Telegram Group Search
Hilton mehmonxonasida brilliantlar, ularning haqiqiyligi va investitsion jozibadorligini baholashga bag‘ishlangan oylik Fonon mahorat darslari seriyasi boshlandi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2025/02/03/fonon/
O‘zbekistonda 2024-yilda “103” xizmatiga 2713 ta yolg‘on chaqiriq kelib tushdi. Eng ko‘p yolg‘on chaqiriq Samarqand, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida kuzatilgan. Bunday chaqiriqlar o‘tgan yilga nisbatan 792 taga kamaygan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/02/03/fake-call/

Telegram | Instagram | YouTube
Prezident tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekistonga 2025-yilning ilk oyida 3 mlrd dollar xorijiy investitsiya kelgani ma’lum qilindi. Fevralda ham shuncha sarmoya jalb qilish, 623 ta loyihani ishga tushirish ko‘zda tutilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/02/03/investment/

Telegram | Instagram | YouTube
Andijonda er-xotin 13 yoshli qo‘shni qizga nisbatan shahvoniy shilqimlikda ayblanib, sud tomonidan 5 sutka qamoq va jarima jazosiga tortilgandi. Sud qarori yuzasidan apellyatsiya shikoyati esa qanoatlantirilmagan. Viloyat prokuraturasi mazkur sud hujjatlarini o‘rganishni boshladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/02/03/prokuratura/

Telegram | Instagram | YouTube
Prezident armiyaning jangovar salohiyatini va shaxsiy tarkibning ma’naviy-ruhiy holatini har tomonlama mustahkamlash, qurol-yarog‘ va harbiy texnikani modernizatsiya qilish muhimligini aytdi. U mudofaa sanoati korxonalarini rivojlantirish borasidagi ishlarni davom ettirish zarurligini ta’kidladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/02/03/defence/

Telegram | Instagram | YouTube
Prezidentga yirik transport infratuzilmasi loyihalarining borishi bo‘yicha axborot berildi. Toshkent-Andijon pulli avtoyo‘li YAIMni 2,6% oshirib, YTHlarni 40% ga kamaytirishi mumkin. Davlat rahbari yuklamasi ko‘p boshqa yo‘llarda ham muqobil magistrallar qurish, qulaylik va xavfsizlikni kuchaytirishni buyurdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/02/03/transport-projects/

Telegram | Instagram | YouTube
Donald Tramp Meksika “noqonuniy giyohvand moddalar, xususan, fentanil oqimini to‘xtatish uchun 10 ming nafar Milliy gvardiya a’zosi bilan shimoliy chegarasini mustahkamlashga rozi bo‘lganidan keyin” Meksikaga yangi tarif joriy etishni bir oyga to‘xtatdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/02/03/us-mexico/

Telegram | Instagram | YouTube
O‘zbekistonda ayrim ulgurji iste’molchilar uchun gaz ta’minotiga cheklovlar joriy etildi, deb xabar qildi “Hududgazta’minot”. Sabab sifatida allaqachon bartaraf etilgan avariya tufayli magistral gaz quvurlarida bosimning pasaygani keltirildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/02/03/gas/

Telegram | Instagram | YouTube
O‘zbekistonda ayrim bojxona yig‘imlari stavkalari JST talablariga muvofiqlashtirish doirasida pasaytirildi. Bojxona qo‘mitasining ma’lum qilishicha, yangi stavkalar tadbirkorlarga 700 mlrd so‘mni tejash imkonini beradi. Shu bilan birga, xalqaro kurerlik jo‘natmalari uchun yig‘im joriy etiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/02/03/customs-duties/

Telegram | Instagram | YouTube
3-fevral kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

💻 1-martdan davlat organlari veb-saytlari faqatgina yagona platformada yuritiladi. Asosiy qoidalar.

🏢 Franklin Templeton O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi aktivlarini boshqaradi.

💰 O‘zbekistonda 2024-yilda kambag‘allik darajasi 8,9 foizga qisqardi.

♻️ O‘zbekistonda chiqindilar umumiy hajmining 10 foizdan ortig‘i plastik, ularni to‘liq qayta ishlash uchun quvvat yetarli emas — Ekologiya vazirligi.

🏷 O‘zbekistonda “Halol” mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlash tartibi joriy etilmoqda.

🇺🇸 Trampning savdo urushi: Kanada va Meksika javob tariflarini e’lon qildi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2025/02/03/dayjest/

Telegram | Instagram | YouTube
Toshkent shahrida hokim yordamchisi 20 nafar fuqaroning elektron kalitini qo‘lga kiritib, ularning nomiga 427 mln so‘m kredit olgan va o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan. Shuningdek, qarindoshlari va tanishlariga qalbaki tavsiyanomalar orqali kredit ajratgan. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/02/04/hokim-yordamchisi/

Telegram | Instagram | YouTube
O‘zbekistonda Hyundai brendi rasmiy distribyutori Astana Motors kompaniyalari guruhiga kiruvchi Hyundai Auto Asia olti yilligini nishonladi va Hyundai Tucson krossoverining yangilangan versiyasini taqdim etdi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2025/02/04/hyundai/
Toshkent shahridagi Riviera savdo majmuasida farrosh ayol lift shaxtasini tozalayotgan vaqtda uskuna harakatlanishni boshlagan. Oqibatda xodim lift toshlari qisib qolishi oqibatida halok bo‘lgan. Ekspertiza tayinlandi, tekshiruv boshlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/02/04/incident/

Telegram | Instagram | YouTube
O‘zmilliybank Tasviriy san’at galereyasida rassom Diyor Raziqovning “Mexanizm” nomli keng ko‘lamli shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi. “Gazeta.uz” sharhlovchisi Dmitriy Povarov masterning retrospektiv ko‘rgazmasiga tashrif buyuruvchilarni jalb qiladigan ijodiy “tishli g‘ildirak”lar haqida fikr yuritdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/02/04/exhibition/

Telegram | Instagram | YouTube
Yangiyo‘l tumanida ikki fuqaro 4 tup shumtol daraxtini noqonuniy ravishda kesib tashladi. Ular bu orqali tabiatga 412 mln so‘m zarar yetkazgani aniqlandi. Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar prokuraturaga yuborildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/02/04/tree/

Telegram | Instagram | YouTube
O‘zbekistonda fevral oyida ob-havo qanday bo‘ladi?

Prognozlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025-yilning fevral oyi yog‘ingarchilik bo‘yicha quruqroq, harorat rejimi bo‘yicha esa mamlakatning katta qismida me’yor atrofida o‘tadi.

Iqlimshunos Erkin Abdulahatov “Gazeta.uz” uchun yilning ikkinchi oyi ob-havosi bo‘yicha videoli va matnli sharh tayyorladi.

Video shaklida: https://youtu.be/XTCRDluj034

Matn shaklida: https://www.gazeta.uz/oz/2025/02/04/weather/

Telegram | Instagram | YouTube
Qarshi shahrida drift qilishga uringan 19 yoshli Nexia haydovchisi yo‘l chetidagi daraxtga urildi. Zarba kuchliligi oqibatida mashinada boʻlgan uning ikki doʻsti vafot etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/02/04/yth/

Telegram | Instagram | YouTube
Alisher Xidirov Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar etib tayinlandi. U bunga qadar “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” kompaniyasida ishlagan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/02/04/alisher-xidirov/

Telegram | Instagram | YouTube
O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlarining iste’mol normalari har 3 yilda qayta ko‘rib chiqilishi belgilanmoqda. Qishloq xo‘jaligi vazirligi oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/02/04/oziq-ovqat/

Telegram | Instagram | YouTube
Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo Tramp bilan bojlar joriy etilishini kechiktirishga kelishib oldi. Bunda Kanada chegarani mustahkamlashda 10 mingga yaqin odamni safarbar qiladi, fentanil moddasi oqimini to‘xtatish uchun resurslarni ko‘paytiradi. Bir kun avval Meksika ham bojlarni kechiktirishga kelishib olgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/02/04/us-canada/

Telegram | Instagram | YouTube
2025/02/04 07:58:58
Back to Top
HTML Embed Code: