group-telegram.com/Ilmfanjurnali/445
Last Update:
📣 “Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” jurnalining 2024-yil 5-sonida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Tikuv buyumlari texnologiyasi va raqamli injiniring” kafedrasi mudiri, t.f.d., professor Rasulova Mastura Kabilovna hamda Jizzax politexnika instituti “Tabiiy tolalar va matoga ishlov berish texnologiyasi” kafedrasi assistenti Orziqulova Gavharxon Sultonmurod qizi tomonidan yozilgan “Bolalar ortopedik moslashuvchan kiyimi uchun qoʻllaniladigan materiallarning xususiyatlari tadqiqini ekspert baholash” sarlavhali maqola chop etilmoqda.
✅ Maqolada bolalar kiyimi uchun foydalanish mumkin bo‘lgan matolarning ahamiyatlilik ko‘rsatkichlarini ekspert baholash tadqiq qilindi. Ekspertlar sifatida bir yoshgacha farzandlari bor ota-onalar (respondentlar) tanlandi. Bolalar kiyimlari tikish uchun eng ko‘p qo‘llaniladigan mahalliy paxta xomashyosidan ishlab chiqarilgan paxta tolali trikotaj gazlamalari tadqiqot ob’yekti sifatida tanlab olindi.
✅ So‘rov natijalariga ko‘ra, bolalar moslashuvchan kiyimi loyihasini ishlab chiqish uchun bir nechta muhim ko‘rsatkichlar aniqlandi. Eng muhim ahamiyat kasb etuvchi ko‘rsatkichlar mato tanlashda asos bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi. Bolalar kiyimi uchun xomashyo tanlashda ushbu ko‘rsatkichlarning talab darajasida bajarilishini ta’minlash tavsiya etildi.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
BY "Ilm-fan va innovatsion rivojlanish" ilmiy jurnali
Share with your friend now:
group-telegram.com/Ilmfanjurnali/445