Telegram Group Search
😁😁😁

Nima bu?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli o‘quvchilar va asarni kutayotgan aziz kitobxonlar!

Sizning qiziqishingiz va e’tiboringiz meni juda ruhlantiradi. Afsuski, ba’zan ijod murakkab jarayon bo‘lib, vaqt va qattuq mehnat talab etadi. Shu bois, hali asarni tugatmagan bo‘lsam-da, unga butun borlig‘im bilan yondashayotganimni bildirmoqchiman.

Buyuk adabiyot namoyandalarining ijodiy jarayoniga qarasak, har bir muallif o‘ziga xos vaqt va sharoit talab qilgan:
• Abdulla Qodiriy “O‘tgan kunlar” romanini yozish uchun 3 yil vaqt sarflagan.
• Lev Tolstoy o‘zining mashhur “Urush va tinchlik” asarini 6 yilda tugatgan.
• Ernest Xeminguey esa “Chol va dengiz” asarini yozishga bir necha yillar davomida takror-takror qayta ishlash orqali erishgan.

Bu misollar shuni ko‘rsatadiki, sifatli asar yaratish vaqt va tinimsiz mehnat talab qiladi. Men ham “Gulpamba”ni sifatli va mazmunli bo‘lishini istayman. Shuning uchun har bir sahifani, har bir satrni sevgi va mas’uliyat bilan yozayapman.

Sizning sabr-qanoatingiz va qo‘llab-quvvatlashingiz menga kuch bag‘ishlaydi. Ishonchim komil, “Gulpamba” asari o‘z vaqtida kechikmagan holda sizning qo‘lingizga yetib boradi va kutgan umidlaringizga arzib ishonchingizni oqlaydi.

Hurmat bilan,
Janob Muhojir
2024-yilga qanday gap qoldirgan bo’lardingiz?
07. Agar Dunyo - Shahriyor (Album 7)
Shahriyor
Ona sog’inchingda kuylab, yig’layman…
Aslida adashmadim bu yo’lni tanlab,
O’zimni qismatim o’zimga dalda,
Shunchaki yuribman onamni aldab,
Yigirmadan keyin yashaganim yo’q…

Olinti…
Qo’llaring qo’limga tegib tursa, dunyoning qolgan qismi bilan kurashsam ham yengilmasam kerak, deb o’ylayman. Chunki, sen mening dunyoga ishongan tarafimsan…

@MuhojirRuh
Yonayotganda sen bilan birga yongandirmiz, balki. Lekin, kulga aylanar ekanman, yoppa-yolg’iz edim.

“GulPamba”
Ba’zan sen sevgi deb o’ylagan narsa, qarshingdagi uchun zulm bo’lishi ham mukin…

J. Muhojir
ONA
Tohir mahkamov ONA 2014
Ona, hechkim bosolmadi o’rningizni…
Bugun Toshkentdan qaytayotgandim, uchoqda yonimdagilar suhbatiga qulog’im tushdi, (to’g’rirog’i ovozi airpodsmni ham teshib o’tib kirdi qulog’imga) ayol erini yonida o’tirish uchun joyini almashtirgan ekan, lekin biroz o’tirgach, ochiqchasiga “Dadasi, birinchi martta safar qilyabman, oyna yonida o’tirish imkoniyatidan siz uchun voz kechoomayaman” deb, o’rnidan turib boshqa erkaklar o’tirgan joyga, oyna oldiga o’tirib oldi…

Qanday insonlar boraa…
Baxtdan ko'ra ko'proq dardlar insonni tushunchali va pok qalbli kishiga aylantiradi...

@MuhojirRuh
Ba'zan, o'zingni oqlash yoki o'zingni bayon qilishdan (anglatishdan) ko'ra noto'g'ri tushunishlarini afzal ko'rasan kishi...
"Sevgililaringizga qalbingizda bor hamma narsani his qildiring. Ertaga nima bo'lishini bilmaymiz, balki, ertaga o'sha kishi bo'lmasligi mumkin. Kim bilsin, ertaga narsaning o'zi yo'q bo'lar, balki. Unutmang, hayot kechikishni hech qachon kechirmaydi..."
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Orzular og'ushida edim, hayollar surardim, tinmay. Ajoyib tarafi esa, bu orzular kelajakka doir emasdi. Bo'lib o'tgan narsalar boshqacha bo'lishidan umidvor edim. O'tmishni va o'tmishdagi yaralarning ustini konfet qog'ozlari bilan o'rayotgandek edim go'yo..."

J. Muhojir "GulPamba"
O'lguncha baxtsiz qolmasligimga amin bo'ldim. Chunki, baxtli bo'lish kabi baxtsiz bo'lishni ham bajara olmayotganimni bilib qoldim...

"GulPamba"
Ba'zan hayo, ba'zan esa ichimdagi mag'lublik xissi kalimalarimni yutishimga sabab bo'layotir. Hullasi kalom, senga aytar xech bir gapim qolmadi...
Bahor valsi | Бахор валси
Negadir bu yil shu musiqani xechqaysi kanal joylamayaptiya...
2025/03/01 05:48:56
Back to Top
HTML Embed Code: