Telegram Group Search
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTON VAQTI BILAN

“Uzbekistan airways” aviakompaniyasi «A-320» havo kemasi uchuvchisi, “Kelajak bunyodkori” medali sohibi Asror Qambarov faoliyatiga nazar.

Asror Qambarov 7 yildan buyon Airbus 320-321 havo kemalarini mohirona boshqarib kelmoqda. 3500 soat xavfsiz parvoz tajribasiga ega yosh uchuvchi.


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
Ishi bevosita poyezdlar harakati bilan bog‘liq bo‘lgan temir yo‘l transporti ayrim toifadagi xodimlarining ish vaqti va dam olish vaqti rejimlari belgilandi

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirining “Ishi bevosita poyezdlar harakati bilan bog‘liq bo‘lgan temir yo‘l transporti ayrim toifadagi xodimlarining ish vaqti va dam olish vaqti rejimlari to‘g‘risidagi nizomini tasdiqlash to‘g‘risida” gi 11-son buyrug‘i Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 17-iyulda 3650-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

"Temir yo‘l transporti to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 34-moddasi ijrosini ta’minlash maqsadida Transport vazirining mazkur buyrug‘i bilan tasdiqlangan Ushbu Nizom umumiy foydalanishdagi va umumiy foydalanishda bo‘lmagan temir yo‘llarda ishi bevosita poyezdlar harakati bilan bog‘liq bo‘lgan temir yo‘l transporti ayrim toifadagi xodimlarining ish vaqti va dam olish vaqti rejimlarini belgilaydi.

Batafsil

Установлен режим рабочего времени и режим отдыха отдельных категорий работников железнодорожного транспорта, работа которых непосредственно связана с движением поездов

Приказ Министра транспорта Республики Узбекистан No 11 "Об утверждении Положения о режимах рабочего времени и времени отдыха отдельных категорий работников железнодорожного транспорта, работа которых непосредственно связана с движением поездов" зарегистрирован Министерством юстиции 17 июля 2025 года за No 3650.

Положение, утвержденное настоящим Приказом Министра транспорта во исполнение статьи 34 Закона Республики Узбекистан "О железнодорожном транспорте", определяет особенности режима рабочего времени и времени отдыха отдельных категорий работников железнодорожного транспорта, работа которых непосредственно связана с движением поездов на железнодорожном транспорте общего и необщего пользования.

Подробнее
🚌 Buxoro shahrida yangi yo‘nalishda avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Bugun, 18-iyuldan e’tiboran Buxoro shahrida yangi 17-sonli “Chor-Bakr bosh bekati – Aeroport” yo‘nalishida brutto-shartnoma asosida avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi.

🚏Mazkur yo‘nalish Chor-Bakr bosh bekatidan boshlanib, Markaziy bozor orqali Ibn Sino ko‘chasidan Dilkusho ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib, shaharning ko‘plab muhim nuqtalaridan o‘tadi va Buxoro xalqaro aeroportida yakunlanadi.

Yo‘nalishda 12 ta zamonaviy ZhongTong rusumli avtobuslar 9-10 daqiqalik interval bilan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda.

🚌 В Бухаре запущено автобусное сообщение по новому маршруту

Сегодня, 18 июля, в Бухаре начало функционировать автобусное сообщение по новому маршруту № 17 "Главная станция Чор-Бакр – Аэропорт" на основе брутто-контракта.

🚏Маршрут начинается от главной остановки Чор-Бакр, проходит через Центральный рынок по улице Ибн Сино, далее следует вдоль улицы Дилкушо, охватывая многие важные точки города, и завершается в международном аэропорту Бухары.

На маршруте курсируют 12 современных автобусов марки ZhongTong, обслуживающих пассажиров с интервалом 9-10 минут.
#Toshkent_viloyati

DIQQAT TENDER


Toshkent viloyati hududidagi shahar, shahar atrofi va viloyatichi shaharlararo yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha elektron tarzda ochiq tender o‘tkaziladi.

❗️Tender Transport vazirligi Toshkent viloyati transport boshqarmasi tomonidan 2025-yil 19-avgust kuni soat 14:00 da o‘tkaziladi.

Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan e-tender.uztrans.uz axborot tizimi orqali 2025-yil 18-avgust soat 14-00 ga qadar qabul qilinadi.

⚠️Tender takliflari belgilangan muddat yakunlanganidan so‘ng qabul qilinmaydi hamda tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

📞 Ma’lumot uchun telefon: +998 71 202-05-01 (213).

Batafsil:
e-tender.uztrans.uz
DIQQAT, YO‘LOVCHILAR VA HAYDOVCHILAR!

2025-yil 19-iyuldan 18-avgustga qadar Sergeli tumani Obihayot ko‘chasida issiq suv quvurlarini almashtirish ishlari olib borilishi munosabati bilan, mazkur ko‘chada avtotransport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.

🚌 Shu davr mobaynida ayrim avtobus yo‘nalishlari harakati quyidagicha o‘zgartiriladi:

184-sonli yo‘nalish harakati Sergeli Yarmarka bekatigacha qisqartiriladi;

40 va 143-sonli yo‘nalishlar harakati Yangi Sergeli yo‘li → So‘g‘diyona → Jaloyir → Obihayot (yopilmagan qismi) ko‘chalari orqali vaqtincha o‘zgartiriladi.

ВНИМАНИЕ, ПАССАЖИРЫ И ВОДИТЕЛИ!

С 19 июля по 18 августа 2025 года в связи с заменой труб горячего водоснабжения на улице Обихает в Сергелийском районе движение автотранспорта по данной улице будет временно ограничено.

🚌 В этот период движение некоторых автобусных маршрутов временно изменяется следующим образом:

Маршрут № 184 будет временно укорочен до остановки "Сергели Ярмарка";

Маршруты № 40 и № 143 будут временно перенаправлены по улицам Янги Сергели йўли → Сугдиёна → Жалойир → Обихает (незакрытая часть).
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Fuqaro aviatsiyasi uchuvchisi bo‘lishni xohlaysizmi? Qabul hali ham davom etmoqda!

Toshkent davlat transport universitetida "Uchish apparatlarini ekspluatatsiya qilish" (Aircraft Flight Operation) yo‘nalishi bo‘yicha qabul davom etmoqda. Bu yerda Koreya aerokosmik universiteti bilan hamkorlikda 1+2+1 dasturi asosida fuqaro aviatsiyasi uchuvchilari tayyorlanadi - ta’lim ingliz tilida olib boriladi va bitiruvchilar ikki diplom olishadi.

🎓 Ta’lim quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
• O‘zbekistonda 1 yil
• Koreya Respublikasida 2 yil
• Yakuniy bosqichning 1 yili yana Toshkentda


🛫 Siz quyidagilarni qo‘lga kiritasiz:

• Xalqaro bakalavr diplomi (2 ta universitetdan)
• CPL uchuvchilik guvohnomasi
• O‘zbekiston havo yo‘llarida amaliyot o‘tash
• Ingliz tilida ta’lim olish
• Xalqaro tajriba va aviatsiya sohasida ishlash istiqbollari


Talablar va imkoniyatlar: https://tstu.uz/uz/blog/1587

Yo‘nalish uchun ro‘yxatdan o‘tish:
https://sayt.tstu.uz/admission_avia

Murojaat uchun:
Tel: +998 71 299-03-79, +998 71 299-03-83, +998 71 299-03-93.

Хотите стать пилотом гражданской авиации? Приём все еще продолжается!

В Ташкентском государственном транспортном университете продолжается приём на направление «Эксплуатация летательных аппаратов» (Aircraft Flight Operation), где ведётся подготовка пилотов гражданской авиации в сотрудничестве с Корейским аэрокосмическим университетом по программе 1+2+1 — на английском языке и с получением двух дипломов.

🎓 Обучение включает:
• 1 год в Узбекистане
• 2 года в Республике Корея
• 1 год завершающего этапа снова в Ташкенте


🛫 Что Вы получаете:
• Международный диплом бакалавра (2 университета)
• Сертификат пилота CPL
• Практику в Uzbekistan Airways
• Обучение на английском языке
• Международный опыт и перспективы работы в авиации


Для регистрации на направление:
https://sayt.tstu.uz/admission_avia

Для справок:
Тел: +998 71 299-03-79, +998 71 299-03-83, +998 71 299 03 93.
#Surxondaryo_viloyati

DIQQAT TENDER


Surxondaryo viloyati hududidagi quyidagi shahar atrofi yo‘nalishli taksi (Damas) yo‘nalishlarida ishlash huquqini olish uchun elektron tarzda ochiq tender tanlovi o‘tkaziladi.

Tender Transport vazirligi Surxondaryo viloyati transport boshqarmasi tomonidan 2025-yil 18-avgust kuni soat 17:00 da o‘tkaziladi.

Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan e-tender.uztrans.uz axborot tizimi orqali taqdim etiladi. Tender takliflari axborot tizimi orqali 2025-yilning 17-avgust kuni soat 17-00 ga qadar qabul qilinadi.

⚠️Tender takliflari belgilangan muddat yakunlanganidan so‘ng qabul qilinmaydi hamda tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

Ma’lumot uchun telefon: +998 99 507-92-31: +998 99 679-18-36.

Batafsil: e-tender.uztrans.uz
Xitoyning Shensi provinsiyasi hukumati Transport universitetiga 1,8 mln AQSh dollari miqdorida ta’lim granti ajratdi

Shensi provinsiyasi hukumati tomonidan Toshkent davlat transport universitetiga ajratilgan grantlar orqali o‘zbekistonlik yoshlar Changan universitetida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Ta’lim granti umumiy qiymati 13 million yuanga (taxminan 1,8 million AQSh dollari) teng bo‘lib, 10 nafar PhD, 40 nafar magistratura va 60 nafar bakalavr bosqichi talabalarini qamrab oladi.

Dasturlar 1+1 magistratura va 2+2 bakalavriat shaklida amalga oshiriladi.

Mazkur grant dasturi O‘zbekiston–Xitoy ta’limiy hamkorligining muhim natijasi bo‘lib, yoshlarimizga xalqaro tajriba, zamonaviy bilim va nufuzli diplomga ega bo‘lish imkonini yaratadi.


Правительство китайской провинции Шэньси выделило Транспортному университету образовательный грант в размере 1,8 млн долларов США

Благодаря грантам, выделенным Ташкентскому государственному транспортному университету правительством провинции Шэньси, узбекская молодежь получила возможность обучаться в Университете Чангань.

Общая сумма образовательного гранта составляет 13 миллионов юаней (около 1,8 миллиона долларов США) и охватывает 10 докторантов, 40 магистрантов и 60 студентов бакалавриата.

Программы реализуются в форме магистратуры 1+1 и бакалавриата 2+2.

Данная грантовая программа является важным результатом узбекско-китайского образовательного сотрудничества и предоставляет нашей молодежи возможность получить международный опыт, современные знания и престижный диплом.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Тахлилнома | Транс – Афганская железная дорога: новый коридор возможностей для Узбекистана и региона


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | Jizzax shahriga 30 dona zamonaviy YUTONG avtobuslari olib kelindi

Jizzax viloyatda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan harakat tarkibini yangilagan holda yo‘lovchilarga qulay va xavfsiz xizmat ko‘rsatishni tashkil etish masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Ayni shu maqsadda “Bizning kuch” MCHJ tomonidan Xitoyning Yutong kompaniyasida ishlab chiqarilgan 30 dona avtobus sotib olindi.

Ushbu avtobuslar Jizzax shahar ichidagi "Bunyodkor MFY – Qahramon MFY" va "Olmazor MFY – Olmachi MFY" yo‘nalishlarida brutto-shartnoma asosida tasarruf etilishi rejalashtirilgan.


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Navbatdagi ochiq muloqotga oz fursat qoldi

Biznes yuritishda muammolarga duch kelyapsizmi yoki takliflaringiz bormi? Sizni eshitishadi va qo‘llab-quvvatlashadi! Har bir ovoz muhim.

Prezidentning tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tadigan navbatdagi ochiq muloqoti doirasida o‘z fikr-mulohazalaringizni bildirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.

🔺 Murojaatlaringizni quyidagi usullarda yuborishingiz mumkin:

📞 1094 yoki 1100 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qiling.

🔵 “Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot elektron platformasi orqali yozing.

Operatorlar kecha-yu kunduz faoliyat ko‘rsatmoqda.


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
O‘rta koridor istiqbollari: Markaziy Osiyo va Ozarbayjon nuqtayi nazari

Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazi, "Ma’no" tadqiqot tashabbuslari markazi, PeaceNexus Fondi va xorijiy ekspertlar tomonidan “O‘rta koridor istiqbollari: Markaziy Osiyo va Ozarbayjon nuqtayi nazari” nomli tahliliy hisobot tayyorlandi.

Ushbu tahliliy hisobot "Geosiyosiy beqarorlik sharoitida muqobil xalqaro transport yo‘laklarini shakllantirish va O‘rta yo‘lakni rivojlantirish" loyihasi doirasida tayyorlangan.

Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tashabbusi bilan 2023-yil oktabr oyida boshlangan bo‘lib, Qozog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, Qirg‘iziston Respublikasi Transport va aloqa vazirligi, Tojikiston Respublikasi Transport vazirligi, Ozarbayjon Respublikasi Raqamli rivojlanish va transport vazirligi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Hisobot bilan batafsil tanishing.

Перспективы Среднего коридора: взгляд Центральной Азии и Азербайджана

Центром изучения проблем развития транспорта и логистики при Министерстве транспорта, Центром исследовательских инициатив "Маъно," Фондом PeaceNexus и зарубежными экспертами подготовлен аналитический отчет "Перспективы Среднего коридора: взгляд Центральной Азии и Азербайджана".

Данный аналитический отчет подготовлен в рамках проекта "Формирование альтернативных международных транспортных коридоров и развитие Среднего коридора в условиях геополитической нестабильности".

Этот проект был инициирован Министерством транспорта Республики Узбекистан в октябре 2023 года и поддержан Министерством транспорта Республики Казахстан, Министерством транспорта и коммуникаций Кыргызской Республики, Министерством транспорта Республики Таджикистан и Министерством цифрового развития и транспорта Азербайджанской Республики.

Ознакомьтесь подробнее с отчетом.
2025/08/28 10:23:53
Back to Top
HTML Embed Code: