Telegram Group & Telegram Channel
O‘zbekiston-Malayziya: Hamkorlikning yangi yo'nalishlari belgilab olindi

🟢Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligi mas’ullari hamda Malayziyaning Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining bosh kotibi o‘rinbosari Ruziya binti Xaji Shafey xonim boshchiligidagi delegatsiya vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

💬Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, muloqot davomida delegatsiya vakillari O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganish va ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash hamda Malayziya va O‘zbekiston o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni o‘rnatish maqsadi borligini, bu borada amaliy ishlar olib borayotganligini ma’lum qildi.

💬Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi strategiyasi va oziq-ovqat xavfsizligi tashabbuslarini ko‘rib chiqish, suvni boshqarish, ekinlarning xilma-xilligi va qishloq hududlarini rivojlantirish kabi asosiy muammolar yuzasidan muhokamalar olib borildi.

🔘Muloqot davomida O‘zbekistonda yuqori qiymatli ekinlarga Malayziyaning dron texnologiyasini joriy qilish uchun pilot loyihalarni ishlab chiqish hamda texnologiyalarni joriy qilish va bilimlarni almashish bo‘yicha kelajakdagi loyihalar uchun yo‘l xaritasini tuzish borasida ham fikrlar tinglandi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida ipakchilik sohasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, bunda aynan shu yo‘nalishdagi olimlar jamoasini o‘zaro tajriba almashish uchun ikki davlatga ham tashriflarini yo‘lga qo‘yish kerakligi aytib o‘tildi.

👀Bundan tashqari, O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi texnologiya almashinuvi bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni o‘rnatish hamda aniq yo‘l xarita ishlab chiqish, innovatsion texnologiyalarni O‘zbekistonda sinovdan o‘tkazish va bozorni kengaytirish uchun amaliy loyihalar va strategiyalarni ishlab chiqish borasida kelgusida qilinadigan aniq rejalar belgilab olindi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM

group-telegram.com/uzagroministry/31541
Create:
Last Update:

BY QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI

Share with your friend now:
group-telegram.com/uzagroministry/31541

View MORE
Open in Telegram

Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

So, uh, whenever I hear about Telegram, it’s always in relation to something bad. What gives? As the war in Ukraine rages, the messaging app Telegram has emerged as the go-to place for unfiltered live war updates for both Ukrainian refugees and increasingly isolated Russians alike. Perpetrators of these scams will create a public group on Telegram to promote these investment packages that are usually accompanied by fake testimonies and sometimes advertised as being Shariah-compliant. Interested investors will be asked to directly message the representatives to begin investing in the various investment packages offered. Soloviev also promoted the channel in a post he shared on his own Telegram, which has 580,000 followers. The post recommended his viewers subscribe to "War on Fakes" in a time of fake news. 'Wild West'
from ca

Telegram QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
FROM American