group-telegram.com/Ilmfanjurnali/358
Last Update:
⚡️"Ilm-fan va innovatsion rivojlanish" jurnalining 2024-yil 1-sonida Toshkent davlat texnika universtiteti Qo‘qon filiali Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash sektori boshlig‘i, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) To‘ychiyev Zafarjon Zokirovich hamda Farg‘ona politexnika instituti Energetika fakulteti 1-bosqich doktoranti Qobilov Mirodil Xamidjon o‘g‘li tomonidan yozilgan “Elektr uzatish tarmoqlarida kuchlanish og‘ishining ekspluatatsiyadagi kuch transformatorlarining ish rejimlariga ta’siri” nomli maqola chop etilmoqda.
✅Kuchlanish og‘ishi natijasida kuch transformatorlarida hosil bo‘layotgan qo‘shimcha quvvat isrofini aniqlash ushbu tadqiqot ishining maqsadi hisoblanadi.Tadqiqotning predmeti sifatida ekpluatatsiya holatida bo‘lgan moyli kuch transformatorining magnit o‘zagi va chulg‘amlari tanlab olindi. Bundan tashqari, har xil yuklama rejimlarida ishlayotgan ushbu kuch transformatorida quvvat isrofi uning yuklanish koeffitsiyentiga bog‘liq ekanligi aniqlandi.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
BY "Ilm-fan va innovatsion rivojlanish" ilmiy jurnali
Share with your friend now:
group-telegram.com/Ilmfanjurnali/358