Telegram Group Search
#ohohlik_davr_talabi

Korrupsiyaning salbiy oqibatidan ehtiyot bo‘ling!


Xorazm viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan soliq organlarini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish maqsadida targ‘ibot-tashviqot ishlari davom ettirilmoqda.

▫️Xususan, Hazorasp va Tuproqqal’a tumanlari hududidagi tadbirkorlik subektlari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish maqsadida targ‘ibot tadbirlari olib borilib, soliq majburiyatlarini bajarish davomida kuzatilishi mumkin bo‘lgan korrupsion holatlar kuzatilgan taqdirda, xabar berish uchun ishonch telefon raqamlari hamda telegram bot kanallarini o‘zida aks ettirgan buklet va broshuralar tarqatildi.

▫️Eslatib o‘tamiz, soliq organlarida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va noqonuniy harakatlar to‘g‘risida ma’lumotlarni @dsq_anticorrupciya_bot maxsus telegram boti yoki ishonch telefoni (62-223-10-10)ga qoldirish mumkin.

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Threads
#Stol_tennisi

G'oliblar saralandi

Urganch olimpia va paralimpia sport turlariga tayyorlash markazida sportning 🏓 stol tennisi turi bo'yicha viloyat birinchiligi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyatning barcha shahar va tumanlaridan 13 yoshgacha bo‘lgan raketka ustalari yakkalik va juftlik baxslarida kuch sinashdi.

Viloyat birinchiligida g‘olib bo'lgan yoshlar 13-19-mart kunlari Qashqadaryo viloyatida bo'lib o'tadigan “O‘zbekiston kubogi” musobaqasida ishtirok qiladi.

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Threads
📌 Tomorqasini qarovsiz qoldirgan xonadon egalari uch karra yuqori soliq to‘laydi

Aholi tomorqasi va ijaraga berilgan yer maydonlaridan samarali foydalanish bo‘yicha hokim yordamchisi tomonidan har chorakda o‘rganish olib boriladi.

O‘rganish davomida xonadondagi tomorqa va ijara yerlarida ekin ekilmagan va qarovsiz qoldirilgan bo‘lsa quyidagi choralar qo‘llaniladi:
✔️Imtiyozli kreditlar ajratilmaydi.
✔️Ijtimoiy himoya yagona reestriga kiritilgan fuqarolar uchun yordamlar (moddiy yordam yoki bola puli kabi) to‘xtatiladi.
✔️Yer solig‘i stavkasi 3 karra miqdorida hisoblanadi.


Asos: PF-22, 14.02.2025-yil.

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Бундан буён секторлар фаолияти билан прокурор, ички ишлар ва солиқ идоралари раҳбарлари шуғулланмайди – Президент

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#davra_suhbati

Biznes bir huquqbuzarlik uchun ikki marta jazolanmaydi

Urganch shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati va undagi o‘zgarishlar bo‘yicha tadbirkorlik subyektlari bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda tadbirkorlik subyektlariga ko‘rgazmali materiallar orqali tushuntirishlar berildi va soliq siyosatidagi o‘zgarishlarga alohida to‘xtab o‘tildi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Threads
2025/03/10 22:06:44
Back to Top
HTML Embed Code: