group-telegram.com/Ilmfanjurnali/473
Last Update:
✅ Scopus – 2004-yilda “Elsevier” akademik nashriyoti tomonidan yaratilgan ilmiy adabiyotlar bo‘yicha yagona bibliografik va referativ ma’lumotlar bazasi.
✅ Scopusga kirish huquqi institutsional, ya’ni rasman o‘rnatilgan tartib asosidagi obuna orqali taqdim etiladi.
✅ Foydalanuvchilar kerakli ma’lumotni kalit so‘z, ibora, maqola nomi yoki jurnal sarlavhasi bo‘yicha qidirishlari mumkin. Tizim tomonidan yaratilgan natijalar nashr etilgan yil, mavzu, mansublik va hujjat turi bo‘yicha filtrlanadi. Ma’lumotlarni kuzatish, tahlil qilish va vizualizatsiya vositalari ham ma’lumotlar bazasiga kiritilgan.
✅ Scopusga kiritilgan barcha davriy nashrlar Kontent tanlash bo‘yicha maslahat kengashi (Content Selection & Advisory Board) tomonidan ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari nashrlar chop etiladigan maqolarlarining yuqori sifatini ta’minlashlari lozim. Har yili nashrlarning Xirsh indeksi, CiteScore, SCImago Journal Rank (SJR), Source Normalized Impact per Paper (SNIP) singari indekslar talablariga muvofiqligi tekshiriladi.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
BY "Ilm-fan va innovatsion rivojlanish" ilmiy jurnali
Share with your friend now:
group-telegram.com/Ilmfanjurnali/473