Telegram Group Search
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Quyosh panellarini o‘rnatgan jismoniy shaxslar subsidiya olish uchun nima qilishi kerak?

SubsidiyaniSoliqmobil ilovasining  ”Keshbek bo‘limidagi “Kartaga pul o‘tkazish oynasi orqali bank kartasiga o‘tkazib olish mumkin.

🌐 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xorij_xabarlari / #yashil_energiya

Fakt 24: Xitoyda har soniyada taxminan 100 ta quyosh paneli o‘rnatilmoqda.

—————

#мировые_новости / #зеленая_энергия

Факт 24: В Китае ежесекундно устанавливается около 100 солнечных панелей.

🌐 Telegram
KORRUPSIYAGA QARSHI BIRGALUKDA!

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJda Korrupsiyaga qarshi kurashish va “komplayens-nazorat” bo‘limi rahbari O. Yaxshiyev boshchiligida jamiyat tasarrufidagi barcha tuman elektr ta’minoti korxonalari bosh muhandislari ishtirokida navbatdagi davra suhbati tashkil etildi.


Mazkur tadbirda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, korrupsiyaning oldini olish hamda jamiyatda ushbu illatga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJda Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens-nazorat bo‘limi tomonidan joriy yil boshidan boshlab reja asosida tizimda faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlar bilan profilaktik tadbirlar o‘tkazilayotgani, sohaga xos korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish, ularni barvaqt aniqlash va oldini olish, sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, shuningdek, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish borasida izchil ishlar olib borilayotgani alohida ta’kidlab o‘tildi.

Bunday davra suhbatlari tizimdagi ochiqlik, halollik va mas’uliyatni kuchaytirish, korrupsiyaga qarshi kurashda samarali mexanizmlarni joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.


✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
#infografika / #energiya_tejamkorlik#birdamjamiyat

Elektr energiyasini tejashni bolalikdan o‘rganamiz

🌐 Telegram| Instagram
#инфографика / #энергосбережение

Учимся экономить электроэнергию с детства


🌐 Telegram | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
BARQAROR ELEKTR TA’MINOTI YO‘LIDA – “SAG‘BON” PODSTANSIYASI YANGILANMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 martdagi PK-91-sonli Qaroriga muvofiq, Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan Sag‘bon podstansiyasini to‘liq rekonstruksiya qilish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Modernizatsiya jarayonida barcha eski tipdagi uskuna, jihoz va qurilmalar butunlay yangilanib, zamonaviy talablarga javob beradigan, yuqori texnologik darajadagi qurilmalar bilan almashtirilmoqda. Bu, o‘z navbatida, Olmazor tumani hamda Toshkent tumanining aholisi uchun uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlashda muhim qadam bo‘ladi.

Dastlab ikki smenada olib borilgan ishlar 2025 yil 1-iyuldan boshlab uch smenali ish tartibiga o‘tkazilgan bo‘lib, hozirgi kunda qurilish ishlari belgilangan jadval asosida izchil davom ettirilmoqda. Bu esa umumiy ish samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
#DIQQAT_ELON

MIRZO ULUG'BEK TUMANINING AYRIM HUDUDLARIDA ELEKTR TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI

Joriy yilning, 4 - iyul
kuni Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tumanining ayrim hududlarida elektr energiyasida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.

Mirzo Ulug'bek tumanning ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi 110/35/6 kV kuchlanishli «Botanicheskaya» podstansiyasida modernizatsiya dasturi doirasida maʼnan va jismonan eskirgan elektr qurilmalarini zamonaviy elektr qurilmalarga almashtirish ishlarini xavfsiz olib borish hamda yuklamani teng taqsimlash maqsadida, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli elektr ta'minotida uzilishlar kuzatiladi.

Mirzo Ulug'bek tumanining: «Oqqoʻrgʻon», «Darxon», «Mustaqillik» hamda «Mirzakalon Ismoiliy» MFYlarining ayrim hududlarida soat 00:00 dan 03:00 gacha.


O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.


✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
#DIQQAT_ELON

YUNUSOBOD TUMANINING AYRIM HUDUDLARIDA ELEKTR TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI

Bugun, 3-iyul
kuni soat 23:00 dan ertaga 4 - iyul kuni soat 06:00 gacha Toshkent shahar Yunusobod tumanining ayrim hududlarida elektr energiyasida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.

Yunusobod tumanning ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi 110/10 kV kuchlanishli «Ikarus» podstansiyasida modernizatsiya dasturi doirasida maʼnan va jismonan eskirgan elektr qurilmalarini zamonaviy elektr qurilmalarga almashtirish ishlarini xavfsiz olib borish hamda yuklamani teng taqsimlash maqsadida, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli elektr ta'minotida uzilishlar kuzatiladi.

Yunusobod tumanining: «Sohibkor», «Oqtepa», «Obod» hamda «Akademiklar» MFYlarining ayrim hududlarida.


O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xayrli_tong

🌸ASSALOMU ALAYKUM!🌸

🌟🌙GOʻZAL TONG, JUMA MUBORAK BO'LSIN !🍃🌹🍃

     ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ           
      ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄

🌐 Telegram
#OB_HAVO

 ☀️  4 -  iyul haftaning juma kuni uchun ob-havo ma'lumoti

☘️ Yangi kun barchamizga muborak bo'lsin
.

🌐 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Siyosiy ma’rifat soati

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!


Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy ma’rifat soati” haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi.

Navbatdagi o‘quvni YouTube’da tomosha qilishingiz mumkin.

🌐 Telegram
JAZIRAMA KUNLARDA YONG‘IN KELTIRIB CHIQARUVCHI OMILLARNI OLDINI OLISHGA QARATILGAN VA ENERGIYA RESURSLARIDAN OQILONA FOYDALANISH BO‘YICHA TAVSIYALAR

— Elektr uskunalarini nazoratsiz qoldirmang. Xonadan uzoq vaqtga chiqishda barcha qurilmalarni tarmoqdan uzib qo‘ying.

— Eski yoki nosoz simlardan foydalanmang. Ular yong‘in kelib chiqishi va energiya resursini ortiqcha sarflanishiga sabab bo‘ladi. Simlar izolyatsiyasi buzilgan bo‘lsa, yangisiga almashtiring.

— Bitta rozetka (pilot)ga ko‘p elektr jihozlarini ulamang. Yuklama ortishi simlarni qizitib, yong‘inga sabab bo‘lishi mumkin.

— Quritgich, dazmol, mikroto‘lqinli pech, ventilyator kabi qurilmalardan foydalanayotganda ularni nazoratsiz qoldirmang. Qizib ketgan qurilma yong‘in kelib chiqish xavfini tug‘dirishi mumkin.

— Konditsionerni 20–25°C oralig‘ida ishlating. Haddan tashqari past haroratga qo‘yish nafaqat elektr energiyasi sarfini oshiradi, balki inson sog‘ligi uchun ham zararli hisoblanadi.

— Foydalanilmayotgan qurilmalarni to‘liq tarmoqdan uzib qo‘ying. Bu ham yong‘in kelib chiqishining oldini olish va energiya sarfini kamaytirishga xizmat qiladi.

— Konditsioner filtrlarini tozalab turing. Bu ham energiya samaradorlikni oshiradi va yong‘in kelib chiqishining oldini oladi.

— O‘t o‘chirgich (ognetushitel) va signalizatsiya vositalarining soz holda ekanligini tekshirib turing. Favqulodda holatlarga tayyor bo‘lish muhim.

— Elektr qurilmalari va jihozlarini muntazam texnik ko‘rikdan o‘tkazing.

— Elektr ustunlari yoki simlar yaqinida olov yoqmang. Elektr tarmoqlariga yaqin hududlarda quruq o‘tin, qamish yoki xas-xashak yoqish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish qat’iyan man etiladi.

— Ishxona va ofislarda xodimlarga yong‘in xavfsizligi bo‘yicha muntazam o‘quvlar tashkil qiling.

— Muqobil energiya manbalari, ya’ni quyosh panellaridan foydalanish choralarini ko‘rish tavsiya etiladi.

— Avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari neft mahsulotlari to‘ldirilgan sisternalarning xavfsizligini nazorat qilish, “metan zapravkalar”da esa gaz sizib chiqish va portlash xavfini keltirib chiqaruvchi omillarga yo‘l qo‘ymaslik talab etiladi.

— Tez alanga oluvchi narsalarni elektr qurilmalari yaqinida saqlamang. Qamish, qurigan o‘t, mato va shunga o‘xshash tez yonuvchi buyumlar shamolda uchib borib uskunalarga tushishi va yong‘in keltirib chiqarishi mumkin.

— Elektr ta’minotidagi qisqa muddatli o‘chish holatlari xavfsizlik uchun qilinadi. Noqulay ob-havo sharoitlari va texnogen vaziyatlarda yuqori ko‘lamli avariyaviy hamda yong‘in chiqishi holatlarining oldini olish, elektr qurilmalari sozligini ta’minlash maqsadida ayrim havo uzatish tarmoqlari yoki transformatorlar avtomatik ravishda yoxud qo‘lda o‘chiriladi. Bu noxushlik emas, balki ehtiyot chorasidir.

— Elektr tarmoqlarida nosozliklar yoki uzilishlar yuzaga kelsa, darhol 1154 qisqa raqamiga xabar bering.

Unutmang, vaqtida ko‘rilgan ehtiyot chorasi – ko‘ngil xotirjamligi hamda xavfsizlik kafolatidir.

🌐 Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_ilova #quyoshli_xonadon

Quyoshli xonadon” subsidiyasi bank kartasiga qanday o‘tkaziladi?

Batafsil videoqo‘llanmada👆

—————

#мобильное_приложение #солнечный_дом

Как перевести субсидию «
Солнечный дом» на банковскую карту?

Подробнее — в видеоинструкции👆

🌐 Telegram
2025/07/04 13:43:08
Back to Top
HTML Embed Code: