Telegram Group Search
​​⚡️"Ilm-fan va innovatsion rivojlanish" jurnalining 2024-yil 1-sonida Toshkent davlat texnika universtiteti Qo‘qon filiali Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash sektori boshlig‘i, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) To‘ychiyev Zafarjon Zokirovich hamda Farg‘ona politexnika instituti Energetika fakulteti 1-bosqich doktoranti Qobilov Mirodil Xamidjon o‘g‘li tomonidan yozilgan “Elektr uzatish tarmoqlarida kuchlanish og‘ishining ekspluatatsiyadagi kuch transformatorlarining ish rejimlariga ta’siri” nomli maqola chop etilmoqda.

Kuchlanish og‘ishi natijasida kuch transformatorlarida hosil bo‘layotgan qo‘shimcha quvvat isrofini aniqlash ushbu tadqiqot ishining maqsadi hisoblanadi.Tadqiqotning predmeti sifatida ekpluatatsiya holatida bo‘lgan moyli kuch transformatorining magnit o‘zagi va chulg‘amlari tanlab olindi. Bundan tashqari, har xil yuklama rejimlarida ishlayotgan ushbu kuch transformatorida quvvat isrofi uning yuklanish koeffitsiyentiga bog‘liq ekanligi aniqlandi.

Facebook | Telegram | Web | Instagram
“Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” jurnalining 2024-yil 1-sonida Jizzax Politexnika instituti “Tabiiy tolalar va matoga ishlov berish” kafedrasi xodimlari – v.b. dotsenti Shumkarova Shamsiya Pulatovna, texnika fanlari falsafa doktori Rajapova Marg‘uba Nazimovna va Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “To‘qimachilik materialshunosligi” kafedrasi professori, texnika fanlari doktori Xamrayeva Sanovar Atayevna tomonidan yozilgan “Yangi assortimentdagi plashbop matoning o‘rilishini tadqiq qilish” nomli maqola chop etilmoqda.

Ushbu maqolada paxta tolali plashbop matolarini ishlab chiqaradigan respublikamizdagi korxonalar haqida ma’lumotlar keltirilgan. Plashbop matolarga qo‘yilgan talablardan kelib chiqib, turli aralash tarkibli plashbop matolarni ishlab chiqish bo‘yicha bajarilgan nazariy asoslarning bosqichlarida o‘z yechimini topganligi aniqlangan.

Facebook | Telegram | Web | Instagram
📣📣📣DIQQAT!

"Ilm-fan va innovatsion rivojlanish"
ilmiy jurnalining 2023-yil 2-soni elektron ko'rinishda taqdim etiladi. Quyidagi havola orqali jurnalni ochib, "varaqlab" ko'rishingiz mumkin!

👉https://online.pubhtml5.com/jhog/mmdv/

Facebook | Telegram | Web | Instagram
​​⚡️“Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” jurnalining 2024-yil 1-sonida Toshkent davlat texnika universiteti dotsenti Yakubova Noilaxon Sobirjonovna tomonidan yozilgan “Dinamik obyektlarning boshqarish tizimlarini kvant algoritmlari yordamida tadqiq etish” nomli maqola chop etilmoqda.

Hozirgi kunda texnologik obyektlarni boshqarish tizimlarini takomillashtirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Boshqaruv obyekti sifatida olingan texnologik qurilma koʻp oʻlchamli va koʻp bogʻlanishli boʻlganligi uchun raqamli boshqarish tizimini modellashtirish va sintezlash algoritmlari intellektual usullar sirasiga mansub boʻlgan algoritmlardan foydalanib yechildi.

Facebook | Telegram | Web | Instagram
📣📣📣DIQQAT!

"Ilm-fan va innovatsion rivojlanish"
ilmiy jurnalining 2023-yil 3-soni elektron ko'rinishda taqdim etiladi. Quyidagi havola orqali jurnalni ochib, "varaqlab" ko'rishingiz mumkin!

👉https://online.pubhtml5.com/jhog/syxn/

Facebook | Telegram | Web | Instagram
​​⚡️“Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” jurnalining 2024-yil 1-sonida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, “Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti” kafedrasi xodimlari – professor Xudayberdiyev Mirzaakbar Xakkulmirzayevich va assistent Achilov Bahodir Saydullayevich hamda Andijon davlat universiteti tayanch doktoranti Alimqulov Nurmuhammad Muqumjon o‘g‘li tomonidan yozilgan “Tayanch vektorlar usulidan foydalanib o‘pka saratoniga chalinish darajasini tasniflash” nomli maqola chop etilmoqda.


Ushbu maqolada tayanch vektorlar usuli yordamida bemorlardagi o‘pka saratoni kasalligiga chalinish darajasini tasniflash masalasi ko‘rib chiqilgan. O‘quv tanlanma uchun kaggle.com saytidan olingan e’talon ma’lumotlardan foydalanilgan. Tadqiqot usuli sifatida tanlangan tayanch vektorlar usulining asosiy bosqichlari atroflicha yoritilgan. Kasallikka chalinish darajalarining tasniflash natijalari jadval va grafiklar asosida yoritib berilgan.

Facebook | Telegram | Web | Instagram
​​⚡️“Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” jurnalining 2024-yil 1-sonida Iqtisodiyot va pedagokika universiteti oʻquv ishlari boʻyicha birinchi prorektor, t.f.f.d. (PhD), dotsent Erkin Raxmatov hamda Toshkent davlat transport universiteti “Materialshunoslik va mashinasozlik” kafedrasi xodimlari – t.f.d., professor Umida Ziyamuxamedova va katta oʻqituvchi Jasurbek Nafasov tomonidan yozilgan “Modifikatsiyalangan geterokompozit polimer materiallarning tribologik va mexanik xossalari” nomli maqola chop etilmoqda.

Ushbu maqolada geterokompozit polimer materiallarini hosil qilishda qoʻllaniladigan mexanokimyoviy modifikatsiya usuli yordamida yangi material yaratish oʻrganildi. Tadqiqotning maqsadi ED-20 termoplast plastmassasi asosidagi polimer geterokompozitsiyasining tribologik xarakteristikalari, yaʼni ishqalanish koeffitsiyenti va yeyilish tezligi boʻyicha optimal boʻlgan tarkibini topish hisoblanadi.

Facebook | Telegram | Web | Instagram
Ўзбекистон илм-фани оғир жудоликка учради

Қишлоқ хўжалигини механизациялаш соҳасидаги йирик олим, техника фанлари доктори, профессор, “Фидокорона хизматлари учун” ва “Меҳнат шуҳрати” орденлари соҳиби Тошболтаев Махамад Тожиалиевич 77 ёшида вафот этганлиги муносабати билан оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирамиз.

Атоқли олим, меҳрибон устоз, камтарин инсон Тошболтаев Махамад Тожиалиевич хотираси қалбларимизда ҳамиша сақланиб қолади.

Марҳумнинг охиратлари обод бўлсин!
​​⚡️“Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” jurnalining 2024-yil 1-sonida Namangan toʻqimachilik sanoati instituti xodimlari – t.f.d., prof. Muradov Rustam Muradovich, t.f.d., prof. Axmedxodjayev Xamit Tursunovich hamda t.f.f.d. (PhD), doktorant Saloxiddinova Maxliyo Nurmuxammad qizi tomonidan yozilgan “Qoʻzgʻaluvchan qurilma samaradorligini oshirish yoʻllari” nomli maqola chop etilmoqda.

Maqolada paxta tozalash korxonalari hududida asosiy bino bilan uzoq masofada joylashgan gʻaramlardagi paxtani quvurlarda tashishni amalga oshirish uchun qoʻzgʻaluvchan qurilma oʻrganildi. Tahlil natijasida qoʻzgʻaluvchan qurilmaning yangi konstruksiyasi taklif etildi. Shuningdek, qoʻzgʻaluvchan qurilmaning takomillashgan variantida paxta oqimi harakati nazariy yoʻl bilan oʻrganildi, harakat differensial tenglamalari tuzilib, Maple dasturida yechildi va tegishli grafiklar olindi.

Facebook | Telegram | Web | Instagram
​​⚡️“Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” jurnalining 2024-yil 1-sonida Andijon mashinasozlik instituti dotsenti, t.f.f.d. (PhD) Maxsudov Moxirbek Tolibjonovich tomonidan yozilgan “Elektr taʼminoti tizimi tok oʻzgartkichlari imkoniyatlarini kengaytirish” nomli maqola chop etilmoqda.

Ushbu maqolada elektr taʼminoti tizimidagi tok oʻzgartkichlari xususiyatlari, birlamchi toklarni ikkilamchi chiqish kattaliklariga oʻzgartirish usullari tadqiq qilingan. Shu bilan birga, tok oʻzgartkichlari asosida asinxron motorlarda faza yoʻqolishlari axborotini olish sxemalari tadqiq etilgan. Birlamchi toklar signalini olishda optik tolali tok datchiklari, Xoll effektiga asoslangan magnitogalvanik tok oʻzgartkichlari, elektromexanik oʻzgartkichlar, tok transformatorlari va oʻlchov chulgʻamli tok oʻzgartkichlari oʻrganildi. Tahlil va solishtirishlar natijasida elektr taʼminoti tizimlarining elektr qurilmalarini nazorat qilish va himoyalashda elektr avtomatika elementlari va qurilmalari aniqligi juda yuqori boʻlishining talabi boʻyicha yangi turdagi tok oʻzgartkichi ishlab chiqildi.

Facebook | Telegram | Web | Instagram
​​⚡️“Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” jurnalining 2024-yil 1-sonida Toshkent kimyo-texnologiya instituti katta o‘qituvchisi (PhD) Usmanov Komil Isroilovich tomonidan yozilgan “Dizel yoqilg‘isini gidrotozalash jarayonini boshqarish tizimini AKAR usuli yordamida sintez qilish” nomli maqola chop etilmoqda.

Hozirgi kunda dizel yoqilg‘isini gidrotozalash jarayonini matematik modellashtirish avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarini qurishga mo‘ljallangan muhim ilmiy-texnik masalalardan biri hisoblanadi. Mazkur tadqiqot ishida nochiziqli xususiyatga ega bo‘lgan dizel yoqilg‘isini gidrotozalash jarayonini boshqarishda sinergetik yondashuv usullaridan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan.

Facebook | Telegram | Web | Instagram
​​⚡️“Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” jurnalining 2024-yil 1-sonida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqotlar universiteti dotsenti (PhD) Hoshimov Sardorbek Ne’matjon o‘g‘li tomonidan yozilgan “Suv omborlarining ish rejimiga bug‘lanish ta’sirini baholash” nomli maqola chop etilmoqda.

Global iqlim o‘zgarishi natijasida mintaqadagi muzliklar erib, so‘nggi 50–60 yil davomida 30 foizga qisqargan. Tahlillar iqlim o‘zgarishi O‘zbekistonda suv taqchilligini yanada keskinlashtirishi, 2000-, 2008-, 2011-, 2014- va 2018-yillardagi kabi qurg‘oqchilikning davomiyligi va davriyligi ko‘payishiga olib kelishi hamda iqtisodiyotning suv resurslariga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda jiddiy muammolar keltirib chiqarishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.

Facebook | Telegram | Web | Instagram
📣“Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” ilmiy-texnikaviy jurnalining 2024-yil 1-soni nashrga topshirildi.

Facebook | Telegram | Web | Instagram
📣📣📣DIQQAT!

"Ilm-fan va innovatsion rivojlanish"
ilmiy jurnalining 2023-yil 4-soni elektron ko'rinishda taqdim etiladi. Quyidagi havola orqali jurnalni ochib, "varaqlab" ko'rishingiz mumkin!

👉https://online.pubhtml5.com/jhog/ddsq/

Facebook | Telegram | Web | Instagram
​​📣📣📣 "Ilm-fan va innovatsion rivojlanish – Наука и инновационное развитие – Science and Innovative Development" ilmiy jurnalining 2024-yil 2-soniga 15-fevraldan 23-fevral soat 18:00 ga qadar maqolalar qabul qilinmoqda.

❗️Eslatib o‘tamiz, maqolalar qoraqalpoq tilida ham qabul qilinadi.

📞 Mualliflar ilmiy maqolalarni [email protected] pochtasi yoki +998 99 373-90-35 telegram raqamiga yuborishlari mumkin.

‼️Ilmiy maqolalar jurnalga qo‘yilgan talablarga muvofiq yozilgan bo‘lishi lozim.

Maqolalar qabul qilingan kundan boshlab 10 ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi.

📌Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasining TEXNIKA FANLARI bo‘yicha chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.

❗️Jurnalga faqat TEXNIKA fanlaridan o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida yozilgan maqolalar qabul qilinadi.

‼️ Bakalavr va magistratura talabalarining maqolalari qabul qilinmaydi.

‼️ Jurnalda maqolalar bepul chop etiladi.

📌Jurnal aprel oyida nashr etiladi.

Facebook | Telegram | Web | Instagram
📚“Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi” davlat unitar korxonasi 2018-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha oliy ta’lim, professional ta’lim va xalq ta’limi sohasida ishlayotgan professor-o‘qituvchilar, o‘quvchi talabalar uchun o‘quv qo‘llanmalarining yangi avlodini tayyorlab kelmoqda.

“Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi”ning asosiy funksional vazifasiga professional darajada turli xil noshirlik va matbaa ishlarini amalga oshirish kiradi. Jumladan, oʻzbek, qoraqalpoq, rus, ingliz va boshqa xorijiy tillarda ilmiy monografiyalar, darsliklar, oʻquv qoʻllanmalar, avtoreferatlar, bukletlar, bannerlar va h.k.larni nashr etadi.

Bundan tashqari korxona o‘z yo‘nalishi bo‘yicha kitoblar chop etish, turli sohadagi adabiyotlarni nashrga tayyorlash, kitob va turli matnlarni tahrir qilish, dizayn, maketlashtirish, illustratsiya ishlari, kitoblarni qattiq va yumshoq muqovalash, shuningdek, bukletlar va plakatlar tayyorlash bilan ham shug‘ullanadi.

Shuningdek, “Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” ilmiy-texnikaviy jurnali hamda “Innovator” ilmiy-texnikaviy, tahliliy-ommabop jurnalini nashrga tayyorlaydi.

⌛️Nashriyot mahsulotlarni tez muddatda, sifatli va barcha talablarga mos holda tayyorlanishi kafolatlaydi.

📞Bog‘lanish uchun telefon: +998977059035
2024/09/29 23:09:11
Back to Top
HTML Embed Code: