Telegram Group Search
📌Reyd tadbirlari davom etadi

👉Shahar hokimligining ishchi guruhi 9-11-aprel kunlari navbatdagi o‘rganish ishlarini Dahbed ko‘chasida olib bordi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra 100 ga yaqin “Davlat tili haqida”gi Qonun va "Reklama to'g'risida"gi Qonun talablariga mos kelmagan hamda betartib, shaharsozlik normalariga amal qilmasdan, xorijiy tilda, noqonuniy o‘rnatib olgan tashqi reklama vositalari bartaraf etildi. Bir necha bor tushuntirishmizga qaramasdan noqonuniy reklamasini bartaraf qilmagan 3 nafar tadbirkorga qonuniy chora ko‘rish uchun Raqobat boshqarmasiga xat yuborildi.

Tadbirkorlar qonun talablariga rioya etishlari to‘g‘risida ogohlantirildi.

Norbek Alqarov,
Samarqand shahar hokimining maslahatchisi.
📣TAYINLOV

🇺🇿Xamrayev Siroj Abruyevich – Pastdarg‘om tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

👨‍💼Falsafa fanlari doktori (PhD) darajasiga ega, dotsent S.Xamrayev ayni kunlarda doktorlik dissertatsiyani yoqlayotgan bo‘lib, uzoq yillar Samarqand viloyati hokimligi O‘rta maxsus kasb-hunar taʼlimi boshqarmasida hamda tibbiyot va kasb-hunar kollejlari kabi bir qator taʼlim sohasiga oid idoralarda rahbarlik sohasida faoliyat olib borgan.

Tayinlovga qadar u, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi texnikum direktori lavozimida faoliyat yuritib kelgan.


@SamTvr
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⭐️Samarqand shahridagi Vatanparvar mahallasida «Shijoat va g'ayrat» harbiy-sport musobaqasining mahalla saralash bosqichi o'tkazildi

Yoshlar orasida ommaviy va harbiy sport musobaqalarini tizimli tashkil etish orqali sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi, Davlat xavfsizligi xizmati, Mudofaa vazirligi va Sport vazirligining qo‘shma qaroriga asosan Samarqand shahrining Vatanparvar mahallasi yoshlari o‘rtasida "Shijoat va g‘ayrat" harbiy-sport musobaqasining mahalla bosqichi o‘tkazildi.

Qayd etish kerakki, musobaqalar mahalla, tuman, hududiy va respublika bosqichida 7 ta shart asosida o‘tkaziladi.

https://www.group-telegram.com/SamTvr.com
Самарқандлик қидирувдаги қарздор Фарғонадан топилди.

Мажбурий ижро бюроси Ургут тумани бўлими томонидан қарздор М.Ш. фарзандининг таъминоти учун алиментдан 37 миллион сўм қарз бўлса-да қасддан тўламай юрганлиги сабабли давлат ижрочиси томонидан қидирув эълон қилинган.

Бюронинг Самарқанд вилояти бошқармаси Қидирув шўъбаси ходимлари томонидан олиб борилган тезкор-қидирув тадбирлари давомида олинган маълумотларга асосан қарздор М.Ш. Фарғона вилоятида эканлиги аниқланган.

Қарздор Бюронинг Фарғона вилоят ходимлари билан ҳамкорликда ушланиб, Самарқандга келтирилган ва Жиноят кодексининг 122-моддаси 1-қисми билан жиноят иши қўзғатилган.

Хозирда 14 миллион сўм алимент пуллари ундирувчига ундириб берилган.

Бу каби ҳамкорликдаги тадбирлар давом этмоқда.

https://www.group-telegram.com/SamTvr.com
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
КОРРУПЦИЯ - сени ва оилангни хароб қилади !

https://www.group-telegram.com/SamTvr.com
2025/04/12 00:36:25
Back to Top
HTML Embed Code: