Telegram Group Search
2025-yil 21-fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston  xalq artisti Vohid Qodirov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi

📚
Tadbirda san’atkorning hamkasblari, shogirdlari, do‘stlari,  yaqinlari va uning ijodi ixlosmandlari ishtirok etdilar.

📚 Tadbirda so‘zga chiqqanlar ustoz san’atkor Vohid Qodirovning hayoti, ijodi, yaratgan obrazlari va uning insoniylik fazilatlari haqida xotirladilar.

♻️ BATAFSIL

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
2025-yil 21-fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Qirqqiz Akademiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

📚
"Umrboqiy meros" markazi raisi Lutfiya Mirzayeva ishtirokchilarni qutladi va yig‘ilishni ochiq deb e'lon qildi.

📚
Akademiya raisi Shoira Oripova yig‘ilish qatnashchilariga Akademiyaning 2024-yilda bajargan ishlari bo‘yicha hisobot taqdim qildi.

📚 Yig‘ilishda Akademiyaning  rais o‘rinbosari,  kengash a'zolari saylandi,  ularning ruyxati shakllantirildi va 2025-yil uchun tadbirlar rejasi ham muhokama qilindi.

📚
Akademiya a'zolari tomonidan tarixiy qadamjolarga ziyoratlar tashkil etish, Toshkent o‘quv yurtlarida uchrashuvlar o‘tkazish, gazeta chiqarish, maqolalarni katalogga taxlash,  teatr san'ati, raqs san'ati,  abri bahor, xatottlik,  hunarmandchilik, psixologik bilimlar, "Ishonch"  yuridik yordam xizmati  kurslari va seminarlarni tashkil qilish takliflari berildi.

📚
Yig’ilish davomida Shoira Oripova "Milliy qadriyatlar va inson ongi" mavzusida seminar o‘tkazdi.

TelegramFacebook
2025-yil 21-fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi mutaxassislari Sergeli tumanidagi 300-umumta'lim maktabida sayyor tadbir o‘tkazdilar.

📚 Tadbirda mutaxassislar kutubxona haqida, uning zamonaviy imkoniyatlari, hozirgi kunda kutubxonaning xizmat turlari haqida ma'lumot berdilar.

📚 Suhbat, asosan, ertaklar, ularning mohiyati va tarbiyaviy ahamiyati haqida bordi. O‘quvchilar bilan o‘zbek, rus va jahon xalq ertaklari asosida viktorina o‘tkazildi.

📚 Savollarga faol javob bergan o‘quvchilar o‘zlariga tushgan ertaklarni sahnalashtirdilar, undagi tarbiyaviy jihatlari haqida so‘zladilar.

📚 Quvnoq va maroqli tarzda o‘tgan tadbir barcha o‘quvchilarda yaxshi taassurotlar qoldirdi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
2025/02/22 10:22:18
Back to Top
HTML Embed Code: