Telegram Group Search
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bittada beshta kitob olishi, olishga imkoni va qiziqishi borligi ham katta baxt aslida.

Said Ahmadning “Ufq” va “Jimjitlik” asarlarining aynan shu nashriga qiziqib yuribman. Juda chiroyli va sifatli chop etilgan. Sovgʻa qilmoqchi boʻlib yurganlarga “namyok”da buyam bir😁

➡️@qora_yigit
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Inson siz kabi sog‘lom hayot kechirsa, vaqt o‘tishi bilan roman yoza olmaydigan holatga kelib qolmaydimi?”

“Odamlar menga tez-tez shu savolni berib turishadi. Ularning nazdida roman yozish nosog‘lom ish; yozuvchi degan odam ham sog‘lomlik deb atalmish doiradan uzoqda, iloji boricha sog‘lom bo‘lishni o‘ylamaydigan, istamaydigan hayot kechirishga majburday go‘yo. Unday emas-ku axir…

Lekin bu fikrni toʻgʻri deb qarasak ham nosog‘lom narsalar bilan shug‘ullanish uchun inson iloji boricha sog‘lom bo‘lishi kerak emasmi? Aynan shu sababdan ham, bunday (sogʻlom hayot kechirgan) odam san’atkor bo‘la olmaydi deyishsa ham, men yugurishda davom etaman”, deydi yapon yozuvchisi Haruki Murakami “Yugurmasaydim yozolmasdim” kitobida.

Murakamining bu fikri menga juda yoqdi. Ba’zi bir yozuvchi yoki shoir boʻlaman deb chirkin hayot kechirayotganlar uchun juda qattiq zarba va goʻzal maslahat boʻlibdi nazarimda. Zero u kechirgan hayoti va yozgan asarlari bilan fikrini isbotlab beroldi ham.

Siz nima deb oʻylaysiz? Fikringizni izohlarda kutaman…

➡️@qora_yigit
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hozir hammada bir muammo bor. Hech bir ishga ulgurib bo‘lmaydi, vaqt yetmaydi. Mutaxassislar buning sababi ishlarni tartib va reja bilan qilmaslik deb baholasharkan.

Ana shu tartib, intizom va reja yordamida ko‘p narsalarga ulgurish yo‘llarini "Samaradorlikning 21 yo‘li" kitobi orqali o‘rganish mumkin ekan. Kitobni o‘qiganlar shunday deyishdi. Qani, o‘qib ko‘raylik-chi! Endi hamma gap kitobdagilarni amalda qo‘llay olishda, menimcha.

Kitobni o‘qib bo‘lgach sizlarga undagi g‘oyalar haqida batafsil gapirib berishga harakat qilaman. Oramizda kim bu kitobni o‘qigan? Vaqt bilan sizda ham muammolar bo‘lyaptimi?

➡️@qora_yigit
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Siz ushbu to‘plamdagi qaysi kitoblarni o‘qishga ulgurdingiz?
Eng yoqqani qaysi bo‘ldi?
Yoki umuman qaysi xalq dostonlarini o‘qigansiz?

Javoblaringiz menga qiziq 😥

➡️@qora_yigit
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Samaradorlikning 21 yo‘li" kitobida "Uchlik qoidasi" haqida o‘qib qoldim. Taxminan shunga o‘xshash narsalarni bilardim, hayotimda qo‘llardim ham. Ammo buning to‘liq qonun qoidasi va osonroq usuli haqida batafsil bilish yana ham ishlarimni tartiblashda yordamchi bo‘ladigandek ko‘rindi.

Qoidani tushuntiraman, haftada, kunda yoki doimiy qiladigan ishlaringiz ro‘yxatini tuzasiz. Ular aytaylik 15 yoki 20 ta chiqishi mumkin. Ular orasidan esa eng muhim bo‘lgan 3 ta doimiy ishni tanlab olasiz va fokusingizni shunga qaratasiz. Aslida ana shu 3 ta vazifa sizning foydalilik koeffitsiyentingizda kamida 90 foizni tashkil qiladi.

Ya’ni siz bajarishingiz kerak bo‘lgan(ishxonada) asosiy 3 vazifani belgilab olib shunga bor kuchingizni sarflasangiz o‘zingiz ham ko‘p charchamaysiz, ma’lum bir sohaning kuchli mutaxassisiga aylanasiz va ishxonangiz ham bundan kamida ikki barobar foyda ko‘radi. Bu juda ko‘p joyda tajribamdan o‘tgan usul.

Faqat bir lekin deydigan joyi bor. Buni aksar o‘zbek ish beruvchilari tushunmaydi. Bir odamga ko‘p vazifalarni qildirsam foyda qilaman, ko‘p odamga oylik to‘lamayman deb hisoblaydi. Ammo ishchining vazifasi qancha ko‘p bo‘lsa, samaradorligi ham shuncha past bo‘ladi.

Yuqorida aytilgan "Uchlik qoidasi"ni boshqacharoq shaklda shaxsiy hayotingizda ham qo‘llasangiz bo‘ladi. Buyog‘i sizning fantaziyangizga bog‘liq.

➡️@qora_yigit
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bu kitob haqida koʻp yozganman. Instagram uchun video ham qilgandim. Bunga ham koʻnglim toʻlmasdan batafsilroq qilib Youtube uchun ham alohida video tayyorladim.

Koʻrish uchun: https://youtu.be/a9s8JAAvv8M?si=KMAkustRNGd1i280

3 ta kitob sovgʻa qilamiz!
Videoni toʻliq koʻrib, kitob haqida paydo boʻlgan fikringizni yozib qoldiring. Izohingizni screen qilib shu post kommentiga yuboring. Oʻzimga eng yoqqan 3 ta izoh egasiga shu kitobdan beraman. Hech qanday random yoʻq.

Faqat Youtube kanalimga obuna boʻlgan, yuborgan screeningizda faqat oʻzizning izohingiz koʻringan boʻlishi kerak.


➡️@qora_yigit
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Chizilgan bitiklar
Kam gapirgan xotin yaxshidir.

📚”Vegetaryan”
Han Kang


@chizilgan_bitiklar
Shahrizodam, dahri-dun motam,
Bu ozurda jonimdan oʻtsang!
Tushlarimga kirib labingda
lablarimga may quyib ketsang..

Shahrizodam, rangu-roʻy zotan,
Nam koʻpchigan xazonlar yangligʻ.
Peshonamning sen yoziq qismi
Umri boqiy bitilmas chandiq.

Shahrizodam, kuyinchak notam,
Sakkizinchi, yo, toʻqqizinchi.
Ishq, ishq, ishq - deb chiqarar ohang,
Qani siz ham qoʻl tekkizingchi...

Shahrizodam, toʻlgʻonar, o, tan,
O, yoʻq senga tushmasin ogʻrim.
Aql...
Yurak...
Qanday yaxshi edi,
Bittasini bermasang Tangrim!


©️Muhiddin Nido

➡️@qora_yigit
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
22-fevral kuni Hiltonda “AKS” toʻplamidagi kitoblarning taqdimoti boʻlarkan. Taklifnoma uchun tashakkur!

“AKS”ning hamma kitobini oʻqib chiqqandim. Qiziqsangiz, fikrlarimni oʻqib koʻrishingiz mumkin:

▪️Ajdar sayyorasi – Alisher Fayzullayev

▪️Kungaboqar – Shahzod Shomansurov

▪️Tongotar – Raxshona Ahmedova

▪️Shakl – Tillaniso

▪️Oqdan qizilga – Anif

▪️Havo – Gulnoz Moʻminova

Siz ham taqdimotga boring. Mualliflar bilan koʻrishish, suhbatlashish va kitoblariga imzo qoʻydirish imkoniga ega boʻlasiz. Qatnashish uchun joyni onlayn band qilish kifoya.

➡️@qora_yigit
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#finished

“Inson istagan paytda yotib, istagan paytda uygʻona olishi, ishga borishim kerak degan bosim bilan uygʻonmasligi eng katta baxt. Ana shu narsa uning erkinlik darajasini koʻrsatadi”, degan fikrlari "Yugurmasaydim yozolmasdim" kitobidan menga eng yoqqan joylaridan biri boʻldi. Endi umuman bu kitob, gʻoyas haqida ozroq toʻxtatilib oʻtaman.

Haruki Murakami o‘zining yozuvchilik va yugurish tajribalarini ichki dunyosi va hayot falsafasi bilan qorishtirib soʻzlab beradi. Asar avtobiografik xotira janrida yozilgan bo‘lib, muallifning yozuvchilik va sport faoliyati o‘rtasidagi bog‘liqlik qanchalik muhim hamda ruhiy ekanini ochib beradi.

Kitobda Murakami yugurish va yozish bir-biriga o‘xshash jarayon ekanligini aytadi. “Har ikkisi ham sabr, matonat va intizom talab qiladi. Har kuni muayyan masofani yugurish va muntazam yozish orqali ijodiy intizom mustahkamlanadi”, deydi u.

Muallif yugurish orqali tanani chiniqtirish va bu oʻz-oʻzidan ruhiy bardoshlilikni oshirishini aytadi. Kitobni oʻqish jarayonida shuni bildimki, uzoq vaqt va uzoq masofaga yugurish odamning oʻz imkoniyati chegaralari qayerda ekanini aniqlashga, chidamli boʻlishga va yozuvchi uchun muhim boʻlgan monologlar bilan ishlashda katta yordam berarkan.

Yana bir tomoni ana shu uzoq vaqt va uzoq masofaga yugurish har kimga kerak boʻlgan yolgʻizlik va oʻz-oʻzi bilan suhbat qilishi uchun zoʻr imkoniyat yaratib beradi. Murakami ham uzoq muddatli mashg‘ulotlar davomida o‘zi bilan muloqot qilib, o‘z fikrlarini tartibga soladi va ichki ovoziga quloq tutgani haqida soʻzlaydi.

“Yugurmasaydim yozolmasdim” asari orqali Murakami qanday qilib yozuvchilikka qadam qoʻygani, asarlarini qanday tartibda oʻqish kerakligi, adabiyot uchun nimalardan kechgani, unga roman yozish nimalar bergani haqida batafsil va falsafiy fikrlari bilan boʻlishgan.

Oldingi postlarimda takrorlagan bir gapimni yana qaytarmoqchiman. Yozuvchi kuchli boʻlsa har qanday mavzuda qiziqarli va eng soʻnggi varagʻigacha yutoqib oʻqiydigan kitob yoza olarkan. Bunga Murakamining har kuni ertalab yugurishi haqidagi kitobni oʻqib yana bir bor amin boʻldim.

Murakamining qaysi asarini oʻqigansiz? Uning kitoblari haqida qanday fikrdasiz?

➡️@qora_yigit
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Chizilgan bitiklar
Qadimgi yunonlarda fikrlay olish buyuk iqtidor hisoblangan. So’ngra u baxt deb hisoblana boshlandi. Keyinroq esa dardga aylandi. Bugun u – jinoyat.

©️E.M.Remark

@chizilgan_bitiklar
Yaxshi yangilik boʻladiganga oʻxshayapti a? 👀

➡️@qora_yigit
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bu kitobning oʻzbekchaga tarjima qilinish tarixi qiziq.

Bookerberg “Non fiction” loyihasida shu kitob haqida gapirib oʻtadi. Videoni koʻrgan “Pir nashr” bu kitobni oʻrganib chiqadi va tarjima qiladi. Koʻrib turganingizdek, u nashr ham etildi.

Kitobni oʻqishni boshlarkanman, muallifning fikrlari va vaziyatlarga yondashuvi menga yoqmoqda. “Mamlakatlar tanazzuli sabablari” kitobini oʻqiganlarga bu kitobni bemalol tavsiya qilish mumkin. Ular bu kitobni juda-juda sevib oʻqishsa kerak.

Oʻqib boʻlgach sizlar bilan kitob haqida batafsil gaplashamiz.

➡️@qora_yigit
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Hiltonda AKSning taqdimoti boʻldi. Chiroyli tashkil qilishibdi. Muallif va oʻquvchilarga yangi kitoblar muborak boʻlsin. Mana shunday tadbirlar koʻpayaversin 😇

➡️@qora_yigit
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#finished

Brayan Treysi "Samaradorlikning 21 yo‘li" kitobining asosiy g‘oyasini mashhur yozuvchi Mark Tvenning "Agar ertalab birinchi bo‘lib tirik qurbaqani yutsangiz, kunning qolgan qismi bundan oson kechadi" mazmunidagi jumlasi atrofida qurgan ekan.

Muallif eng qiyin va eng muhim ishlarni katta va xunuk qurbaqaga o‘xshatadi. Birinchi bo‘lib eng kattasi va jirkanchini paqqos tushirsangiz kunning qolgan qismi go‘zal kechadi deydi. Ya’ni eng qiyin va muhim ishni hal etsangiz qolgani osonlashib boraveradi degan fikrni ilgari suradi.

Buni oson va samarali qilish uchun 21 ta tavsiya beriladi. Har bir tavsiya bir bob bo‘lib real keyslar va raqamlar bilan asoslab beriladi. Yaxshi tomoni fikrlar qisqa va lo‘nda tushuntirilgan. Boshqa bu kabi kitoblardagidek ortiqcha ezmalanish va "o‘tlab ketish"lar yo‘q.

Kitobda o‘rganishingiz mumkin bo‘lgan eng muhim uchlik haqida gapirib o‘tmasam bo‘lmas. Bular: eng muhimlarini belgilab olish, qaror qabul qilish va qarorlarni to‘g‘ri saralash.

Qaror qabul qilish bo‘yicha hammada muammo bo‘lsa kerak. Ko‘p odamlar mukammallikni kutib, ishni boshlamaydi yoki doimiy ravishda kechiktiradi. Muallif esa "Samaradorlikning 21 yo‘li" kitobida bunga quyidagicha amaliy maslahat beradi: "Ishga kirishish uchun o‘zingizga 5 daqiqa qoidasi qo‘ying: "Faqat 5 daqiqa shu ish bilan shug‘ullanaman" deb boshlang. Ko‘pincha aynan shu 5 daqiqalik bosqich ishni to‘liq bajarishga turtki beradi, deydi u.

Yana keng tarqalgan "kasallik"lardan biri kechiktirish odati. Sababsiz yoki o‘zimizcha qandaydir sabablar o‘ylab topib ishni ortga tashlaymiz. G‘oyamizni kimdir amalga oshirganida esa afsus qilamiz. Masalan, menda bunaqasi ko‘p bo‘lgan.

Bu odatni yengish uchun esa "ishni bo‘laklarga bo‘lib bajarishni, katta ishning kichik bo‘laklariga esa yuqorida aytilganidek, "5 daqiqa faqat shu ish bilan shug‘ullanaman" deb kirishish bu odatdan qutulishda yuqori samara beradi, deydi Brayan Treysi.

Xulosa qilib aytganda, "Samaradorlikning 21 yo‘li" kitobi vaqtingiz va hayotingizni tartiblashga yordam beradi. Endi buyog‘i kitobdagi tavsiyalarni hayotingizga qanchalik tatbiq eta olishingizga bog‘liq.

➡️@qora_yigit
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/02/22 15:51:40
Back to Top
HTML Embed Code: