group-telegram.com/Ilmfanjurnali/447
Last Update:
📣 “Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” jurnalining 2024-yil 5-sonida Toshkent kimyo-texnologiya instituti xodimlari – t.f.d., professor Usmonov Botir Shukurillayevich, Avtomatlashtirish va raqamli boshqaruv kafedrasi mudiri Usmanov Komil Isroilovich, t.f.d., professor Artikov Asqar Asqarovich hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti tayanch doktoranti Rejabov Sarvar Abdurasulovich tomonidan yozilgan “Noqat’iy mantiq asosida bilvosita quyosh quritgichlarining harorat dinamikasini bashorat qilish” sarlavhali maqola chop etilmoqda.
✅ Maqolada o‘zgaruvchan ob-havo sharoitida ishlaydigan quyosh quritgichlarida mahsulotlarni quritish jarayoni bilan bog‘liq tadqiqot yoritilgan. Tadqiqotda ushbu turdagi quritgichlarning samaradorligini aniqlash, tahlil qilish va kelgusidagi ish faoliyatini bashorat qilish uchun tizimni modellashtirish o‘rganilgan.
✅ Modellashtirish, quritish jarayonining murakkab dinamikasini hisobga olgan holda, uni optimallashtirishga yordam beradi. Quritish kamerasidagi haroratni bashorat qilish quritish jarayonining samaradorligini oshirishda va mahsulot sifatini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli quyosh quritgichida turli ob-havo sharoitlarida bir qator eksperimental tajribalarlar o‘tkazilib, uning statik va dinamik xususiyatlari o‘rganildi.
❗️Tajriba natijalari asosida Mamdani usulidan foydalanilgan holda tegishlilik funksiyalari shakllantirildi va xulosalash mexanizmi qoidalari ishlab chiqildi. Taklif etilgan Mamdani algoritm modeli orqali kelajakda quyosh quritgichlarining avtomatik rostlash tizimlarini yaratish va quritish texnologiyalarini takomillashtirish imkoniyatlari ortishi isbotlandi.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
BY "Ilm-fan va innovatsion rivojlanish" ilmiy jurnali
Share with your friend now:
group-telegram.com/Ilmfanjurnali/447