group-telegram.com/nafisaomon/233
Last Update:
Sovuq.
Sendan tashqarida.
Faqat sen issiqsan.
Sen shunchalar issiqsan.
Sovuq urib o’lmaslik uchun.
Men qishdan chiqarasan sog’.
Men bunga aminman. Hamda ko’nglim to’q.
Men sendan ko’nglim to’q ammo.
İshonmayman senga ishonganchalik o’zimga.
Chunki…
Erta indin yoz kelib qolsa.
Sen oÄźirlik qila boshlaysan,
Issiqdan terlagan yelkalarimga…
Afsus titrab senga yopishgan qo’lim,
Qimtinib pinjingga kirgan bor bo’yim,
Seni barmoq uchida ushlab,
Malol kelib yana, oÄźrinib,
Ilib qo’yar bo’yningga ilmoq,
Shunda ham hafsala bo’lsa
Bo’lmasa, yechar-u unutar,
Eslamas zarra,
Sen o’zing qaxatta, qorda, sovuqda,
Ichingda asragan, asrgan odam.
Yechar-u kechadi.
Chiqadi peshvoz,
Hilviroq, rang-barang, yeeeengiltak!
Yeeeeeengil!
Shunchaki yelkaga osilgan bilan,
Kulib, yayrab, mutloq unutib seni! Yozni qarshi olar, issiq kunlarni.
Shunga kechirimni so’ray oldindan.
Men ham o’shalarday. Xabaring bo’lsin!
Men ham unutaman balkida takror,
Sovuq tushgunicha boshimga qayta.
Shunga, sen bilasan, buncha o’ralma,
Unchalik ayama, baringni qo’yvor.
BY Nafisa Mirzayeva🌹
Share with your friend now:
group-telegram.com/nafisaomon/233