group-telegram.com/Ilmfanjurnali/436
Last Update:
Nobel qo‘mitasi kimyo sohasidagi sovrindorlarni e’lon qildi
✅ Sovrindorlarni aniqlash Qo‘mita uchun oson kechmadi. Va nihoyat, bu safar mazkur mukofotni teng ikkiga bo‘lishga qaror qilindi.
✅ Uning bir qismi AQShlik olim Devid Beykerga “oqsillarni hisob-kitob vositasida loyihalash”ga oid izlanishlari uchun, ikkinchi qismi esa britaniyalik tadqiqotchilar – Demis Xassabis va Jon Jamperlarning oqsillar ustida hamkorlikda olib borgan ishlari uchun berildi. Olimlar aminokislotalar ketma-ketligi asosida oqsillarning uch o‘lchovli tuzilmasi shifrlarini o‘qiy oladigan AlphaFold nomli sun’iy intellekt dasturini yaratdilar. Natijada ular neyron tarmog‘idan foydalangan holda, fanga ma’lum bo‘lgan deyarli barcha oqsillarning tuzilishini bashorat qilishga muvaffaq bo‘ldilar.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
BY "Ilm-fan va innovatsion rivojlanish" ilmiy jurnali
Share with your friend now:
group-telegram.com/Ilmfanjurnali/436