Notice: file_put_contents(): Write of 3539 bytes failed with errno=28 No space left on device in /var/www/group-telegram/post.php on line 50

Warning: file_put_contents(): Only 8192 of 11731 bytes written, possibly out of free disk space in /var/www/group-telegram/post.php on line 50
Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal | Telegram Webview: soliqnews/6733 -
Telegram Group & Telegram Channel
#qonunchilikdagi_yangiliklar #onlayn_NKM

“Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida nazorat-kassa texnikasidan foydalanishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga ko‘ra (PQ-5252 04.10.2021 y.)

🗓2022-yil 1-yanvardan:

🔹 chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarida amalga oshirgan xaridi uchun berilgan chekning fiskal belgisini Soliq mobil ilovasida matritsali shtrix kod (QR-kod) yordamida skanerlash orqali ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslarga oy yakuni bilan xarid summasining 1 foizi qaytariladi.

▫️Avtomobil, temir yo‘l va avia chipta xaridi, kommunal va aloqa xizmati uchun, shuningdek, to‘lov tizimi operatorlari orqali to‘lovni amalga oshirganda olingan xarid cheklari bundan mustasno;

🔹 sotib oluvchiga cheklarni yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlarni bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, shuningdek, identifikatsiya qilish vositalari bilan majburiy raqamli markirovka qilish nazarda tutilgan mahsulotlarda qalbaki markirovka qo‘llanilganligi yoki markirovka mavjud emasligi to‘g‘risida Soliq hamkor dasturi orqali soliq organlariga xabar bergan jismoniy shaxslarga huquqbuzarlardan undirilgan jarima summasining 20 foizi miqdorida mukofot to‘lanadi;

🔹 to‘lov tizimlari operatorlari o‘z to‘lov tizimlarini onlayn-NKMga majburiy ravishda ulash va shu orqali soliq organlarining axborot tizimlariga integratsiyalashni taʼminlash talabi o‘rnatiladi;

🔹 tovar (xizmat)lar yagona elektron milliy katalogi identifikatsiyalash kodlari aks ettirilmaydigan onlayn-NKM va virtual kassa cheklarini taqdim etish taqiqlanadi;

🔹 raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari uchun onlayn-NKM va virtual kassaga ulangan, shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qishni va aniqlashni taʼminlovchi maxsus qurilmalardan (2D-skanerlar, maʼlumotlarni yig‘uvchi terminallar yoki boshqa turdagi maxsus qurilmalar) majburiy foydalanish talabi o‘rnatiladi.
▫️Bunda 2023-yil 1-yanvarga qadar tadbirkorlik subyektlariga onlayn NKM hamda maxsus skaner qurilmalarining har birini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar summasiga, lekin bitta qurilma uchun BHMning 4 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda foyda solig‘i yoki aylanmadan olinadigan soliq yoxud YATTlarning jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summalarini kamaytirish huquqi beriladi.

🇷🇺Rus tilida👉 Постановление Президента Республики Узбекистан, от 04.10.2021 г. № ПП-5252

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram

group-telegram.com/soliqnews/6733
Create:
Last Update:

BY Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

Warning: Undefined variable $i in /var/www/group-telegram/post.php on line 260

Share with your friend now:
group-telegram.com/soliqnews/6733

View MORE
Open in Telegram

Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

Two days after Russia invaded Ukraine, an account on the Telegram messaging platform posing as President Volodymyr Zelenskiy urged his armed forces to surrender. The fake Zelenskiy account reached 20,000 followers on Telegram before it was shut down, a remedial action that experts say is all too rare. Some privacy experts say Telegram is not secure enough "There are several million Russians who can lift their head up from propaganda and try to look for other sources, and I'd say that most look for it on Telegram," he said. Telegram does offer end-to-end encrypted communications through Secret Chats, but this is not the default setting. Standard conversations use the MTProto method, enabling server-client encryption but with them stored on the server for ease-of-access. This makes using Telegram across multiple devices simple, but also means that the regular Telegram chats you’re having with folks are not as secure as you may believe.
from ar

Telegram Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
FROM American