Nobel mukofotining ilk sovrindorlari nomi ma’lum bo‘ldi
📣 Hozirga qadar tibbiyot va fiziologiya hamda fizika sohasidagi Nobel mukofoti sohiblari aniqlandi.
✅ Tibbiyot va fiziologiya sohasidagi mukofot “mikroRNK molekulasining kashf etilishi hamda uning transkripsiyadan keyin genlarni tartibga solishdagi roli” borasidagi tadqiqotlari uchun AQShlik olimlar Viktor Embros hamda Geri Ravkanga taqdim etildi.
✅ Fizika sohasidagi mukofot esa AQShlik olim Jon Xopfild hamda Britaniya-Kanada ilmiy davralarida ma’lum va mashhur bo‘lgan olim Jeffri Xintonga nasib etdi. Ular "sun’iy neyronlardan foydalanilgan holda algoritmlar va statistik modellarni ishlab chiqish imkonini yaratuvchi (machine learning) dasturiga oid muhim kashfiyotlari va ixtirolari" uchun mazkur mukofotga loyiq topildilar.
Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читайте В 5-ом выпуске журнала «Наука и инновационное развитие»
⚡️В 5-ом номере журнала за 2024 год готовится к публикации статья Хамзаева Дилшода Иномжоновича, независимого соискателя кафедры «Электроника и приборостроение» Ферганского политехнического института «Исследование влияния влажности и температуры среды воздействий на дальность действия системы RFID-технологий».
✅ В статье рассматриваются результаты исследования, посвященного анализу явлений электромагнитного излучения в контексте работы RFID-систем. В процессе исследования была выявлена существенная зависимость дальности действия RFID-систем от внешних факторов, таких как температура и влажность.
✅ Полученные результаты способствуют пониманию и оптимизации работы RFID-систем в различных условиях, а также открывают новые направления для дальнейших исследований в области беспроводной связи.

Nobel qo‘mitasi kimyo sohasidagi sovrindorlarni e’lon qildi
✅ Sovrindorlarni aniqlash Qo‘mita uchun oson kechmadi. Va nihoyat, bu safar mazkur mukofotni teng ikkiga bo‘lishga qaror qilindi.
✅ Uning bir qismi AQShlik olim Devid Beykerga “oqsillarni hisob-kitob vositasida loyihalash”ga oid izlanishlari uchun, ikkinchi qismi esa britaniyalik tadqiqotchilar – Demis Xassabis va Jon Jamperlarning oqsillar ustida hamkorlikda olib borgan ishlari uchun berildi. Olimlar aminokislotalar ketma-ketligi asosida oqsillarning uch o‘lchovli tuzilmasi shifrlarini o‘qiy oladigan AlphaFold nomli sun’iy intellekt dasturini yaratdilar. Natijada ular neyron tarmog‘idan foydalangan holda, fanga ma’lum bo‘lgan deyarli barcha oqsillarning tuzilishini bashorat qilishga muvaffaq bo‘ldilar.

✅ “Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” jurnalining 2024-yil 5-sonida Jizzax politexnika instituti “Tabiiy tolalar va matoga ishlov berish texnologiyasi” kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi, t.f.f.d. (PhD) – Norboyeva Gulasal Narzullayevna tomonidan yozilgan “Avtomobil sanoati ishchilari uchun mehnat sharoitlarini hisobga olib, yangi assortimentdagi maxsus kiyimni loyihalash uchun tavsiyalar ishlab chiqish” deb nomlangan maqola chop etilmoqda.
✅ Maqolada аvtomobil sanoati ishchilarining maxsus kiyimi ustida olib borilgan tadqiqotlarning natijalari o‘z aksini topgan. Dastlab ishchilarning maxsus kiyimi orqali inson tanasi hamda tashqi muhit o‘rtasidagi o‘zaro havo almashinuvi jarayonlari tadqiq etildi. O‘rganishlar natijasida хona harorati va nisbiy namligining belgilangan me’yorlarga javob bermasligi, korxonadagi uskuna va jihozlardan chiqayotgan yuqori harorat ishchilar organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi kabi va boshqa salbiy omillar mavjudligi ma’lum bo‘ldi.
✅ Shularni bartaraf etish maqsadida ventilyatsiya elementlaridan foydalanilgan holda, ishchilari uchun gigiyenik va havo o‘tkazuvchanlik ko‘rsatkichlari yaxshilangan maxsus kiyimlar ishlab chiqish tavsiya etildi, gazlamalarning strukturaviy, fizik-mehanik ko‘rsatkichlarini tadqiq qilindi.
❗️Yangi assortimentdagi maxsus kiyimni loyihalashda aralash tolalali gazlama bilan birgalikda inson tanasi va kiyim osti bo‘shlig‘ida havo aylanishini ta’minlash uchun to‘r matolardan foydalanish orqali samarali natijalarga erishildi.

Adabiyot sohasidagi Nobel mukofoti sovrindori aniqlandi
✅Nobel qo‘mitasining eng shov-shuvli mukofotiga “tarix qoldirgan jarohatlarga qarshi tura oluvchi hamda inson hayotining nozik jihatlarini ochib beruvchi ta’sirchan poetik proza”si uchun Janubiy Koreyalik yozuvchi Xan Kang loyiq deb topildi.
✅U jism va ruhiyat, hayot va o‘lim o‘rtasidagi o‘ziga xos nozik rishtalarni ilg‘ay olgan, o‘zining she’riy va eksperimental uslubiga ko‘ra zamonaviy nasrda yangi yo‘nalishni boshlab bergan ijodkor ayol sifatida e’tirof etilmoqda.
❗️Xan Gang adabiyot yo‘nalishida Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan osiyolik birinchi ayol sifatida qayd etildi. Shuningdek, Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan uchinchi Janubiy Koreya fuqarosi sifatida tarixga muhrlandi.

📣📣📣OBUNA-2025
✅Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi «Ilm-fan va innovatsion rivojlanish» hamda "Innovator" jurnallariga 2025-yil uchun obuna mavsumi boshlanganini E'LON qiladi!
✍️««Ilm-fan va innovatsion rivojlanish» ilmiy jurnali mohiyatiga ko‘ra texnika yo‘nalishidagi ilmiy tadqiqotlar natijalarini o‘z ichiga olgan ilmiy-innovatsion nashr bo‘lib, mahalliy va xorijiy olimlar, professor-o‘qituvchilar, ekspertlar, tadqiqotchilar, doktorantlar hamda mustaqil izlanuvchilarning ilmiy-nazariy, ilmiy-amaliy, ilmiy-metodik maqolalari hamda adabiyotlar sharhlarini o‘zida jamlagan majmuadir.
🖊Jurnaldagi maqolalar o‘zbek, qoraqalpoq, rus va ingliz tillarida nashr qilinadi.
⚡️Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining texnika fani bo‘yicha chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.
🚀Oʻquvchi-yoshlar uchun ilmiy-texnikaviy, tahliliy va ommabop nashr hisoblangan “INNOVATOR” jurnalida omadli innovatorlarning ishni qayerdan va qanday boshlagani haqida eksklyuziv intervyular, bo’lg’usi innovatorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va sharoitlar boʻyicha muhim maʼlumotlar berib boriladi. Qolaversa, oʻquvchi-yoshlarning ijodiy hamda intellektual salohiyatini oshirish, zamonaviy ilm-fan va texnologiya yutuqlari hamda yangiliklari bilan izchil tanishtirib borish va eng asosiysi, kelajak avlodni “kelajak kasblari”ga tayyorlashni o‘z oldiga maqsad qilgan!
📚Mazkur ilmiy jurnallar bir yilda olti marta chop etiladi.
📍Tahririyat manzili:100174, Toshkent sh., Universitet ko‘chasi, 7-uy.
📞(99899) 373-90-35, (99888) 007-55-92

📣 Читайте в журнале «Наука и инновационное развитие» № 5/2024
✅ В очередном выпуске журнала готовится к публикации статья кандидата технических наук, заведующего лабораторией «Первичная обработка, стандартизация и сертификация коконов» Научно-исследовательского института шелководства Умарова Сардора Фотиховича на тему «Экспериментальные исследования температурного и влажностного режима внутри солнечного устройства для замаривания коконов тутового шелкопряда».
✅ В статье рассматривается актуальность использования солнечной энергии, в частности для замаривания коконов тутового шелкопряда. Приведены результаты экспериментов по исследованию температурного и влажностного режима внутри солнечного устройства парникового типа, а также результаты изменения влажности коконов, замаренных в солнечном устройстве и коконосушильном агрегате, которые применяются в процессе обработки коконов.
❗️Результаты показали, что применение солнечного способа замаривания коконов позволяет сохранить естественные свойства оболочки коконов и сэкономить энергоресурсы, расходуемые при обработке коконов горячим воздухом в существующих коконосушильных агрегатах.

📣Yer sayyorasiga haybatli C/2023 A3 Tsuchinshan-ATLAS kometasi yaqinlashmoqda
✅ Ayni paytda Janubiy yarimsharda ko‘rinish bergan kometani 12-oktyabrdan boshlab Shimoliy yarimshar aholisi hamda Ufqning G‘arbiy qismida yashovchilar ham yaqqol ko‘ra olishlari mumkin. Bu manzara bor-yo‘g‘i ikki-uch hafta davom etadi.
✅ Olimlarning aytishlariga ko‘ra, mazkur kometa Quyosh atrofida 80 ming yilda bir aylanib chiqadi, va shu asnoda Yer aholisiga ham ko‘rinadi. Demak, bizdan avval Kometani faqat neandertal ajdodlarimizgina ko‘rishga muvaffaq bo‘lishgan.
❗️AQSh Aeronavtika va kosmik tadqiqotlar milliy boshqarmasi – NASAning meteoritlar bo‘yicha mutaxassisi Bill Kukning so‘ziga ko‘ra, Kometa osmonda meteor kabi uchmaydi, balki shunchaki osilib turgandek taassurot qoldiradi va har kecha asta-sekinlik bilan o‘z joyini o‘zgartirib boradi.

📣 “Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” jurnalining 2024-yil 5-sonida Namangan toʻqimachilik sanoati instituti xodimlari – t.f.d., professor Muradov Rustam Muradovich, t.f.f.d. (PhD) Raximov Fayzullo Xusanboy o‘g‘li hamda University of Business and Science nodavlat oliy ta’lim muassasasi tadqiqotchisi Qirg‘izov Madyor O‘ktamali o‘g‘li tomonidan yozilgan “Paxta tozalash qurilmasining samarali ishlashini ta’minlovchi optimal parametrlarini aniqlash” sarlavhali maqola chop etilmoqda.
✅ Maqolada paxta tozalash korxonalarida paxta xomashyosini yirik va mineral aralashmalardan tozalashda foydalanib kelinayotgan texnologik mashinalar ishchi elementlarining qurilma tozalash samaradorligiga ta’sirini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqot natijalari aks etgan.
✅ Tadqiqotning maqsadi sohaga joriy qilinayotgan paxta tozalash mashinalarining samarali ishlashini ta’minlovchi parametrlarni aniqlash hamda belgilangan tartibda tajribalar o‘tkazish orqali ularning ishlash samaradorligini yanada oshirishdan iborat.
✅ Ushbu parametrlarini aniqlashda TOT 23 ko‘rinishdagi to‘liq faktorli eksperiment usuliga tayanilgan hamda olingan natijalar Fisherning F-kriteriyasi ahamiyatlilik darajasi 5% ga teng bo‘lgan jadval asosida solishtirib tekshirilgan.

📣Nobel qo‘mitasining Tinchlik mukofoti sovrindori e’lon qilindi
✅ Mukofotga “yadro qurolidan holi dunyoga erishish yo‘lidagi sa’y-harakatlari hamda yadro bombasidan boshqa hech qachon foydalanish joiz emasligini ko‘rsatib bergan tirik guvohlarning ko‘rsatmalari namoyishi uchun” Yaponiyaning Nixon Hidankyo tashkiloti loyiq deb topildi.
❗️Tashkilot Xirosima va Nagasakidagi dahshatli atom urushidan omon qolganlarning ommaviy harakatiga asos solgan hamda yadro qurolini qo‘llashning fojiaviy oqibatlarini dunyo ahliga va hukumatlarga tushuntirish faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan.

📣 Iqtisodiyot sohasidagi Nobel mukofoti amerikalik va britaniyalik olimlarga berildi
✅ "Ijtimoiy institutlar qay tarzda shakllanadi va ular farovonlikka qanday ta'sir qiladi" deb nomlangan tadqiqot ishida mualliflar – Daron Ajamo‘glu (kelib chiqishi turkiyalik), Saymon Jonson va Jeyms Robinson siyosiy va iqtisodiy institutlar mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishiga qanday ta'sir ko‘rsata olishini tahlil etishgan.
❗️Ularning fikricha, “qonun ustuvorligi ta’minlanmagan, aholi ijtimoiy institutlar tomonidan ekspluatatsiya qilinadigan jamiyatda o‘sish yoki yaxshi tomonga o‘zgarish kuzatilmaydi”. Iqtisodchi olimlarning tadqiqotlari esa aynan shu jarayonlar sababini tushunish imkonini beradi.

📣 “Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” jurnalining 2024-yil 5-sonida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Tikuv buyumlari texnologiyasi va raqamli injiniring” kafedrasi mudiri, t.f.d., professor Rasulova Mastura Kabilovna hamda Jizzax politexnika instituti “Tabiiy tolalar va matoga ishlov berish texnologiyasi” kafedrasi assistenti Orziqulova Gavharxon Sultonmurod qizi tomonidan yozilgan “Bolalar ortopedik moslashuvchan kiyimi uchun qoʻllaniladigan materiallarning xususiyatlari tadqiqini ekspert baholash” sarlavhali maqola chop etilmoqda.
✅ Maqolada bolalar kiyimi uchun foydalanish mumkin bo‘lgan matolarning ahamiyatlilik ko‘rsatkichlarini ekspert baholash tadqiq qilindi. Ekspertlar sifatida bir yoshgacha farzandlari bor ota-onalar (respondentlar) tanlandi. Bolalar kiyimlari tikish uchun eng ko‘p qo‘llaniladigan mahalliy paxta xomashyosidan ishlab chiqarilgan paxta tolali trikotaj gazlamalari tadqiqot ob’yekti sifatida tanlab olindi.
✅ So‘rov natijalariga ko‘ra, bolalar moslashuvchan kiyimi loyihasini ishlab chiqish uchun bir nechta muhim ko‘rsatkichlar aniqlandi. Eng muhim ahamiyat kasb etuvchi ko‘rsatkichlar mato tanlashda asos bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi. Bolalar kiyimi uchun xomashyo tanlashda ushbu ko‘rsatkichlarning talab darajasida bajarilishini ta’minlash tavsiya etildi.

📣 “Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” jurnalining 2024-yil 5-sonida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti xodimlari – t.f.d., professor Arifjanov Aybek Muxamadjanovich, t.f.d. Samiyev Luqmon Nayimovich, t.f.f.d. (PhD), dotsent Xoshimov Sardorbek Ne’matjon o‘g‘li hamda doktorant Ulashov Qudratilla Chori o‘g‘li tomonidan yozilgan “Suv ombori drenajlarida dala tadqiqotlarini olib borish” sarlavhali maqola chop etilmoqda.
✅ Maqolada suv omborlari drenajlarida filtratsiya suvlarining tarkibi bo‘yicha izlanishlar olib borish va baholash yuzasidan olib borilgan tadqiqotlar o‘z aksini topgan. Bu kabi tadqiqotlar suffoziya (lotincha: suffossio oʻyish) – yer osti suvlari taʼsirida togʻ jinslari massividan mayda mineral (xlorli, sulfat, karbonat tuzlar va boshqalar) zarrachalarning mexanik ravishda yuvilishi kabi hodisalarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.
✅ Tabiiy dala tadqiqotlari davomida Chimqo‘rg‘on suv ombori to‘g‘onida 19 ta gidropostda filtratsiya suvlari bo‘yicha o‘lchash ishlari amalga oshirildi. Olingan natijalar to‘g‘onlarda filtratsiya suvlarining tarkibini o‘rganish va filtratsiya jarayonini baholash muhim vazifalardan biri ekanligini ko‘rsatdi. Bu orqali gruntli to‘g‘onlarning ishonchli ishlashini ta’minlash mumkin, degan xulosaga kelindi.

📣 “Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” jurnalining 2024-yil 5-sonida Toshkent kimyo-texnologiya instituti xodimlari – t.f.d., professor Usmonov Botir Shukurillayevich, Avtomatlashtirish va raqamli boshqaruv kafedrasi mudiri Usmanov Komil Isroilovich, t.f.d., professor Artikov Asqar Asqarovich hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti tayanch doktoranti Rejabov Sarvar Abdurasulovich tomonidan yozilgan “Noqat’iy mantiq asosida bilvosita quyosh quritgichlarining harorat dinamikasini bashorat qilish” sarlavhali maqola chop etilmoqda.
✅ Maqolada o‘zgaruvchan ob-havo sharoitida ishlaydigan quyosh quritgichlarida mahsulotlarni quritish jarayoni bilan bog‘liq tadqiqot yoritilgan. Tadqiqotda ushbu turdagi quritgichlarning samaradorligini aniqlash, tahlil qilish va kelgusidagi ish faoliyatini bashorat qilish uchun tizimni modellashtirish o‘rganilgan.
✅ Modellashtirish, quritish jarayonining murakkab dinamikasini hisobga olgan holda, uni optimallashtirishga yordam beradi. Quritish kamerasidagi haroratni bashorat qilish quritish jarayonining samaradorligini oshirishda va mahsulot sifatini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli quyosh quritgichida turli ob-havo sharoitlarida bir qator eksperimental tajribalarlar o‘tkazilib, uning statik va dinamik xususiyatlari o‘rganildi.
❗️Tajriba natijalari asosida Mamdani usulidan foydalanilgan holda tegishlilik funksiyalari shakllantirildi va xulosalash mexanizmi qoidalari ishlab chiqildi. Taklif etilgan Mamdani algoritm modeli orqali kelajakda quyosh quritgichlarining avtomatik rostlash tizimlarini yaratish va quritish texnologiyalarini takomillashtirish imkoniyatlari ortishi isbotlandi.

📣 “Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” jurnalining 2024-yil 5-sonida Namangan toʻqimachilik sanoati instituti xodimlari – t.f.d., professor Muradov Rustam Muradovich, t.f.f.d. (PhD), doktorant Saloxiddinova Maxliyo Nurmuxammad qizi hamda Namangan muhandislik texnologiya instituti dotsenti, t.f.f.d. (PhD) Qosimov Axtam Akramovich tomonidan yozilgan “Paxtani tashishda havodan ajratish jarayoni eksperimentlarini rejalashtirish va optimallashtirish” sarlavhali maqola chop etilmoqda.
✅ Maqolada paxta tozalash korxonalari hududida asosiy binolardan uzoq masofada joylashgan g‘aramlardagi paxtani quvurlar orqali tashishda qo‘llaniladigan qo‘zg‘aluvchan qurilma bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarining tahlili keltirilgan.
✅ O‘rganishlar davomida mazkur qurilmaning afzalliklari bilan bir qatorda kamchiliklari ham ko‘zga tashlangan, qurilma ish samaradorligining pastligi, tashish hamda paxtani havodan ajratish jarayonida tola va chigit sifatiga zarar yetishi, tolaning yo‘qotilishi kabi holatlar aniqlangan.
✅ Ushbu kamchiliklarni kamaytirish yoki bartaraf etish maqsadida qo‘zg‘aluvchan qurilma uchun takomillashgan separator taklif etildi. Mazkur konstruksiya paxta tozalash korxonasining ishlab chiqarish jarayoniga joriy etilib, ishlab chiqarish sharoitida ham sinab ko‘rildi.
✅ Yangi konstruksiyaga doir tadqiqotlarning optimal parametrlarini aniqlash uchun tajribalar rejalashtirildi va belgilangan standart asosida o‘tkazildi. Tajribalar mobaynida olingan qiymatlar zamonaviy kompyuter dasturida qayta ishlanib, regression tenglamalar olindi. Styudent mezoni asosida regression tenglamalar koeffisientlarining ahamiyatga molikligi, Fisher mezoni yordamida esa olingan tenglamaning adekvatligi, ya’ni to‘g‘riligi tekshirib ko‘rildi.

📣 “Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” jurnalining 2024-yil 5-sonida Toshkent davlat texnika universiteti xodimlari – Nazariy mexanika, mashina va mexanizmlar nazariyasi kafedrasi dotsenti, t.f.d. Shaxobutdinov Rustam Erkinbayevich hamda mazkur kafedra katta o‘qituvchisi Karimova Anorgul Ruzimovna tomonidan yozilgan “Maydalovchi po‘lat zoldirlarni ishlab chiqarishda ko‘p kirimli zoldir prokatlash valoklaridan foydalanish” nomli maqola chop etilmoqda.
✅ Maqolada maydalovchi po‘lat zoldirlarni issiq holda prokatka qilish (bosim ostida issiq ishlov berish hamda maxsus aylanadigan vallar orasiga olib, kerakli shaklga solish) usuli orqali ish unumdorligini oshirish maqsadida, ko‘p kirimli zoldir prokatka vallaridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqilgan. Bu borada amalga oshirilayotgan ilmiy izlanishlarning nazariy yechimlari va amaliy sinov natijalarining tahlili keltirilgan.
✅ Shuningdek, o‘rganilayotgan masalaning yechimlarini aniqlash – diametri 50 mm bo‘lgan maydalovchi po‘lat zoldirlar prokatkasi uchun olti kirimli zoldir vallaridan foydalanish va dastgoh yo‘naltiruvchi maxsus tasmalarning yangi konstruksiyasini yaratish orqali hal etilgan.
✅ Bu usul yordamida ishlab chiqarish jarayonida ruda va ma’danlarni maydalash uchun qo‘llaniladigan maydalovchi po‘lat zoldirlarning ish unumdorligini oshirish hamda ularning yeyilishga bardoshliligini yaxshilashga erishish mumkinligi bayon qilingan.

21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni
✅ 1989-yil 21-oktyabr kuni yurtimizda “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilindi.
✅ O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi e’lon qilindi hamda o‘zbek tilida asosiy qonunimiz – O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi yaratildi. Bu esa ona tilimizning nufuzini yanada yuksaltirdi.
✅ 2019-yil 21-oktyabrda O‘zbekiston Prezidenti “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Unga muvofiq, “2020 – 2030 yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi” tasdiqlandi. Konsepsiyada:
❗️mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarida davlat tili imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishga erishish;
❗️ta’lim tashkilotlarida davlat tilini o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish, uning ilm-fan tili sifatidagi nufuzini oshirish;
❗️davlat tilining sofligini saqlash, uni boyitib borish va aholining nutq madaniyatini oshirish va shu kabi boshqa muhim masalalar nazarda tutildi.
✅ 2020-yil 20-oktyabrda esa Prezidentimizning “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni e’lon qilindi.
✅ 21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni, deb belgilandi.

📣📣📣 "Ilm-fan va innovatsion rivojlanish – Наука и инновационное развитие – Science and Innovative Development" ilmiy jurnalining 2024-yil 6-soniga maqolalar qabul qilinmoqda.
❗️Maqolalar oʻzbek, qoraqalpoq, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi.
📞 Mualliflar ilmiy maqolalarni [email protected] pochtasi yoki +998 99 373-90-35 telegram raqamiga yuborishlari mumkin.
‼️Ilmiy maqolalar jurnalga qo‘yilgan talablarga muvofiq yozilgan bo‘lishi lozim.
Maqolalar qabul qilingan kundan boshlab 30 ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi.
📌Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasining TEXNIKA FANLARI bo‘yicha chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.
❗️Jurnalga faqat TEXNIKA fanlaridan o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida yozilgan maqolalar qabul qilinadi.
‼️ Bakalavr va magistratura talabalarining maqolalari qabul qilinmaydi.
‼️ Jurnalda maqolalar bepul chop etiladi.
📌Jurnal dekabr oyida nashr etiladi.

✅ Ilmmetriya (ingl. Scientometrics, rus. Наукометрия) – fanni miqdoriy usullar yordamida tadqiq etuvchi fan sohasi.
✅ Koʻp sonli oʻlchovlar va ilmiy maʼlumotlarni statistik qayta ishlash (maʼlum vaqt oraligʻida chop etilgan ilmiy maqolalar soni, iqtiboslar koʻrsatkichlari va boshqalar) orqali fanning rivojlanish evolutsiyasini oʻrganuvchi ilm.
✅ Ilmmetriya fanining asoschisi amerikalik lingvist olim Yudjin Garfild hisoblansa-da, ilmmetriya (“наукометрия”) atamasi ilk bor rus olimlari V.V. Nalimov va Z.M. Mulchenko hammuallifligida 1969-yilda nashr etilgan “Ilmmetriya: Fanni axborot jarayoni sifatida o‘rganish” («Наукометрия: Изучение науки как информационного процесса») nomli monografiyada tilga olingan.

✅ Katta hajmdagi ilmiy nashrlar orasidan ma’lumotlarni izlash va tanlash qulay bo‘lishi uchun tadqiqotchilar yoki nashrlarning ahamiyatini baholash hamda o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tadqiqotlarni tanlash uchun ilmmetriyada turli xil ilmiy ko‘rsatkichlar, ya’ni indekslar qo‘llaniladi.
✅ Ulardan nafaqat rasmiy hisobotlarda, olimlar faoliyatini baholashda, balki qidiruv natijalarini oson boshqarish uchun Thomson Reuters, Scopus, Web of Science kabi elektron ma’lumotlar bazalarining navigatsiya tizimlarida ham foydalaniladi.
✅ Ushbu indekslar yetakchi ilmiy jurnallar, kitoblar, monografiyalar, ma’lumotlar va patentlarni o‘z ichiga qamrab oladi hamda so‘rovga ko‘ra mahalliy va maxsus indekslar bilan ham to‘ldirilishi mumkin.