Telegram Group Search
#TAYINLOV

Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘iga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

▫️Xurshidjon Musajonovich Eshqo‘ziyev —
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlandi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

▫️Jahongir Baxtiyarovich Baybayev —
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlandi.

J.Baybayev ushbu tayinlovga qadar “O‘ztransgaz” AJ Boshqaruv raisining qurilish va transport bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Kanalga ulanish: 
@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasi Siyosiy byurosi aʼzosi, Siyosiy-yuridik komissiyasi kotibi Chen Vensin boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston bilan Xitoy oʻrtasidagi doʻstlik va barcha sharoitlarda strategik sheriklik munosabatlarini oliy darajada qabul qilingan qarorlar asosida rivojlantirish va mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi.

Terrorizm, ekstremizm, transmilliy jinoyatchilik, kiberjinoyatchilik, narkotrafik kabi xavfsizlikka tahdid solayotgan anʼanaviy va yangi xatarlarga qarshi kurashda amaliy hamkorlikni kengaytirish va saʼy-harakatlarni samarali muvofiqlashtirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Shu kunlarda boʻlib oʻtgan Huquqni muhofaza qilish faoliyati va xavfsizlik sohasidagi Oʻzbekiston-Xitoy hamkorlik mexanizmining birinchi yigʻilishi natijalari yuqori baholandi.

Kanalga ulanish: 
@uzauz
Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 50 yilligi munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Farmon matni — https://uza.uz/posts/639791

Kanalga ulanish: 
@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev qurilish, taʼlim, turizm va sanoat sohalaridagi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Batafsil — https://uza.uz/posts/639835

Kanalga ulanish: 
@uzauz
UzA | Tezkor xabarlar
Photo
Buxoro davlat universiteti uchun yangi kampus qurish rejalashtirilmoqda

Buxoro davlat universitetida 21 mingdan ziyod yoshlar oʻqiydi, 10 ta fakultet, 8 ta yotoqxona bor. Lekin binolar shaharning turli hududlarida tarqoq joylashgan boʻlib, oʻqituvchi va talabalarga noqulayliklar tugʻdirmoqda.

Shu bois Buxoro shahrining chekkasida universitet uchun yangi kampus qurish rejalashtirilmoqda. 43 gektarda loyihalashtirilayotgan majmuada barcha fakultetlar, maʼmuriyat, yotoqxonalar, laboratoriyalar, kutubxona, stadion, sport zali va amfiteatr yaxlit joylashadi. Dars va amaliyot uchun zamonaviy sharoitlar yaratiladi. Yotoqxona oʻrni 3 mingtadan 6 mingtaga oshadi. Boʻsh maydonlarga daraxtlar ekilib, bogʻ barpo etiladi.

Kanalga ulanish: 
@uzauz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun siyosiy partiyalar raislarining debatlari  tashkil etiladi

Mazkur tadbir 27-sentyabr kuni soat 17:00 da  jonli efirda Zoʻr TV, Uzreport TV, RTV, Sevimli va My5 kanallarida uzatiladi.

Kanalga ulanish: 
@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Dollarning rasmiy kursi yana tushdi

Markaziy bank 30-sentabrdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 715,42 so‘m (– 21,06)
1 RUB 137,00 so‘m (– 0,60)
1 EUR 14 190,41 so‘m (– 3,12)

Kanalga ulanish: 
@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev BAA Bosh vaziri oʻrinbosari, mudofaa vaziri, Dubay Amirligi valiahdi Shayx Hamdan bin Muhammad Ol Maktum boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Koʻp qirrali sheriklikni yanada rivojlantirish, iqtisodiy va investitsiyaviy loyihalarni ilgari surish, mudofaa sohasida amaliy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari koʻrib chiqildi.

Bugun kunning birinchi yarmida oʻtkazilgan oʻzaro manfaatli hamkorlik salohiyatini roʻyobga chiqarish boʻyicha qoʻshma forum hamda ikki tomonlama hukumatlararo va idoralararo muzokaralarning samarali yakunlari yuksak baholandi.

Strategik tarmoqlarda keng koʻlamli hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni qabul qilishga kelishib olindi.

Kanalga ulanish: 
@uzauz
Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan taʼlim-tarbiya tizimida alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Farmon matni — https://uza.uz/posts/640139

Kanalga ulanish: 
@uzauz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Siyosiy partiyalarning deputatlikka nomzodlari: Sport, madaniyat va san’at sohasi vakillari bilan tanishing!

Kanalga ulanish: 
@uzauz
2024/09/28 18:11:08
Back to Top
HTML Embed Code: