Telegram Group Search
#Dunyo_kutubxonalari

🇳🇴 Oslodagi Daykman jamoat kutubxonasi

🌟 Bunday kutubxonalardan Oslo shahrida 20 dan ortiq bor, lekin rasmdagisi 2020-yilda ishga tushirilgan, go‘zal me’moriy yodgorlik desa ham bo‘ladi. Kutubxona 2021-yil dunyoning eng yaxshi kutubxonasi bo‘lgan.

🌟 Kutubxona doimo gavjum, binoga istalgan odam bemalol kirishi, aylanishi mumkin. Sizni eshikda na militsiya xodimi, na kutubxona xodimlari tekshiradi. Kitoblardan foydalanish uchun esa ro‘yxatdan o‘tish kerak bo‘ladi. Kutubxonadan ertalab soat 7:00 dan kech 23:00 gacha foydalanish mumkin.

🌟 Kutubxonada yaxshi oshxona bor, printer, fotokopiya, 3D-printerlari bor. Kutubxonadan foydalanish tekin, lekin materiallar uchun, masalan, printer uchun ozgina to‘lash kerak bo‘ladi. Daykman kutubxonalarini jamoat kovorking markazi desa ham bo‘ladi. Faqat joy topib, o‘tirishga ulgursangiz bo‘ldi.
#Koʻrgazma

Jomboy tuman axborot-kutubxona markazida "Inson huquqlari oliy qadriyat" nomli kitob koʻrgazmasi tashkil etildi.
✍️💐📚Кitobga oshno bo'lgan inson, o'qish lazzatini sezgan kishi undan bir umr voz kecha olmaydi.
#tavalludlar
Bugun 13-noyabr Usmon Nosir tavallud topgan.
O‘zbek adabiyotining yorqin va zabardast shoirlaridan biri, shubhasiz, Usmon Nosirdir. Usmon Nosir - o‘zbek Lermontovi, o‘zbek adabiyotining chaqmoq shoiri. Shoir atigi 32-yil umr ko‘rgan bo‘lsada, o‘zbek she’riyatiga ulkan meros qoldirishga ulgurdi. Usmon Nosir 1912-yilning 13-noyabrida Namanganning Chuqurko‘cha dahasida dunyoga keladi. Shoir to‘rt yoshligida otasi vafot etadi. Onasi Xolambibi Nosirhoji ismli insonga turmushga chiqadi va oila Qo‘qonga ko‘chib o‘tadi. Shunda Nosirhoji yosh Usmonni bolalar uyiga topshiradi. Usmon Nosir maxsus internatda ta’lim oladi.
1929-1930 yillarda atigi bir yil Usmon Nosir Moskva Kinematografiya institutining ssenariy fakultetida o‘qiydi, biroq o‘qishini tugallamaydi. 1930-1933 yillarda Qo‘qondagi qisqa muddatli ta’lim va tarbiya kurslarida o‘qituvchi, ilmiy bo‘lim mudiri va shahar teatrida adabiy emakdosh bo‘lib ishlaydi.
Tahlil-ish samaradorligini oshiradi

Bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlarining mas'ul xodimlari ishtirokida “INFOLIB OʻZBEKISTON-2024” XIII Milliy axborot-kutubxona haftaligida qilingan ishlarning tahlili, faol ishtirok etgan tumanlarni taqdirlash hamda 2024-yilni munosib yakunlash bo'yicha yig'ilish bo'lib o'tdi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling ⬇️

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web Sayt
#Davra_suhbati

Mardlar qoʻriqlaydi vatanni.

Jomboy tuman axborot-kutubxona markazida Milliy gvardiya qoʻriqlash xizmati xodimi Gaffarov Jamoliddin hamda "English profi" oʻquv markazi oʻquvchilari ishtirokida "Mardlar qo'riqlaydi vatanni" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
📕Davra suhbatida kitobxonlarga Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish uning daxlsizligini qaysi sohada bo'lmasin himoya qilish har bir vatandoshimizning burchi ekanligi ta'kidlandi.
#Koʻrgazma

Jomboy tuman axborot-kutubxona markazida "Mardlar qoʻriqlaydi vatanni" nomli kitob koʻrgazmasi tashkil etildi.
2024/11/17 03:34:39
Back to Top
HTML Embed Code: