Cho‘lda yaralayotgan mo‘jiza
🇺🇿Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov agrar sohadagi islohotlar izchilligini ta’minlash maqsadida
Navoiy viloyatidagi tashrifini yakunlab Qashqadaryo viloyatiga keldi.
📌Tashrif dasturiga ko‘ra ilk manzil –
Koson tumani “Jaloir” MFY 30 yil foydalanmasdan kelingan yerda barpo etilgan
fermer xo‘jaligi bilan tanishdi.
🔗1300 gektar maydonni egallagan hududda
Xitoyning “Chjun Tai 2” g‘o‘za navi 76 sxemada qo‘shqator qilib plyonka ostiga ekilgan bo’lib, to’liq
tomchilatib sug‘orish tizimi joriy qilingan.
🟢Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bugun
Qashqadaryo agrar sohasi butunlay o‘zgarishlar og‘ushida. Bu esa aynan
yangidan-yangi ekin yerlarining o‘zlashtirilayotganida namoyon bo‘lmoqda. Foydalanishga qaytarilayotgan minglab gektar yerlar ushbu o‘zgarishlarning amaldagi natijasidir.
🔎Bir paytlar foydalanishdan chiqib ketib,
salkam 30 yil davomida yantoqzor va qamishzor bo‘lib yotgan bu yerlar Xitoyning “Lihao group” kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarishga qaytarilmoqda.
✅Vazir Ibrohim Abdurahmonov xorijiy g‘o‘za navining vegetativ holati bilan tanishar ekan, ilm va innovatsiyaga asoslanib amalga oshirilayotgan agrotexnik tadbirlar bugun o’z natijasini ko‘rsatganini e’tirof etdi.
🏓Sho‘rlik darajasi yuqori bo‘lgan, qolaversa endigina foydalanishga kiritilgan ekin maydonlarida
g‘o‘za nihollarini bexato undirib olish, albatta, tinimsiz mehnat va izlanishlarni talab etadi.
🇺🇿Vazir Ibrohim Abdurahmonov dala boshida paxtachilik sohasi mutaxassislari bilan qilgan suhbatda bundan ob-havo kutilganidek bo‘lsa, ushbu g‘o‘za maydonlarining
har bir gektaridan kamida 60-70 sentnerdan hosil olinishi ma’lum qilindi.
💻Binobarin,
xitoylik kompaniya vakillari o‘zlarining eng katta loyihalari bilan Qashqadaryoda ishtirok etayotgani, aynan Xitoy g‘o‘za navi uchun viloyat hududining iqlim sharoiti har tomonlama
to‘g‘ri kelgani bois har qanday qiyinchiliklarga qaramasdan maqsadlari yo‘lida harakat qilishayotganini ta’kidlab o‘tildi.
🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram