Telegram Group Search
Channel created
Qo’lingizdan keladigan foydali ish

🏃‍♀️ Sog’lom turmush tarziga erishish hamda baxtli hayot kechirish uchun quyidagi odatlarni kun tartibingizga kiriting. Afsuslanmaysiz!

🔮 Doim bir xil vaqtda uxlang va bir xil vaqtda uyg’oning
🔮 Nonushta, tushlik, kechki ovqatni iloji boricha bir xil vaqtda qilganingiz ma’qul
🔮 Bir sutkada 8 soatdan ko’p uxlamang
🔮 Yotishdan oldin piyoda yurish va toza havodan bahramand bo’lish foydalidir
🔮 Kun davomida 1.5 litr suv iching
🔮 Kompyuterdan keragidan ortiq foydalanmang
🔮 Yotishdan oldin bir stakan qatiq iching
🔮 Har kuni meva- sabzavotlar tanovul qiling
🔮 Tashqi ko’rinishingizga e’tibor bering
🔮 Saharda yuguring yoki piyoda yuring
🔮 Sport bilan shug’ullaning
🔮 Tabassum qiling
🔮 Har kuni 5 ta yangi so’z o’rganing
🔮 Har kuni uyingizni tartibga soling, keraksiz narsalardan voz keching
🔮 Ertalabki badantarbiyani kanda qilmang
🔮 Bugungi kuningiz kechagidan farq qilsin
har kuni 15 sahifa kitob o’qing
🔮 O’zingizda sabr-qanoat fazilatlarini shakllantiring
🔮 Insonlarga chiroyli muomalada bo’ling faqat yaxshi niyat qiling (niyatga ko’p narsa bog’liq)
💁‍♀️ Xo’sh, betakrorlarim qila olamizmi?

➡️ Har daqiqangiz menga baxshida!

”Oy Nuri” ayol-qizlar ijodiy klubi 💟
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Har oningiz baxtdir

🤷‍♀️ Qachon toleyim kularkin? Bu savol barchamizga bo’lishi tabiiy.

🧠 Bu savol shu darajada miyyamizga o’rnashib qolganki, o’zimizni ovutishga tushamiz: “Turmush qurib olay, baxt qushi boshimga qo’nadi”, “Yangi mashina olsam, o’zimni xotirjam his qilaman”, “Ta’tilga chiqib dam olsam, hammasi yaxshi bo’ladi…”

👣 Bunday fikrga ega bo’lishga asosiy sabab, baxt sari aniq yo’lning mavjud bo’lmasligidir.
Eng yaxshisi hozirgi onlarni qadriga yetish.

📖
Donishmandlardan biri aytadi: “Haqiqiy hayot kechirish yo’lini izladim. Lekin har safar yo’limda to’siqlar, avval erishilishi lozim bo’lgan maqsadlar, chala qolib ketgan ishlar, to’lanishi kerak bo’lgan qarzlarim bo’lardi. Keyin hayot davom etardi. Men anglab yetdimki, aynan mana shular mening hayotim ekan. ”

Vaqt hech kimni hech qachon kutib tura olmaydi.

🧍‍♀️ Katta bo’lsam;
👩‍🎓 Maktabni bitirsam;
🧑‍💼 Ishga kirsam;
👩‍🍼 Farzandli bo’lsam;
🏞 Yoz kelsa;
🌄 Yil o’tsa;
🏠 Uyimni ta’mirlab olsam;
🧔‍♂️ Nafaqaga chiqsam;
👨‍🦽 Kasallikdan qutilsam….

Bilasizmi, bu ro’yxatni qancha davom ettirish mumkin?

Yaxshisi, kelgusi onlarni kutmasdan, nafas olib turganimiz ayni damlarni baxtli o’tkazaylik!

➡️ Har daqiqangiz menga baxshida!

”Oy Nuri” ayol-qizlar ijodiy klubi 💟
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌 Hammasini hozirdan boshlang!

Ayni dam yaxshilik, yorug’lik va muhabbat ulashishning sehrli damlaridir. O’z hayotingizni aynan hozir o’zgarishtirish imkoniyati sizda mavjud.

🔮 Poklanish va yangilanish vaqti keldi. Hayotingizni sarhisob qiling va hayotingizda nimani o’zgartirmoqchi ekanligingizni o’ylab ko’ring. Sizga kerak bo’lmagan narsani saqlab o’tirmay, tashlab yuboring.

🛍 Shu bilan o’zingizga yangi narsa uchun joy ajratasiz. Hadya ulashish va qabul qilish zavqli jarayon.

➡️ Har daqiqangiz menga baxshida!

”Oy Nuri” ayol-qizlar ijodiy klubi 💟
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📝 Unutmang! Ayni hozirgi daqiqalardan boshlab tilaklaringiz ro’yxatini tuzing.

⚜️
Hayot so’ragan narsangizni ijobat qiladi. Istaklaringizni hozirgi zamonda va buyruq shaklida yozing.

👫 “Men sevadigan va meni sevadigan odam bilan tanishaman”
🚗 “Men yangi mashina sotib olaman”
👨‍💼 “Men yangi biznes ochaman”
Istaklaringizni aniq va qisqa ravishda to’ldiring, oxirida natijasini yozing.

👣 Uni amalga oshirish uchun yo’l izlash shart emas. Istaklaringizni faqat o’zingiz uchun, boshqalarning maqsadini qo’shmasdan buyurtma qiling.

💭 O’z istaklaringiz haqida ko’proq o’ylang va ovoz chiqarib ayting.

🪐 Koinot uni amalga oshirishi uchun nimani orzu qilayotganingizni rasmlarda ko’rsating. Rasmlarni ko’rinadigan joyda saqlang.

📋 Postni o’qib bo’ldingizmi? Unda ishni nimadan boshlashni eslatishga hojat yo’q!

➡️ Har daqiqangiz menga baxshida!

”Oy Nuri” ayol-qizlar ijodiy klubi 💟
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Doimo takrorlab yurishingiz shart!

🚪 Yangi imkoniyatlar eshigi men uchun ochiq.
♻️ Men o’zgarishlarga tayyorman.
🧍‍♀️ Men o’zimni muhokama qilayotganim va aybdorlik hissini sezayotganim uchun kechiraman.
Aynan shu daqiqadan boshlab hayotimning yangi davrini boshlayman.
👣 Asta-sekinlik bilan, qadamma-qadam salomatlik va xushqomatlik sari boryapman.
🧑‍🦽 Ortiqcha vaznlar va kasalliklar meni tark etadi.
💃 Menda sog’lom va xushqomat bo’lishdek aniq maqsad bor.
💪 Menda bu maqsadga muvaffaqiyatli erishish uchun qobiliyat va kuch-quvvat yetarli.

➡️ Har daqiqangiz menga baxshida!

”Oy Nuri” ayol-qizlar ijodiy klubi 💟
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ismim Mohi Nur! 💛

🟢Ayni paytda ushbu postni o'qiyapsizmi? Unda sizni hayotingizga kira oldim! Sizni tabriklayman ❣️

🧬Siz istagan hayot xaritasini birga yaratamiz, faqat menga imkoniyat va ijodga oshno qalbingizni bering!

🔥 Men shunchaki osmondan tushib qolmaganman!

➡️”Oy Nuri” ayol va qizlar ijodiy klubi asoschisi
➡️ Oliy toifadagi jurnalist, axborot xizmati rahbariman
➡️ Ijodkor, 6 ta she'riy to'plam muallifiman
➡️Bir qancha ko'rsatuvlar muharriri
➡️ Shunchaki o'zim bosib o'tayotgan yo'llar misolida sizga motivatsiya bera olaman
➡️ Ijodingizni yanada yuksaltirish va uni xalqaro hamda milliy OAVlarda yoritish imkoniyatini taqdim qilaman

➡️ Har daqiqangiz menga baxshida!

”Oy Nuri” ayol-qizlar ijodiy klubi 💟
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💟

Seni sevging baxt emas asli,
Shirin jonga urilgan xanjar.
Tugadimi yoki ishq fasli,
Nigohlaring nayzasin sanchar.


✏️Mohi Nur

➡️ Har daqiqangiz menga baxshida!

”Oy Nuri” ayol-qizlar ijodiy klubi 💟
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ko‘ksimda toabad yashirgum,
Sen menga berilgan omonat.
Bir kuni men seni topshirgum,
Egamga qilmayin xiyonat.

Mohi Nur

”Oy Nuri” ayol-qizlar ijodiy klubi 💟
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/27 22:22:25
Back to Top
HTML Embed Code: