Telegram Group Search
​​📣📣📣 "Ilm-fan va innovatsion rivojlanish – Наука и инновационное развитие – Science and Innovative Development" ilmiy jurnalining 2023-yil 6-soniga 3-noyabrdan 13-noyabr soat 18:00 ga qadar maqolalar qabul qilinmoqda.

❗️Eslatib o‘tamiz, maqolalar qoraqalpoq tilida ham qabul qilinadi.

📞 Mualliflar ilmiy maqolalarni [email protected] pochtasi yoki +998 99 373-90-35 telegram raqamiga yuborishlari mumkin.

‼️Ilmiy maqolalar jurnalga qo‘yilgan talablarga muvofiq yozilgan bo‘lishi lozim.

Maqolalar qabul qilingan kundan boshlab 10 ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi.

📌Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasining TEXNIKA FANLARI bo‘yicha chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.

❗️Jurnalga faqat TEXNIKA fanlariga oid maqolalar qabul qilinadi.

‼️ Jurnalda maqolalar bepul chop etiladi.

📌Jurnal dekabr oyida nashr etiladi.

Facebook | Telegram | Web | Instagram
​​🗣“Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” jurnalining 2023-yil 6-sonida Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya rahbari, texnika fanlari doktori, professor Toshboltayev Muhammad Tojaliyevich tomonidan yozilan “Kichik oʻt oʻrgich agregatining ishchi tezligi va qamrash kengligini asoslash” nomli maqola nashr etilmoqda.

Dehqon xoʻjaliklari va aholi tomorqa yerlarida koʻplab turdagi qishloq xoʻjaligi ekinlari ekiladi, parvarishlanadi va mahsulot yetishtiriladi. Ammo bu yerlarning kattaligi 0,5-3,0 gektar atrofida, yaʼni fermer xoʻjaliklari maydonlariga nisbatan ancha kichik boʻlgani uchun shudgorlash, ekish, qator oralariga ishlov berish, hosilni yigʻishtirib olish kabi texnologik operatsiyalar qoʻl kuchi yordamida bajarilmoqda. Demak, kichik traktor va mexanizatsiya vositasidan iborat kichik mexanizatsiya agregatlarini tuzish va ularning ratsional parametrlarini asoslash dolzarb ilmiy-texnik masaladir. Mazkur maqolada TTZ-30S kichik traktori va KOС-2,1 kichik oʻt oʻrgichdan tashkil topgan kichik oʻt oʻrgich agregatining ratsional ishchi tezligi Vu va qamrash b kengligi asoslangan.

Facebook | Telegram | Web | Instagram
​​⚡️“Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” jurnalining 2023-yil 6-sonida Jizzax politexnika instituti xodimlari – fizika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent Egamberdiyev Fazliddin Otaqulovich, assistent Xolmuratov Oybek Yarkinovich tomonidan yozilan “Paxtani mayda iflosliklardan tozalash uskunalari uchun yoysimon qoziqchalarning nazariy hisobi va tajribada sinash” nomli maqola nashr etilmoqda.

✔️Ushbu maqolada paxtani tozalash korxonalarida ishlatiladigan chigitli paxtani mayda va yirik iflosliklardan tozalash uskunalari tahlili hamda yechimlari keltirilgan. Uskunalarning konstruksion tahlillari asosida kamchilik va afzalliklari asoslangan. Bundan tashqari, chigitli paxtani mayda iflosliklardan tozalash uskunalari tozalash samaradorligi ko‘rsatkichlarining terim turiga ta’siri o‘rganilgan. Tahlillar asosida chigitli paxtaning sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borish zarurligi asoslangan. Rezinali qistirma hamda yoysimon qoziqchalarning takomillashtirilgan konstruksiyasi nazariy hisob-kitob qilingan.

Facebook | Telegram | Web | Instagram
​​⚡️“Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” jurnalining 2023-yil 6-sonida Jizzax politexnika instituti “To‘qimachilik mahsulotlarini qayta ishlash” kafedrasi xodimlari – texnika fanlari nomzodi, dotsent Doniyorova Matluba Adashbayevna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, kafedra mudiri Doniyorov Bektosh Baxodirovich, tayanch doktorant Shamiyev Diyor Bahriddin oʻgʻli tomonidan yozilan “Toʻquv dastgohlarining assortimentlik imkoniyatlari asosida koʻndalang yoʻl-yoʻl naqshli gazlamalarning yangi turlarini yaratish” nomli maqola nashr etilmoqda.

Ushbu maqolada O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatida xomashyodan tayyor mahsulotgacha ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarga oid ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, toʻquvchilik korxonalarida mavjud dastgohlarning assortimentlik imkoniyatlaridan keng foydalanish va shu asosda geometrik naqshli gazlamalar ishlab chiqarishni asoslashga oid ilmiy tadqiqotlar tahlil qilingan.

Facebook | Telegram | Web | Instagram
​​⚡️“Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” jurnalining 2023-yil 6-sonida Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti xodimlari – texnika fanlari doktori, professor Xakimov Sherkul Shergaziyevich va assistent Tuguzbaeva Robiya Berdimuratovna tomonidan yozilan “Ishlov berilayotgan jun massasining valli siquvchi moslamada taqsimlanishini muqobillashtirish hisobiga siqish samaradorligini oshirish” nomli maqola nashr etilmoqda.

Maqolada jun yuvish qozonida sifatli yuvish va yuqori siqish samaradorligini ta’minlaydigan siquvchi moslama ko‘rib chiqilgan. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, valli mexanizmlar yordamida jun tozaligining yuqori foiziga erishiladi, shuningdek, siqish jarayoni muqobillashadi. Grafik shaklda ishlov berilayotgan jun massasining bir juft vallardan o‘tayotgandagi taqsimlanishi ko‘rsatilgan.

Facebook | Telegram | Web | Instagram
​​⚡️“Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” jurnalining 2023-yil 6-sonida Toshkent Davlat transport universiteti texnika fanlari doktori, professor Shermuxamedov Abdulaziz Adilxakovich hamda Jizzax politexnika instituti texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Karimova Kamola Gʻulomovna tomonidan yozilan “Avtomobillar tormoz ustquymalari yeyilishi natijasida atrof-muhitga chiqadigan zarralar miqdorini aniqlash” nomli maqola nashr etilmoqda.

Ushbu maqolada avtomobil tormozlanishi jarayonida tormoz ustquymalari yeyilishi natijasida atrof-muhitga chiqadigan zarralar miqdorini gʻildirakning yoʻl bilan ilashish koeffitsiyentini hisobga olgan holda aniqlash usullari keltirilgan. Avtomobillar tormoz ustquymalarining resurs davri gʻildirakning yoʻl bilan ilashish koeffitsiyentiga bogʻliq oʻzgarishi inobatga olinib, ularning atmosferaga chiqaradigan zarralari miqdori nazariy jihatdan hisoblangan. Shuningdek, avtomobillar tormozlanish jarayonida tormoz ustquymalari yeyilishidan hosil boʻladigan zarralar tarkibida metallar konsentratsiyasi tarqalishi tahlili keng yoritilgan.

Facebook | Telegram | Web | Instagram
​​⚡️"Ilm-fan va innovatsion rivojlanish" jurnalining 2023-yil 6-sonida Toshkent kimyo-texnologiya instituti tayanch doktoranti Toʻraqulov Zafar Safarovich tomonidan yozilgan "Sement sanoati tutun gazlaridan karbonat angidridni ajratish jarayonini modellashtirish" nomli maqola chop etilmoqda.

Hozirgi kunda yer yuzi aholisi iqlim oʻzgarishlari ta’siridan aziyat chekmoqda. Iqlim oʻzgarishlarining asosiy sabablaridan biri – bu issiqxona gazlari, xususan, karbonat angidridning atmosferadagi konsentratsiyasi oshib ketishidir. Antropogen ta’sirlar tufayli karbonat angidridning atmosferadagi konsentratsiyasi sanoat inqilobi boshlangandan buyon qariyb 1,5 barobar ortgan. Sement ishlab chiqarish jarayoni ham CO₂ emissiyasining asosiy manbalaridan biri hisoblanib, global miqyosda yiliga 2,3 Gt CO₂ ni atmosferaga emissiya qilmoqda.

Ushbu ishda sement ishlab chiqarish sanoatida tutun gazlaridan CO₂ ni ajratish jarayoni tahlil qilindi. Dastlab yiliga 1 Mt sement ishlab chiqarish zavodi Aspen Plus dasturida modellashtirildi. Keyingi bosqichda esa sement zavodi tutun gazlari tarkibidagi CO₂ ni kamaytirishga qaratilgan usullardan membrana vositasida ushlab qolish texnologiyasi modeli tuzildi.

Facebook | Telegram | Web | Instagram
​​⚡️"Ilm-fan va innovatsion rivojlanish" jurnalining 2023-yil 6-sonida Gubkin nomli Rossiya davlat neft va gaz universiteti Toshkent filiali texnika fanlari nomzodi, professor Akramov Baxshillo Shafiyevich, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim Adizov Bobirjon Zamirovich hamda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti tayanch doktoranti Oripova Shahlo Karimovna tomonidan yozilgan "Gaz va gazokondensat konlari mahsuldor qatlamlarini tahlil qilish" nomli maqola nashr etilmoqda.

Ushbu maqolada gaz va gazokondensat konining mahsuldor gorizontlari parametrlari natijalari Alan gaz va gazokondensat koni misolida tahlil qilingan. Alan gazokondensat koni yotqiziqlarining litologik va stratigrafik xususiyatlari, shu jumladan, paleozoy yotqiziqlari, yura tizimi, oʻrta kelloviy-quyi kimmerij ostki bosqichlari, kimmerij-titoniy bosqichlari, boʻr tizimi, paleogen tizimi, neogen va toʻrtlamchi davrlari tizimlari o‘rganilgan. Shuningdek, Alan gazokondensat koni quduqlari geofizik tadqiq qilingan, kern boʻyicha mahsuldor qatlam parametrlari va mahsuldor qatlam qalinligi haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Facebook | Telegram | Web | Instagram
​​⚡️"Ilm-fan va innovatsion rivojlanish" jurnalining 2023-yil 6-sonida Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti “Informatika va raqamli ta’lim texnologiyalari” kafedrasi mudiri, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Yusupov Rabbim Mixilyevich hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali Amaliy matematika fakulteti “Axborot tizimlari va texnologiyalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi Ergashev Sirojiddin Baxtiyor o‘g‘li tomonidan yozilan "Tyuring mashinasi va sun’iy neyron to‘rlari" nomdagi maqola chop etilmoqda.

Sun’iy intellektning asosiy maqsadlaridan biri – bu inson miyasiga taqlid qilish asosida hisoblash mashinalarida bajarilishi mumkin bo‘lgan o‘qitish algoritmlarini loyihalashdir. Ushbu maqolada Tyuring mashinasi muammolarini sun’iy intellekt algoritmlari yordamida hal qilish usullari tajribalar asosida ko‘rib chiqilgan.

Maqolada, shuningdek, ushbu yo‘nalishdagi tadqiqotlarni har tomonlama o‘rganish natijalariga asoslangan NTM usulining tanqidiy tushunchalari keltirilgan. Xotira ma’lumotlari bilan ishlash va muammolarni hal qilish uchun HTM usulini qo‘llashning eksperimental natijalari taqdim etilgan. Maqolada ushbu sohadagi ilmiy munozaralar va kelajakdagi muammolarni hal qilish yo‘llari yoritilgan.

Facebook | Telegram | Web | Instagram
​​⚡️"Ilm-fan va innovatsion rivojlanish" jurnalining 2023-yil 6-sonida Ipakchilik ilmiy-tadqiqot institutining “Pillaga dastlabki ishlov berish, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” laboratoriyasi mudiri, texnika fanlari nomzodi Umarov Sardor Fotixovich tomonidan yozilgan "Tut ipak qurti pillasi g‘umbagini jonsizlantiruvchi quyosh issiqlik qurilmasi ichidagi harorat o‘zgarish tempining matematik modeli" nomdagi maqola chop etilmoqda.

Tut ipak qurtining tirik pilla g‘umbagini jonsizlantirish uchun yoqilg‘i-energetik resurslar sarfini kamaytirish maqsadida mazkur ishda tut ipak qurti pillasi g‘umbagini jonsizlantirishga maxsus mo‘ljallangan, ish unumdorligi yuqori bo‘lgan quyosh issiqlik qurilmasi taklif etilgan. Ushbu qurilmani joydan-joyga tashish qulay bo‘lib, buni istalgan turdagi transport vositasida bajarish mumkin.

Shuningdek, yuqori malakaga ega bo‘lmagan ishchi-xodimlar ham ushbu qurilmada pillalarga ishlov bera oladi. Qurilmaning pillalarga dastlabki ishlov berish bazalariga joriy qilinishi mavjud konveyer tipidagi pilla quritish agregatlarida pilla g‘umbagini jonsizlantirishga sarf bo‘ladigan yoqilg‘i-energetik resurslar sarfini 100%ga tejash imkonini beradi.

Facebook | Telegram | Web | Instagram
​​⚡️"Ilm-fan va innovatsion rivojlanish" jurnalining 2023-yil 6-sonida Namangan to‘qimachilik sanoati instituti hodimlari — texnika fanlari doktori, professor Muradov Rustam Muradovich hamda texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Raximov Fayzullo Xusanboy o‘g‘li tomonidan yozilgan "Paxta tozalash korxonalarida paxta chigitini tozalash va saralash jarayoni tahlili" nomdagi maqola chop etilmoqda.

Ushbu ilmiy maqolada paxta sanoatining asosiy mahsulotlaridan biri hisoblangan paxta chigitining fizik-mexanik xususiyatlari hamda toladan ajratilgan chigitlarni tozalash va saralashda qo‘llaniladigan amaldagi RNS, CXA, USM qurilmalari haqida maʼlumotlar keltirilgan. Shuningdek, ushbu qurilmalarning paxta chigitini tozalash va saralash jarayonida afzallik va kamchiliklari hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha olib borilgan amaliy va nazariy ilmiy-tadqiqot ishlari tahlil qilingan.

Facebook | Telegram | Web | Instagram
​​⚡️"Ilm-fan va innovatsion rivojlanish" jurnalining 2023-yil 6-sonida Namangan toʻqimachilik texnologiya instituti “Toʻqimachilik tolalari muhandisligi” kafedrasi hodimlari – texnika fanlari doktori (DSc), professor Sarimsakov Olimjon Sharifjanovich, kafedra assistenti Inamova Maftuna Dedamirza qizi hamda Yoʻldashev Hasanboy Sulaymon oʻgʻli tomonidan yozilgan “Arra tishlaridan paxta tolasini yechib olish jarayoni parametrlarini ilmiy asoslash” nomdagi maqola chop etilmoqda.

Mazkur maqolada paxta tozalash korxonalaridagi mavjud va asosiy muammolardan biri boʻlgan tolani chigitdan yechib olish yoki ajratish jarayoni ilmiy va nazariy oʻrganilgan, bir qator tajribalar olib borilib, olingan natijalar keltirilgan hamda yechimlar taklif qilingan.

Facebook | Telegram | Web | Instagram
📣📣📣“Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” ilmiy jurnalining 2023-yildagi oxirgi 6-soni nashrga topshirildi.

Facebook | Telegram | Web | Instagram
​​📣📣📣 "Ilm-fan va innovatsion rivojlanish – Наука и инновационное развитие – Science and Innovative Development" ilmiy jurnalining 2024-yil 1-soniga 20-dekabrdan 29-dekabr soat 17:00 ga qadar maqolalar qabul qilinmoqda.

❗️Eslatib o‘tamiz, maqolalar qoraqalpoq tilida ham qabul qilinadi.

📞 Mualliflar ilmiy maqolalarni [email protected] pochtasi yoki +998 99 373-90-35 telegram raqamiga yuborishlari mumkin.

‼️Ilmiy maqolalar jurnalga qo‘yilgan talablarga muvofiq yozilgan bo‘lishi lozim.

Maqolalar qabul qilingan kundan boshlab 10 ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi.

📌Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasining TEXNIKA FANLARI bo‘yicha chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.

❗️Jurnalga faqat TEXNIKA fanlaridan o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida yozilgan maqolalar qabul qilinadi.

‼️ Bakalavr va magistratura talabalarining maqolalari qabul qilinmaydi.

‼️ Jurnalda maqolalar bepul chop etiladi.

📌Jurnal fevral oyida nashr etiladi.

Facebook | Telegram | Web | Instagram
2024/09/21 01:17:18
Back to Top
HTML Embed Code: