Telegram Group Search
⚽️ Bugun — o‘yin kuni!

Jahon chempionati saralashi doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi safarda 🇶🇦Qatar bilan kuch sinashadi. Xudo xohlasa, ushbu bahsda g‘alaba qozona olsak, asosiy raqiblarimizdan biri bilan oradagi farq 9 ochkoga yetadi.

Umuman olganda, bugungi bahs hal qiluvchi palla bo‘lishi mumkin. Va futbolchilarimiz safarda qanday o‘ynay olishini sinovdan o‘tkazuvchi birinchi jiddiy o‘yin. Bungacha guruhdagi kuchli raqiblar bilan faqat Toshkentda o‘ynagan edik.

Yigitlarimizga omad tilaymiz! G‘alabalar yor bo‘lsin, ilohim.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:15 da boshlanadi.


👉 @xushnudbek 👈
🚆Temiryo‘llarda yuk tashish tariflari 1-dekabrdan 30 foizga oshiriladi

“Oʻzbekiston temiryoʻllari” AJ yuk tashish xizmatlarining vagon qismiga bog‘liq xarajatlarining bir qismi oshishini hisobga olib, ushbu xarajatlarni qisman qoplash hamda yuk vagon parkini yangilash maqsadida mahalliy qatnovlarda yuk tashish tariflarini oshirishni rejalashtirgan.

👉 @xushnudbek 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Uydan chiqmasdan eSIM ulatish mumkinmi? Bu juda oson!

Siz zamonaviy xizmat ko‘rsatishdan foydalanishingiz va Ucell savdo nuqtasiga borishga vaqt sarflamasligingiz uchun qayg‘urdik.

Uyda yoki ishxonada o‘tirib eSIM ulash xizmati endi mobil ilovamizda mavjud.

Reklama
🚍 Urganchga Xitoydan 30 ta avtobus olib kelindi

Jamoat transporti sifatini yaxshilash maqsadida jami 80 dona “Zong tong” rusumli avtobus xarid qilish yuzasidan shartnoma tuzilgan.

Loyihaning birinchi bosqichi doirasida yana 20 ta avtobus Urganchga yetib kelishi kutilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈
❗️D 213 “Urganch — Xonqa — Hazorasp — Amudaryo daryosi — A380” avtomobil yoʻlining 0–84 km qismi rekonstruksiya qilinadi

Loyihaning umumiy qiymati 294,1 mln dollarga baholangan. Buning uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan 18 yilga (4 yillik imtiyozli davr bilan) 238 mln dollar miqdorida qarz ajratiladi.

Loyiha 5 yil davomida (2024-2029-yillar) amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.


👉 @xushnudbek 👈
🇺🇿O’zbekiston milliy terma jamoasining 🇶🇦Qatarga qarshi oʻyindagi boshlang’ich tarkibi e’lon qilindi. Jaloliddin Masharipov zaxirada qoldirilgan.

Uchrashuv soat 21:15 da boshlanadi. "Sport" telekanali orqali jonli efirda tomosha qilish mumkin.


👉 @xushnudbek 👈
O’yin muvaffaqiyatsiz boshlandi. Eldor Shomurodov o’yin boshidanoq jarohat olib, maydonni tark etishga majbur bo’ldi.

Qatar esa hisobni ochdi. 1-0.

Lekin hali hammasi oldinda. Xudo xohlasa, kambek qila olamiz.


👉 @xushnudbek 👈
GOOOOOOOOL!!!!

Abbosbek Fayzullayev hisobni qisqartirdi!


👉 @xushnudbek 👈
GOOOOOOOL!!!!

Abbosbeeeeeek!!!!!

2-2!!!!

👉 @xushnudbek 👈
Vaaaaay🤦🏻‍♂️

Qo’shib berilgan 12-daqiqada Qatar yana urib ketdi.


👉 @xushnudbek 👈
6 daqiqa qo’shib berilgandi. Gol esa 12-daqiqada urildi. Hakam toki Qatar gol urmaguncha hushtak chalmadiyey, qoyil. Afsus, juda afsus…


👉 @xushnudbek 👈
Guruhimizdagi vaziyat

Biz 2-o’rinda qoldik. Raqiblarimiz 3 ochko yaqinlashdi, Eron 3 ochko uzoqlashdi.

1. 🇮🇷Eron — 13 ochko
2. 🇺🇿O’zbekiston — 10 ochko
3. 🇦🇪BAA — 7 ochko
4. 🇶🇦Qatar — 7 ochko
5. 🇰🇬Qirg’iziston — 3 ochko
6. 🇰🇵KXDR — 2 ochko

6-tur. Ikkinchi davra boshlanadi.

Birinchi davra tugadi, hamma bir-biri bilan o’ynab chiqdi.

Keyingi turda biz 19-noyabr kuni 🇰🇵KXDR bilan kuch sinashamiz. Uchrashuv neytral maydon sifatida Laosda bo’lib o’tadi.

BAA Qatarni qabul qiladi, Qirg’iziston esa Eronni.

Bugungi o’yin uchun yigitlarimizga katta rahmat! O’yin boshidanoq kutilmagan jarohatlar bizni mushkul vaziyatga solib qo’ydi, ayniqsa ruhiyatimizga ta’sir o’tkazdi. Shunday bo’lsa-da, 2-0 vaziyatidan chiqi ketib, hisobni tenglashtira olishdi. Balki 2 ta goldan keyin yana hujumni va bosimni davom ettirib, tempni saqlash kerakmidi, kim bilsin. O’yindan keyin gapirishga oson bu. Chunki biz yana gol urishimiz dargumon edi. Qatarning goli esa kutilmaganda oxirgi soniyalarda urildi, buni baribir tempga aloqasi yo’q, chunki biz 102-daqiqada ham hujum qilayotgan bo’lmasdik baribir.

Xullas, bitta mag’lubiyatdan katta fojia yasamaslik kerak. Asosiysi keyingi o’yinda g’alaba qozonib, keyingi yil bahorgacha mustahkam o’rinda qolishimiz kerak. Hozir biz uchun eng muhimi shu.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🛒🥩 Korzinka supermarketlaridagi mol goʻshti mahsulotlari barcha sifat va halollik standartlariga javob beradi

Korzinka’da har kun 🇰🇿 Qozogʻistondan halol barra goʻsht olib kelinadi. Goʻsht mol goʻshti eksporti boʻyicha yetakchi fermalardan biri hisoblangan 🐮 “Qayip Ata” fermasidan toʻgʻridan-toʻgʻri yetkaziladi. Mol goʻshti yangiligida sovitilgan holda keltiriladi va muzlatilmaydi ❄️

Korzinka’dagi assortimentdan faqat barra 🥩 goʻsht oling!

App | Telegram | Facebook | Insta | Web | Reklama
Aeroportga ishga kiritib qo‘yish uchun 1,5 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi

U Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga ishga joylashtirib qo‘yish evaziga so‘ragan 1,5 ming dollarni olayotgan paytida qo‘lga olingan.

Tezkor tadbirda ushlangan R.M aeroport xodimi bo‘lib chiqqan. Unga nisbatan jinoyat ishi qo’zg’atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo’llangan.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Raimov Ravshan Isakdjanovich Yangiyoʻl shahri hokimi etib tayinlandi.

Bunga qadar u Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari edi.

👉 @xushnudbek 👈
Mobiuz’ning Mobi Cinema xizmati bilan filmlar, seriallar va telekanallarni smartfoningizda tomosha qiling!

Ilovani o‘rnating va kerakli opsiyani qulay narxlarda faollashtiring!

Mobi Cinema Premium (More tv, Start, Megogo, Amediateka videobazasiga kirish):
1 kunga – 4 999 so‘m;
30 kunga – 33 999 so‘m.

Mobi TV (+100 ta telekanal):
30 kunga – 17 999 so‘m.

Mobi Cinema Milliy (milliy videomahsulotlar):
1 kunga – 1 999 so‘m;
30 kunga – 13 999 so‘m.

Xizmatni faollashtirgandan so‘ng, Mobiuz abonentlari quyidagi afzalliklarga ega bo‘ladilar:
internet-trafik sarflanmaydi;
bitta akkauntdan bir vaqtning o‘zida 3 ta mobil qurilmada foydalanish mumkin!

Telegram | Instagram | Youtube | Ilova | Reklama
❗️Hayoti va sog‘lig‘i bevosita xavf ostida qolgan bolalar ota-onasidan olib qo‘yiladi

Bu bo‘yicha qonun Prezident tomonidan imzolandi.

👮‍♂️ Unga ko‘ra, bolani zudlik bilan olib qo‘yish fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining tegishli hujjatiga asosan profilaktika inspektori ishtirokida amalga oshiriladi.

Bola olib qoʻyilganda, vakolatli davlat organi quyidagilarni ta'minlashi shart:

🔹 zudlik bilan prokurorga xabar berishi;
🔹 bolaning vaqtincha joylashtirilishini taʼminlashi;
🔹 fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan bolani olib qoʻyish haqida hujjat qabul qilinganidan keyin 7 kun ichida ota-onalik huquqini cheklash toʻgʻrisida sudga daʼvo bilan murojaat etishi.

Bola ota-onasidan (ularning biridan) yoki uni o‘z qaramogʻiga olgan boshqa shaxslardan olib qoʻyilganda, u quyidagi joylarga (joylashtirish ustuvorligi tartibida) joylashtirilishi mumkin:

1️⃣ bolaning manfaatlariga muvofiq shart-sharoitlar yarata oladigan ota-onaning birinikiga;
2️⃣ bolaning qarindoshlarinikiga;
3️⃣ bolaga gʻamxoʻrlik koʻrsatish istagini bildirgan shaxsnikiga;
4️⃣ vakolatli davlat organining hisobida turgan shaxslarnikiga;
5️⃣ tibbiyot muassasasiga (bolaning sogʻligʻida muammolar boʻlganda);
6️⃣ zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilar uchun ixtisoslashtirilgan
muassasalarga
.

Agar bolani oilaga joylashtirish imkoniyati boʻlmasa, uni ixtisoslashtirilgan muassasaga joylashtirish eng oxirgi chora bo‘ladi.

❗️Mazkur qonun 2025-yil 15-maydan kuchga kiradi.


👉 @xushnudbek 👈
2024/11/16 03:39:41
Back to Top
HTML Embed Code: