group-telegram.com/Ilmfanjurnali/437
Last Update:
✅ “Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” jurnalining 2024-yil 5-sonida Jizzax politexnika instituti “Tabiiy tolalar va matoga ishlov berish texnologiyasi” kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi, t.f.f.d. (PhD) – Norboyeva Gulasal Narzullayevna tomonidan yozilgan “Avtomobil sanoati ishchilari uchun mehnat sharoitlarini hisobga olib, yangi assortimentdagi maxsus kiyimni loyihalash uchun tavsiyalar ishlab chiqish” deb nomlangan maqola chop etilmoqda.
✅ Maqolada аvtomobil sanoati ishchilarining maxsus kiyimi ustida olib borilgan tadqiqotlarning natijalari o‘z aksini topgan. Dastlab ishchilarning maxsus kiyimi orqali inson tanasi hamda tashqi muhit o‘rtasidagi o‘zaro havo almashinuvi jarayonlari tadqiq etildi. O‘rganishlar natijasida хona harorati va nisbiy namligining belgilangan me’yorlarga javob bermasligi, korxonadagi uskuna va jihozlardan chiqayotgan yuqori harorat ishchilar organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi kabi va boshqa salbiy omillar mavjudligi ma’lum bo‘ldi.
✅ Shularni bartaraf etish maqsadida ventilyatsiya elementlaridan foydalanilgan holda, ishchilari uchun gigiyenik va havo o‘tkazuvchanlik ko‘rsatkichlari yaxshilangan maxsus kiyimlar ishlab chiqish tavsiya etildi, gazlamalarning strukturaviy, fizik-mehanik ko‘rsatkichlarini tadqiq qilindi.
❗️Yangi assortimentdagi maxsus kiyimni loyihalashda aralash tolalali gazlama bilan birgalikda inson tanasi va kiyim osti bo‘shlig‘ida havo aylanishini ta’minlash uchun to‘r matolardan foydalanish orqali samarali natijalarga erishildi.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
BY "Ilm-fan va innovatsion rivojlanish" ilmiy jurnali
Share with your friend now:
group-telegram.com/Ilmfanjurnali/437