crisis Media Center, the effects are both near- and far-reaching. On Feb. 27, however, he admitted from his Russian-language account that "Telegram channels are increasingly becoming a source of unverified information related to Ukrainian events." For tech stocks, “the main thing is yields,” Essaye said. Update March 8, 2022: EFF has clarified that Channels and Groups are not fully encrypted, end-to-end, updated our post to link to Telegram’s FAQ for Cloud and Secret chats, updated to clarify that auto-delete is available for group and channel admins, and added some additional links. Unlike Silicon Valley giants such as Facebook and Twitter, which run very public anti-disinformation programs, Brooking said: "Telegram is famously lax or absent in its content moderation policy."
from us

Telegram Ibrohim Abdurahmonov
FROM American