Telegram Group Search
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlatimiz rahbari Bokuda ozarbayjonlik adabiyotshunos va shoir Akif Bagʻirov bilan uchrashdi

Kanalga ulanish: 
@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Bokuga amaliy tashrifi yakuniga yetdi, davlatimiz rahbari Toshkentga joʻnab ketdi. Haydar Aliyev nomidagi xalqaro aeroportda Prezidentimiz va rafiqasini Ozarbayjon adliya vaziri Farid Ahmedov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qoʻydi.

Kanalga ulanish: 
@uzauz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev COP-29da: “Yashil” energetikani rivojlantirish boʻyicha bitim, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash, Milliy pavilyon va ozarbayjonlik shoir bilan uchrashuv

Kanalga ulanish: 
@uzauz
Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida joylashgan “Y-Z.E.” MCHJga qarashli qurilish materiallarini ishlab chiqarish binosida hisoblagichsiz to‘g‘ridan to‘g‘ri tarmoqqa ulanib, 5 mlrd 25 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi — “Oʻzenergoinspeksiya”.

Kanalga ulanish: 
@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev kasalliklarni erta aniqlash va samarali davolashga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Kanalga ulanish: 
@uzauz
UzA | Tezkor xabarlar
Photo
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni oʻn besh oylik talab asosida xarid qilish tizimi taklif etilmoqda

Bunda kelgusi yillar uchun ehtiyojlar 1-avgustdan kechikmasdan, Davlat byudjeti parametrlari bilan bir vaqtda shakllantiriladi.

Shuningdek, Sogʻliqni saqlash vazirligi huzurida “Xaridlar markazi” va uning 13 ta hududiy filiali tashkil qilinadi. Markazga 2025-yil 1-yanvardan boshlab, original dori vositalari va yopiq turdagi laborator uskunalar uchun sarflov vositalarini bevosita ishlab chiqaruvchidan toʻgʻridan toʻgʻri xarid qilishga ruxsat beriladi.

Kanalga ulanish: 
@uzauz
UzA | Tezkor xabarlar
Photo
Donorlarni qoʻllab-quvvatlash kengaytiriladi

Jumladan, “Oʻzbekiston Respublikasi faxriy donori” koʻkrak nishoni olganlarga bir yoʻla beriladigan pul mukofoti bazaviy hisoblash miqdorini 5 baravaridan 15 baravarigacha oshiriladi. Ularga jamoat transportidan bepul foydalanish huquqi beriladi, davlat sihatgohlarida davolanish navbatsiz boʻladi.

Ushbu yangi tizim kelgusi yil 1-yanvardan joriy qilinishi belgilandi.

Kanalga ulanish: 
@uzauz
🇶🇦 Qatar 2:2 Oʻzbekiston 🇺🇿

Jahon chempionati saralashi doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi safarda Qatar bilan kuch sinashmoqda.

75, 80’ | GOL. Abbos Fayzullayev

Kanalga ulanish: 
@uzauz
#Tayinlov

Yangiyoʻl shahriga yangi hokim tayinlandi


Raimov Ravshan Isakdjanovich – Yangiyoʻl shahri hokimi etib tayinlandi.

Tayinlovga qadar u Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari vazifasida ishlab kelgan.

Kanalga ulanish: 
@uzauz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar iqlim boʻyicha harakatlarning boshida

Kanalga ulanish: 
@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya bilan uzluksiz taʼminlash, soha korxonalarida samaradorlikni oshirish masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi.

▫️Bu yil qish mavsumida isteʼmolchilarga 21 milliard kub metr gaz yetkazib berish hisob-kitob qilingan. Havo harorati keskin tushib ketsa, aholi ehtiyoji yanada oshadi.

▫️Ijtimoiy muassasalar va korxonalarni energiya bilan uzluksiz taʼminlash uchun alohida zaxira inobatga olingan. Ushbu tabiiy gazni issiqlik elektr stansiyalari, kimyo va metallurgiya korxonalari, gaz quyish shoxobchalariga manzilli yetkazish boʻyicha tizim tashkil etilgan.

▫️Prezident har bir tarmoq va uning korxonalari kesimida tannarxni kamaytirish, xarajatni maqbullashtirish va transformatsiya jarayonini tezlashtirish boʻyicha topshiriqlar berdi.

Kanalga ulanish: 
@uzauz
❗️Zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarga himoya orderi berish tartibi yoʻlga qoʻyilmoqda

“Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–996-son)ga koʻra, quyidagilar bolalarga nisbatan zoʻravonlikning shakllaridir:

▫️jismoniy zoʻravonlik;
▫️jinsiy zoʻravonlik;
▫️ruhiy zoʻravonlik;
▫️gʻamxoʻrlik koʻrsatmaslik;
▫️ekspluatatsiya qilish;
▫️taʼqib etish (bulling).

Bolalarga nisbatan zoʻravonlikning barcha shakllari taqiqlanadi hamda qonun bilan taʼqib qilinadi.

❗️Davlat bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish uchun tegishli huquqiy, maʼmuriy, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa choralarni koʻradi.

Qonunga muvofiq:

— zoʻravonlikdan jabrlanuvchilarning huquqlari belgilanmoqda;
— bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish boʻyicha yakka tartibdagi chora-tadbirlar belgilanib, jumladan, zoʻravonlikdan jabrlanganlarga himoya orderi berish tartibi yoʻlga qoʻyilmoqda.

Shunga koʻra, himoya orderi ichki ishlar organlari tomonidan beriladi va zoʻravonlikdan jabrlanuvchiga yoki uning qonuniy vakiliga vakolatli davlat organi ishtirokida topshiriladi.

Himoya orderi 30 kun muddatgacha beriladi va rasmiylashtirilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi.

Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Agentlik yordam koʻrsatish, maslahat berish mexanizmi va chora-tadbirlari toʻgʻrisida axborot olinishini, bolalarga nisbatan zoʻravonlik hollarining oldi olinishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekistonning butun hududida tun-u kun ishlaydigan ishonch telefoni ishlashini taʼminlaydi.

Ishonch telefoni orqali olingan axborotni oshkor etishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 6 oy oʻtgach kuchga kiradi.

Kanalga ulanish: 
@uzauz
2024/11/16 02:47:03
Back to Top
HTML Embed Code: