Telegram Group & Telegram Channel
Tizimdagi sustkashlik kelgusida muammolar ko’lamining ortishiga asos bo’ladi

Qashqadaryo viloyatida bo‘lib turgan qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov navbatdagi tashrif lokatsiyasi bo‘yicha Nishon tumani "Oydin" paxtani qabul qilish maskanida bo‘ldi.

🏠Ushbu maskanda keng dala maydonlarida yetishtirilib, hosili terib olingan paxtalar vaqtinchalik saqlash uchun jamlanadi. Aytish mumkin, mazkur majmuada joriy yilgi paxta hosilini qabul qilish uchun yetarlicha imkoniyatlar va ishchi kuchi mavjud.

🏪Umumiy jarayon ijobiy kechayotgan bo‘lsa-da, biroq, mas’ullarning "Agroplatforma.uz" tizimi bilan ishlash, jamlanayotgan paxtaning mavjud qiymatini aks ettirish va uni platformaga joylash ishlarida quvonarli natijadorlik ko‘rinmaydi. Saqlash maskaniga olib kelingan paxtaning umumiy og‘irligi bilan elektron platformada ko‘rsatilgan raqamlar o‘rtasida shubhali ko‘rsatgichlar mavjudligiga guvoh bo‘lish mumkin.

🇺🇿Vazir jarayonni ko‘zdan kechirar ekan, xodimlarga o‘z vaqtida tushuntirish ishlari olib borilmaganini keskin tanqid qildi. Shuningdek, har bir topshirilayotgan paxtani tarozida aniq o‘lchash va kilogrammlarni shaffof holatda platformalarda aks ettirish lozimligimi ta’kidlab o‘tdi. Qolaversa "Agroplatforma.uz" tizimi bilan sinxronlashtirilgan holda ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida ishni tashkil qilish borasida o‘zining ko‘rsatmalarini bildirdi.

📌Afsuski, faoliyatga oid ushbu kamchilik va tajribasizlikni ayni tumandagi "Mirishkor ratex tekstil" MChJ ga qarashli paxta qabul qilish maskani mas’ullarida ham ko‘rish mumkin. Bunda tarozibonlarda elektron tizim bilan ishlash ko‘nikmasining mavjud emasligi bir masala bo‘lsa, muhim hisobotga doir raqamlar hali-hanuz qog‘oz jurnallarga qayd etilayotgani muammo ko‘lamining naqadar keng ekanligini ko‘rsatadi.

🔗Vazir, xodimlarda malaka yetishmovchiligi, kim qanday yo‘nalishda faoliyat yuritishini bilmasligi, mas’ul javobgarning loqaydligi, ishni to‘g‘ri va shaffof tarzda olib borilmaganligi, shuningdek, mutaxassislarda hozirga qadar elektron platforma bilan ishlashda nazariy va amaliy ko‘nikmaning mutlaqo mavjud emasligini keskin tanqid ostiga oldi.

❗️Aniqki, puxta va samarali yondashuv orqali paxta dalalarimizdagi hosilning aniq ko‘rsatgichlarini aniqlash, qishloq xo‘jaligida amalga oshiriladigan keyingi qadamlarni belgilagan holda, tizimlashtirilgan ish rejalarga ega bo‘lish mumkin. Buning uchun, albatta, jarayonlarning barchasi raqamli tarzda, elektron hisob-kitoblar orqali joriy etilishi zarur.

💭Mas’ullar bilan suhbat chog‘ida, vazir yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish va har bir jarayon ustidan tajribaga asoslangan nazorat tizimini o‘rnatish, qolaversa faoliyatda shaffoflikni ta’minlash, shu bilan birga mutaxassislarning bilim ko‘nikmasini oshirish zarurligini ta’kidlab, bu bo‘yicha o‘zining tegishli ko‘rsatmalarini bildirib o‘tdi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM

group-telegram.com/Ibrokhim_Abdurakhmonov/2829
Create:
Last Update:

BY Ibrohim Abdurahmonov

Share with your friend now:
group-telegram.com/Ibrokhim_Abdurakhmonov/2829

View MORE
Open in Telegram

Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

After fleeing Russia, the brothers founded Telegram as a way to communicate outside the Kremlin's orbit. They now run it from Dubai, and Pavel Durov says it has more than 500 million monthly active users. Such instructions could actually endanger people — citizens receive air strike warnings via smartphone alerts. 'Wild West' Some people used the platform to organize ahead of the storming of the U.S. Capitol in January 2021, and last month Senator Mark Warner sent a letter to Durov urging him to curb Russian information operations on Telegram. Russians and Ukrainians are both prolific users of Telegram. They rely on the app for channels that act as newsfeeds, group chats (both public and private), and one-to-one communication. Since the Russian invasion of Ukraine, Telegram has remained an important lifeline for both Russians and Ukrainians, as a way of staying aware of the latest news and keeping in touch with loved ones.
from cn

Telegram Ibrohim Abdurahmonov
FROM American