Paxta yetishtirishda yangicha texnologiyalardan foydalanilmoqda✅Xabaringiz bor,
qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov ayni vaqtda amaliy tashrif bilan Buxoro viloyatida bo‘lib turibdi. Asosiy maqsad sohada amalga ishirilayotgan ishlar ko‘lamini o‘rganish. Tashrifga oid navbatdagi
manzil Olot tumanidagi “Merganteks” klasteri bo‘ldi.
📌Aytish mumkin ushbu keng
dala maydoniga Shukurullo Urunov fermer xo‘jaligi tomonidan g‘alladan keyingi ekin sifatida paxtaning erta pishar Xitoy navlari ekilgan bo‘lib, kutilayotgan
hosildorlik 50 sentner deya baholanmoqda. Ushbu g‘oza navlari
shu yilning 10-15 iyun kunlari yerga qadalgan bo‘lsa, hozirga kelib paxtaning 20 foizi ochilgan.
💬Fermerga ko‘ra, endilikda defoliatsiya qilish ishlari boshlanadi. Natijada,
keyingi hosil vaqtiga qadar 76 sxemada ekilgan paxta navlari yaxshi rivojlanishga kirishadi. Mas’ullarning aytishicha, ushbu defoliatsiyalash ishlari maxsus dronlar yordamida amalga oshiriladi. Sug‘orish jarayonida esa,
Xitoy tajribasi asosida zamonaviy texnologiyalarni qo‘llagan holda plyonka ostiga olib, tomchilatish usulidan foydalaniladi.
🔎Qayd etish lozim,
“Merganteks” klasteri buyurtmasi asosida amalga oshirilayotgan ushbu agrotexnik tadbirlar
qishloq xo‘jaligi tizimidagi o‘zgarish va yangilanishning yorqin misoli deyishimiz mumkin. Xorijiy navlarni o‘zimizning tuproqlarda yetishtirish shunchaki ish emas. Bu uchun albatta,
har tomonlama samarali ko‘rilgan texnologiyalardan foydalanish talab etiladi.
🔗Vazir ushbu hududda olib borilayotgan
natijaviy sa’y-harakatlarni munosib baholab, hosildorlik ko‘lamini yanada oshirish, navlarni iqlim o‘zgarishi va noqulay ob-havo ta’siridan omon saqlash, to‘g‘ri parvarish qilishda tajribani sayqallash, shuningdek, defoliatsiyalashda maxsus dronlarni qo‘llashni boshqa dala maydonlarida ham qo‘llashni joriy qilish borasida o‘zining ko‘rsatma va topshiriqlarini berib o‘tdi.
🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram