Telegram Group Search
#teatr_ibratxonadir
#hududiy_bosqich

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘rtasida "Teatr – ibratxonadir" shiori ostida o‘tkazilayotgan tanlovning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi yakunlandi.

Hududiy bosqichda Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasida joylashgan maktablarining teatr jamoalari oʻzaro bellashdi.

Yakuniy natijalarga koʻra, Chimboy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining "Shimbay jaslari" teatr jamoasi "Boʻlmagan bolalik chogʻi" spektakli bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

QASHQADARYO AXBOROTI | Qarshi shahridagi Prezident maktabida "STEM +" musobaqasi o‘tkazildi
#qashqadaryoMTRK

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#eco_fest
#atrof_muhitni_asrash_va_yashil_iqtisodiyot_yili

🤩 Andijon shahridagi Prezident maktabida “Eco-fest” kreativ loyiha taqdimoti o‘tkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#IELTS_result

🤩Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf oʻquvchisi Ibrohim Poʻlatov IELTS imtihonidan 8 ballni qoʻlga kiritdi.

Oʻquvchimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Hurmatli maktabgacha va maktab ta’limi tizimida mehnat qilayotgan ayol-qizlarimiz,
aziz ustozlar!


Sizlarni bahor ayyomi — “8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami bilan samimiy qutlayman.

Bugungi kunda yurtimizda ayol-qizlarimiz uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Har bir sohada ularning o‘z maqsadi tomon dadil ildamlayotganini ko‘rish esa insonga behad quvonch bag’ishlaydi.

Shu o’rinda, yurtimizda qizlarimizning ilm olishi uchun ham alohida e'tibor qaratilayotganini ta’kidlash joiz. Shubhasiz, qiz bolaga ta’lim berish butun millatga ta‘lim berish demakdir.

Fursatdan foydalanib, barchangizni go‘zallik bayrami — 8-mart bilan yana bir bor samimiy tabriklayman. Sihat-salomatlik, baxt-u saodat, xonadoningizga fayz-u baraka yor bo‘lishini tilayman.

Zafar va muvaffaqiyatlar yo‘lingizda hamisha hamroh bo‘lsin!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri


@hilola_umarova
#tabrik

Muhtarama onaxonlar!
Munis opa-singillar!
Ilmga chanqoq, zukko o‘quvchi qizlarimiz!

Siz azizlarni bahorning ilk bayrami – 8-mart “Nafosat va go‘zallik” ayyomi bilan chin dildan tabriklaymiz. Sizlarga eng samimiy va ezgu tilaklarimizni izhor etib, baxt, mehr-muhabbat doim hamrohingiz bo‘lsin, deymiz!

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, inson hayoti va jamiyat rivojida muqaddas Ona timsoli, munis ayollarimizning beqiyos o‘rnini oddiy so‘zlar bilan ifoda etish nihoyatda mushkul vazifa.

Aziz opa-singillar!
Bilimga chanqoq o‘quvchi qizlarimiz!

Yana bir bor sizlarni bayramingiz bilan samimiy muborakbod etib, Sizlarga sog‘lik-salomatlik, baxt-u saodat, tilaymiz.

Hurmat bilan,
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan! 🌷
__

С Международным женским днём 8 марта! 🌷
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#sport_maktablari

Sport gimnastikasi. Oksana Chusovitina – jahon kubogi g‘olibiga aylandi

Bugun, 8-mart kuni Ozarboyjonda o‘tayotgan sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogining final bahslarida 49 yoshli Oksana Chusovitina shohsupaga ko‘tarildi. Sakkiz karra Olimpiada ishtirokchisi sanalmish afsonaviy sportchimizning bu g‘alabasi sharafiga O‘zbekiston davlat madhiyasi yangradi.

👉 https://kun.uz/kr/97412573

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#eʻtirof

MUNOSIB EʼTIROF VA EʼTIBOR

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining o’qituvchisi, shoira O’ktamxon Soliyeva II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan taqdirlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/03/11 00:04:30
Back to Top
HTML Embed Code: