group-telegram.com/Hikmatli_dunyo_uz/5876
Last Update:
"Iydul-fitr" ramazon hayiti barchamizga muborak bo'lsin.
Alloh tutgan ro'zalarimizni va o'qigan taroveh namozlarimizni dargohida qabul etsin. Namozxonlar safi kengaydi Alhamdulillah, davomli bo'lsin masjidga bosib borgan qadamlarimizni Allohim baytidan uzmasin. Gunohlarimizni kechirsin ota-onamiz bizga yoshlikda rahm qilgandek Robbim Sen ham Ota-onalarimizga rahm qil. Jannatingdan joy ber "rayyon " eshiklaridan chaqirilishimizni nasib et. Ey Karami keng Zot tavbalarimizni qabul qil. Gunohkor bandalaring qo'llarini duoga ochib turibti, Sen bu qo'llarni no umid qaytarma. Bizdan duo umidida lahadda va betobliklari bilan to'shakda yotgan bandalar bor Sen ularga Komili shifo va savoblarini ziyodasi bilan qilib ber. Yurtimizni tinch qilgin, urishqoqlarga tavfiq bergin xidoyatdan O'zing adashtirmagin. Amiyn
Albatta Ota-onangizni, aka-ukalar, opa-singillarni va barcha yaqinlaringizni tabriklash esingizdan chiqmasin. Ha yana bir narsa bu bayramni shunday qilinggi farzandlaringiz butun umr bu bayramni kutishsin😅😊
BY ШУКУРУЛЛОҲ ДОМЛА МАЪРУЗАЛАРИ

Share with your friend now:
group-telegram.com/Hikmatli_dunyo_uz/5876