Telegram Group Search
#Qiziqarli_faktlar

🗣 Birinchi simobli termometr yaratilish tarixi!

⚡️Bugungi kunda termometrlar shu darajada koʻpayib, keng tarqalib ketdiki, hatto uni kim ixtiro qilganini ham aniqlashning imkoni yoʻq. 1714-yilda Gabriel Farengeyt ilk bor simobli termometrni ixtiro qildi. U hozirgi kunga qadar ishlatiladi. Garchi shunday boʻlsada, haroratni oʻlchashning dastlabki uskunasi 1500-yillarning oxirida Galiley tomonidan ixtiro qilingani haqida ham ma’lumotlar bor.

🌡 Ushbu vosita suyuqlikning zichligi haroratga nisbatan oʻzgarishi prinsipiga asoslangan edi. Biroq, bugungi kunda simob bilan zaharlanish xavfi tufayli asta-sekinlik bilan raqamli termometrlar simob termometrini chetga surib chiqarmoqda.

Facebook | Telegram | Web | Instagram
#Qiziqarli_faktlar

🗣 Birinchi vatman qogʻozning yaratilish tarixi!

⚡️Mashhur qalin qog‘oz 1750-yillarning o‘rtalarida ingliz qog‘oz ishlab chiqaruvchisi Jeyms Vatman tomonidan yaratilgan bo‘lib, qogʻoz qalinligi sabab tez vaqtda akvarel rassomlari orasida mashhurlikka erishgan

🗒 Vatman o‘zining ixtirosini payvandlangan yaʼni to‘qilgan qog‘oz deb atagan. Ixtirochi sharafiga qogʻozga “Vatman” deb nom berilgan.

Facebook | Telegram | Web | Instagram
#Qiziqarli_faktlar

🗣 Birinchi elektr choynak yaratilish tarixi!

⚡️Birinchi elektr choynak 1891-yilda AQShda Carpenter Electric Company tomonidan ishlab chiqilgan. Ushbu Choynak suvni qaynatish uchun taxminan 12 daqiqa vaqt sarflagan. Vaqt oʻtishi bilan ularning dizayni va qulayligi yaxshilanib borgan.

🫖 Ilgari, suv qaynaganda avtomatik ravishda oʻzini oʻchirmaydigan elektr choynaklar keng tarqalgan edi. Suvning qaynashi natijasida qopqoq tirqishlaridan chiqayotgan bugʻ va shovqin turli koʻrinishdagi yongʻin xavfini keltirib chiqargan. Keyinchalik ushbu muammo suv qaynaganda elektr choynak oʻzini avtomatik oʻchirish usuli topilgandan soʻng bartaraf etilgan.

Facebook | Telegram | Web | Instagram
#jurnal_sahifalaridan

Bugungi kunda chaqaloqlar orasida koʻp uchraydigan kasalliklardan biri – bu son-chanoq boʻgʻimi displaziyasidir. Bu boʻgʻimlarning rivojlanish davridagi tugʻma buzilishi boʻlib, qizlarda oʻgʻil bolalarga nisbatan 7 baravar koʻp uchraydi Ushbu kasallikdan aziyat chekayotgan kichkintoylarga yordam berish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasi Tibbiy profilaktika jamoat salomatligi fakultetining 5-bosqich talabasi Qadriddin Sayfiddinovning maxsus loyihasi haqida suhbatlashdik.Qahramonimiz faoliyati bilan quyidagi statistik maʼlumotlar orqali yaqindan tanishasiz.

📌Batafsil INNOVATOR jurnalining 3-sonida tanishing!👇👇👇
https://online.pubhtml5.com/jhog/trtt

Facebook | Telegram | Web | Instagram
📕Kitob o‘qishingiz uchun 10 ta sabab:

1. Miya faol tarzda ishlashni boshlaydi
2. Dunyoqarash kengayadi
3. Fantaziya rivojlanadi
4. Lug‘at boyligi va savodxonlik darajasi oshadi
5. Kitob stressdan xalos etadi
6. Intellektni rivojlantiradi
7. Xotirani mustahkamlaydi
8. Alsgeymer kasalligining oldini oladi
9. Ijodiy fikrlash qobiliyatini oshiradi
10. Uyqu sifatini yaxshilaydi.

Facebook | Telegram | Web | Instagram
#jurnal_sahifalaridan

Albatta, har bir boʻlajak ota-ona farzandining yetti muchasi sogʻ boʻlib tugʻilishini istaydi. Ammo shunday vaziyatlar boʻladiki,bola biror nuqson bilan dunyoga keladi.Masalan, bolaning eshitmasligini olaylik.Bu nuqsonni doim ham bartaraf etib boʻlmaydi.Shuning uchun unga maxsus quloqchinlar bilan yordam berishga harakat Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti ishlab chiqarish texnologiyalari yoʻnalishining 2-bosqich talabasi Mansurxon Asadullayev ana shunday muammoga yechim topdi.U “I Can Hear” loyihasini ishlab chiqib ,eshita olmaydigan insonlarga yordam berishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan

📌Batafsil INNOVATOR jurnalining 3-sonida tanishing!👇👇👇
https://online.pubhtml5.com/jhog/trtt

Facebook | Telegram | Web |Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qiziqarli_faktlar

🗣 Kubik-Rubik yaratilish tarixi!

⚡️Boshqotirma plastik kubdan iborat. Kub ust tomonidan qardaganda 54 kichik kublardan tashkil topgan yirik kubni oʻzida mujassam etadi va 3 ta oʻqdan iborat boʻlib turli tomonlarga aylanadi. Har tomoni 9 ta kvadratlardan iborat va olti tusli ranglardan biriga bo'yalgan.

🎲 Ernyo Rubik 1970-yilllar oʻrtasida Budapeshtdagi Amaliy sanʼat akademiyasida Dizayn Interera boʻlimida ishlagan. Oʻsha davrlarda Ernyo oʻz talabalariga Matematik nazariyalarni hech tushuntira olmadi va guruh talabalari bilan bir kun 27 ta yog'ochli kublarni yasadi, har birini esa 6 xil ranglarga boʻyadi. Kutilmaganda ulardan yagona kubni yaratish mushkul ekanligi maʼlum boʻldi. Bu bilan Rubik butun oy davomida shugʻullandi. Ammo, eng qiyini esa uni mexanizmini yaratish boʻldi.

💡Rubik 1970-yili,30-yanvarda oʻz ixtirosi “Sehrli kub” uchun venger patentini olgan

Facebook | Telegram | Web | Instagram
2024/09/29 00:23:06
Back to Top
HTML Embed Code: