group-telegram.com/Ilmfanjurnali/446
Last Update:
📣 “Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” jurnalining 2024-yil 5-sonida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti xodimlari – t.f.d., professor Arifjanov Aybek Muxamadjanovich, t.f.d. Samiyev Luqmon Nayimovich, t.f.f.d. (PhD), dotsent Xoshimov Sardorbek Ne’matjon o‘g‘li hamda doktorant Ulashov Qudratilla Chori o‘g‘li tomonidan yozilgan “Suv ombori drenajlarida dala tadqiqotlarini olib borish” sarlavhali maqola chop etilmoqda.
✅ Maqolada suv omborlari drenajlarida filtratsiya suvlarining tarkibi bo‘yicha izlanishlar olib borish va baholash yuzasidan olib borilgan tadqiqotlar o‘z aksini topgan. Bu kabi tadqiqotlar suffoziya (lotincha: suffossio oʻyish) – yer osti suvlari taʼsirida togʻ jinslari massividan mayda mineral (xlorli, sulfat, karbonat tuzlar va boshqalar) zarrachalarning mexanik ravishda yuvilishi kabi hodisalarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.
✅ Tabiiy dala tadqiqotlari davomida Chimqo‘rg‘on suv ombori to‘g‘onida 19 ta gidropostda filtratsiya suvlari bo‘yicha o‘lchash ishlari amalga oshirildi. Olingan natijalar to‘g‘onlarda filtratsiya suvlarining tarkibini o‘rganish va filtratsiya jarayonini baholash muhim vazifalardan biri ekanligini ko‘rsatdi. Bu orqali gruntli to‘g‘onlarning ishonchli ishlashini ta’minlash mumkin, degan xulosaga kelindi.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
BY "Ilm-fan va innovatsion rivojlanish" ilmiy jurnali
Share with your friend now:
group-telegram.com/Ilmfanjurnali/446