group-telegram.com/Ilmfanjurnali/452
Last Update:
21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni
✅ 1989-yil 21-oktyabr kuni yurtimizda “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilindi.
✅ O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi e’lon qilindi hamda o‘zbek tilida asosiy qonunimiz – O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi yaratildi. Bu esa ona tilimizning nufuzini yanada yuksaltirdi.
✅ 2019-yil 21-oktyabrda O‘zbekiston Prezidenti “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Unga muvofiq, “2020 – 2030 yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi” tasdiqlandi. Konsepsiyada:
❗️mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarida davlat tili imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishga erishish;
❗️ta’lim tashkilotlarida davlat tilini o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish, uning ilm-fan tili sifatidagi nufuzini oshirish;
❗️davlat tilining sofligini saqlash, uni boyitib borish va aholining nutq madaniyatini oshirish va shu kabi boshqa muhim masalalar nazarda tutildi.
✅ 2020-yil 20-oktyabrda esa Prezidentimizning “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni e’lon qilindi.
✅ 21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni, deb belgilandi.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
BY "Ilm-fan va innovatsion rivojlanish" ilmiy jurnali
Share with your friend now:
group-telegram.com/Ilmfanjurnali/452