Telegram Group Search
Fidoyi xodimlaridan biri nafaqaga kuzatildi

Bugun, 22-iyul kuni Transport vazirligida o‘z hayotini mamlakatimiz transport taraqqiyotiga bag‘ishlagan, uzoq yillar fidokorona mehnati bilan soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan Xusanov Alim Rixsiyevichni nafaqaga kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida Alim Rixsiyevichning mehnat bilan yo‘g‘rilgan ibratli hayot yo‘li va uning uzoq yillik faoliyatidagi yutuqlari haqida iliq fikrlar bildirildi.

Alim Rixsiyevichning halol va mas’uliyatli mehnati yosh avlod uchun haqiqiy namuna sifatida e’tirof etildi.

Transport vazirligi rahbariyati va ko‘p sonli mehnat jamoasi nomidan Xusanov Alim Rixsiyevichga chin dildan tashakkur izhor qilamiz. Nafaqadagi yillaringiz ham mo‘tabar va mazmunli bo‘lishiga tilakdoshmiz.

Одного из преданных сотрудников проводили на пенсию

Сегодня, 22 июля, в Министерстве транспорта состоялась церемония провожания на пенсию Хусанова Алима Рихсиевича, посвятившего свою жизнь развитию транспортной отрасли нашей страны и внесшего достойный вклад в развитие сферы своим многолетним самоотверженным трудом.

В ходе мероприятия были высказаны теплые слова о примерном жизненном пути Алима Рихсиевича, наполненном трудом, и его многолетних достижениях в профессиональной деятельности.

Честный и ответственный труд Алима Рихсиевича был признан истинным примером для молодого поколения.

От имени руководства Министерства транспорта и многочисленного трудового коллектива выражаем искреннюю благодарность Хусанову Алиму Рихсиевичу. Желаем, чтобы ваши годы на пенсии были почетными и наполненными смыслом.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun butun respublika bo‘ylab "Avtomobilsiz kun" aksiyasi o‘tkazilmoqda

"Avtomobilsiz kun" shunchaki aksiya emas, balki ekologiyaga, sayyoramiz salomatligi va kelajagiga ongli hamda mas’uliyatli munosabatda bo‘lishga da’vatdir.

Hatto bir kunlik shaxsiy avtotransportdan voz kechish shaharlarda havo ifloslanishi va shovqin darajasini pasaytirishga yordam beradi, shuningdek, ekologik toza va muqobil harakatlanish turlarining - piyoda yurish, velosiped haydash va jamoat transportidan foydalanishning ahamiyatini eslatib turadi.



"Avtomobilsiz kun" jamoat loyihasi doirasida bugun Transport vazirligi va uning tasarrufidagi tashkilotlar xodimlari ish joylariga jamoat transportidan foydalangan holda yetib kelishdi.

Сегодня по всей республике проходит акция «День без автомобилей»

«День без автомобилей» — это не просто акция, а призыв к осознанному и ответственному отношению к экологии, к здоровью и будущему нашей планеты.

Отказ от использования личного автотранспорта даже на один день способствует снижению уровня загрязнения воздуха и шумового фона в городах, а также помогает напомнить о важности экологически чистых и альтернативных видов передвижения — пеших прогулок, велосипедов и общественного транспорта.


В рамках общественного проекта "День без автомобиля" сегодня сотрудники Министерства транспорта и его подведомственных организаций добрались до места работы, воспользовавшись общественным транспортом.
O‘zbekiston va Rossiya aviaqatnovlar sonini oshirish bo‘yicha muhim kelishuvga erishdi

Joriy yilning 21 – 22-iyul kunlari Moskva shahrida ikki mamlakat aviatsiya hukumatlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda O‘zbekiston va Rossiya shaharlari o‘rtasida haftasiga 1000 dan ortiq muntazam qatnovlarni bajarish, shuningdek, 3 ta parvoz manzilini o‘zida birlashtiruvchi “uchburchak” shaklidagi qatnovlarni amalga oshirish doirasida aviakompaniyalar soni bo‘yicha cheklovlarni bekor qilib, har bir kompaniyaga 5 tagacha shaharni tanlash huquqini berishga kelishildi.

Ikki mamlakat o‘rtasida turistlar oqimi keskin oshirilib, kelishuvda erishilgan haftalik parvozlar chastotasi aviakompaniyalar tomonidan to‘liq ishlatilishi natijasida Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida yiliga 16 mln nafardan ortiq aviayo‘lovchi tashish imkoniyati yaratildi.

Ma’lumot uchun: 2024-yilda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida jami 32 565 ta aviaqatnov amalga oshirilib, jami 4 098 605 ta yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatilgan.


Batafsil

Узбекистан и Россия достигли важной договоренности об увеличении количества авиарейсов

В ходе переговоров между авиационными властями двух стран, состоявшихся 21-22 июля текущего года в Москве достигнута договоренность о выполнении более 1000 регулярных рейсов в неделю между городами Узбекистана и России, а также об отмене ограничений по количеству авиакомпаний в рамках выполнения рейсов в форме "треугольника", объединяющих 3 пункта назначения, предоставив каждой компании право выбора до 5 городов.

В результате резкого увеличения туристического потока между двумя странами и полного использования авиакомпаниями достигнутой договоренности частоты еженедельных рейсов будет создана возможность перевозки более 16 миллионов пассажиров в год между Россией и Узбекистаном.

Для сведения: в 2024 году между Узбекистаном и Россией выполнено 32 565 рейсов, всего обслужено 4 098 605 пассажиров.


Подробнее
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar - O‘zbekiston transporti kelajagining tayanchi!

Yoshlar kuni munosabati bilan Uzbekistan Airways uchuvchisi Asror Qambarovga davlatimiz rahbari tomonidan "Kelajak bunyodkori" medali topshirildi.

Bu yosh avlodning aviatsiya va mamlakatning butun transport tizimini rivojlantirishga qo‘shgan hissasining e’tirofidir.

Asror singari yosh mutaxassislar o‘z mehnati, bilimi va mukammallikka intilishi bilan O‘zbekistonning mintaqadagi zamonaviy transport markazi sifatidagi o‘rnini mustahkamlamoqda.

💬 "Bu mukofot men uchun Vatanga yanada fidoyilik bilan xizmat qilishdek ulkan sharaf va rag‘batdir," - dedi Asror Qambarov.


Transport vazirligi yoshlarni izchil qo‘llab-quvvatlab, ularning kasbiy o‘sishi uchun sharoitlar yaratmoqda hamda yosh mutaxassislarni transport sohasidagi islohotlar va innovatsion loyihalarga faol jalb etmoqda.

Молодёжь — опора будущего транспорта Узбекистана!

В честь Дня молодёжи пилоту Uzbekistan Airways Асрору Камбарову от главы государства вручена медаль «Келажак бунёдкори».

Это признание вклада молодого поколения в развитие авиации и всей транспортной системы страны.

Молодые специалисты, как Асрор, своим трудом, знаниями и стремлением к совершенству укрепляют позиции Узбекистана как современного транспортного узла региона.

💬 «Для меня эта награда — огромная честь и стимул служить Родине ещё с большей отдачей», — отметил Асрор Камбаров.


Министерство транспорта последовательно поддерживает молодёжь, создаёт условия для их профессионального роста и активно вовлекает молодых специалистов в реформы и инновационные проекты в транспортной отрасли.
Президент Шавкат Мирзиёев Ҳисоб палатасининг фаолияти ҳамда ижро тизимини такомиллаштириш чора-тадбирларига оид тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о деятельности Счетной палаты и мерам по совершенствованию системы исполнения.

#Mirziyoyev #taqdimot #byudjet #ijro

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Gruziya bilan transport-logistika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etildi

23-iyul kuni Transport vaziri Ilhom Maxkamov Gruziya iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vaziri Mariam Kvrivishvili xonim bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Tomonlar avtomobil va temir yo‘l tashuvlari sohasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, Gruziya dengiz portlaridan foydalangan holda xalqaro multimodal transport yo‘laklarini rivojlantirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama etishdi.

Batadsil

Обсуждены вопросы развития сотрудничества с Грузией в транспортно-логистической сфере

23 июля министр транспорта Илхом Махкамов провел переговоры с министром экономики и устойчивого развития Грузии госпожой Мариам Квривишвили.

Стороны обсудили вопросы, связанные с расширением двустороннего сотрудничества в сфере автомобильных и железнодорожных перевозок, а также развитием международных мультимодальных транспортных коридоров с использованием морских портов Грузии.

Подробнее
Ayni damda transport va logistika yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Savdo-sanoat palatasi, Soliq qo‘mitasi, Biznes-ombudsman va Transport vazirligi mas’ullari ishtirok etmoqda.

Uchrashuvda sohadagi mavjud muammolar va ularning amaliy yechimlari, shuningdek, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan takliflar muhokama qilinmoqda.

Muloqot to‘g‘ridan to‘g‘ri efirda namoyish etilmoqda — kuzatib boring va faol ishtirok eting!


В настоящее время проходит встреча с предпринимателями, осуществляющими деятельность в сфере транспорта и логистики.


В ней принимают участие представители Торгово-промышленной палаты, Налогового комитета, Бизнес-омбудсмена и Министерства транспорта.

На встрече обсуждаются существующие проблемы в отрасли и их практические решения, а также предложения, направленные на поддержку предпринимательства.

Диалог транслируется в прямом эфире - следите за трансляцией и активно участвуйте!
Давлатимиз раҳбарига Андижон вилоятида ислоҳотлар натижадорлиги ва янги режалар юзасидан ахборот берилди.

Главе государства доложено о результатах реформ и новых планах по развитию Андижанской области.

#Mirziyoyev #taqdimot #Andijon #rejalar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
DIQQAT BU MUHIM!

Transport vazirligi Ma’lumotlar bazasi serverining uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida 28-iyul soat 23:30 dan e’tiboran qisqa muddatli profilaktika ishlari amalga oshiriladi.


Shu munosabat bilan vazirlikning barcha elektron axborot tizimlari faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin.

ВНИМАНИЕ, ЭТО ВАЖНО!

В целях обеспечения бесперебойной работы сервера базы данных Министерства транспорта 28 июля с 23:30 будут проводиться краткосрочные профилактические работы.

В связи с этим возможны временные перебои в работе всех электронных информационных систем Министерства.
#Navoiy_viloyati

DIQQAT TENDER


Navoiy shahrida brutto-shartnomasi asosida faoliyat yurituvchi quyidagi avtobus yo‘nalishini biriktirish bo‘yicha elektron tarzda ochiq tender o‘tkaziladi.

❗️Tender Transport vazirligi Navoiy viloyati transport boshqarmasi tomonidan joriy yilning 29-avgust kuni soat 17:00 da o‘tkaziladi.

Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan e-tender.uztrans.uz axborot tizimi orqali taqdim etiladi.

⚠️Tender takliflari belgilangan muddat yakunlanganidan so‘ng qabul qilinmaydi hamda tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

📞 Ma’lumot uchun telefon: +998 79 210-77-87, +998 93 951-97-02.

Batafsil:
e-tender.uztrans.uz
2025/08/27 13:15:11
Back to Top
HTML Embed Code: