Telegram Group Search
#Turon_yoʻlbarslari
#Sirdaryo_viloyati

🤩 “Тurоn yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasining hududiy bosqichi jarayonlaridan suratlar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yodingizda bo‘lsa kerak, davlatimiz rahbari 1-oktabr “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan uchrashuvda xalqaro fan olimpiadalari g‘olib va sovrindorlarini rag‘batlantirish tizimini yangi bosqichga ko‘tarish, xalqaro darajadagi olimpiadalarga tayyorlash markazi tashkil etish vazifasini oldimizga qo‘ygan edi.

Topshiriqdan keyin shu vaqtgacha ancha tashkiliy ishlar qilindi. Bugun Fan olimpiadalari markazida bo‘lib xalqaro olimpiadalarga tayyorgarlik jarayonlari va iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdim.

Markaz jamoasining kelgusidagi rejalari haqida ma’lumot oldik, o‘quvchilarimizning tayyorgarlik jarayonlarini kuchaytirish, qurilish-ta’mirlash ishlarini sifatli yakunlash masalalarini muhokama qildik.

Joriy o‘quv yilida xalqaro fan olimpiadalari va musobaqalarda yutuqlarimiz ko‘p bo‘ldi, yoshlarimiz erishgan natijalar barchamizni faxrlantirdi. Endigi vazifa yutuqlar soni va salmog‘ini yanada oshirish, o‘quvchilarimiz bilan tizimli ishlash, muammolarni vaqtida hal etib, sharoitlarni yaxshilashdir.

Biz o‘quvchilarimiz uchun munosib sharoit yaratsak kelgusi yillarda natijalar, yutuqlar yanada ko‘payishiga ishonaman. Kashf etilmagan iqtidor, oltin boshlarimiz hali juda ko‘p.

@hilola_umarova
#Turon_yoʻlbarslari
#Sirdaryo_viloyati

🤩 Agentlik tizimidagi Prezident, ijod, sport hamda ixtisoslashtirilgan maktablari o’quvсhilаrining “Vatan tayanchi” a’zolari o‘rtasida “Тurоn yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasining Sirdaryo viloyatida bo’lib o’tgan hududiy bosqichi yakunlandi.

⚡️Yakuniy natijalarga ko’ra:

🥇
Guliston tuman ixtisoslashtirilgan maktabining “Milliy gvardiya izdoshlari” jamoasi 1-o’rin;

🥈Guliston shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabining “Jasorat” jamoasi 2-o’rin;

🥉Sayxunobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabining “Qaldirg’ochlar” jamoasi 3-o’rin.

🏆 Musobaqa so’ngida gʻolib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#oy_sarhisobi
#yanvar_2025

⚡️2025-YIL YANVAR OYIDA AGENTLIK HAYOTIDAGI MUHIM VOQEA-HODISALAR DAYJESTI

Ixtisoslik fanlari, yangi baholash mezonlari, tahlil va tavsiyalar, STEM va ingliz tili fanlari, san’at fanini STEAM ta’limida qoʻllash, kasbiy rivojlanish boʻyicha seminar-treninglar oʻtkazildi.

Agentlik huzuridagi Fan olimpiadalari markaziga murojaat va takliflar uchun telegram-bot ishga tushirildi.

Chet ellik turklar va qarindosh jamiyatlar yetakchiligi (YTB) bilan hamkorlikda onlayn muloqot boʻlib oʻtdi.

Tizimdagi kadrlar menejerlari oʻzaro tajriba almashdi.

Nurafshon, Andijon shahridagi Prezident maktabi, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi, Abu Ali ibn Sino, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar, Uychi, Uchqoʻrgʻon tumanlari ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari IELTS imtihonidan 8 ballni qoʻlga kiritdi.

Agentlik rahbariyati va Rossiya federatsiyasining Letovo xalqaro maktabi delegatsiyasi oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Tizimdagi taʼlim muassasalarida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni tantanali nishonlandi.

Oʻquvchilarimiz Shayx Zoid Ol Nahayon nomidagi nufuzli mukofotning "Global o‘rta maktablar" nominatsiyasida g‘olib deb topildi.

Koreya Respublikasining Jeollanam-do Taʼlim boshqarmasi delegatsiyasi tashrif buyurdi.

AQShning mamlakatimizdagi elchixonasi RELO (Regional English Language Office) boʻlimi bilan hamkorlikda seminar-trening oʻtkazildi.

Andijon, Fargʻona shahridagi Prezident maktablari, Chortoq tuman, Baxmal tuman hamda Guliston shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktablarida Farmatsevtika texnik universiteti vakillari bilan uchrashuv bo’lib oʻtdi.

Sportchi-oʻquvchilarimiz qishki oʻquv-mashgʻulot yigʻinida ishtirok etdi.

"Robo-Coding" olimpiadasining hududiy bosqichi boʻlib oʻtdi.

21-xalqaro Jautikov olimpiadasi gʻoliblari tantanali kutib olindi

Kembrij sinflari uchun saralash imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

Oʻquvchilarimiz AQSHning Wingate, Gettysburg College, Xitoyning Duke Kunshan oliygohlarining toʻliq grantlarini qoʻlga kiritdi.

Nukus shahridagi Prezident maktabi "Yashil bayroq" mukofotini qo‘lga kiritdi.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

“Young climate champions“ loyihasi doirasida eko-forum oʻtkazildi.

"Yangi Oʻzbekiston" universiteti va Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi oʻrtasida muhandislik dasturlari yoʻnalishida hamkorlik yoʻlga qoʻyildi.

Oʻquvchilarimiz Narpay tuman hokimi bilan uchrashdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/02/02 04:18:01
Back to Top
HTML Embed Code: