Telegram Group Search
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Islomiy moliya sohasida nasiya savdoga asoslangan moliyalashtirish xizmati qanday nomlanadi?
Anonymous Poll
16%
musharaka
53%
murabaxa
26%
muzaraba
5%
salam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Finlit.uz - moliyaviy savodxonlik
Murabaha shartnomasini amalga oshirishda nimaga ruxsat berilmaydi?

🗄 mikromoliya tashkilotiga mijozlarga nasiya savdo xizmatini ko‘rsatganligi uchun ulardan vositachilik haqlari va (yoki) boshqa turdagi yig‘imlarni undirish taqiqlanadi
🗄 pul mablag‘lari (valyuta), kripto-aktivlar, oltin va kumush nasiya savdo obyekti bo‘lishi mumkin emas.
🗄 mikromoliya tashkiloti va mijoz o‘rtasida amalda bo‘lgan shartnoma bo‘yicha nasiya savdo obyektini ayni shu mijozga yangi nasiya savdo shartnomasi asosida sotilishiga (qayta moliyalashtirilishiga) yo‘l qo‘yilmaydi.

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

obuna bo'ling 🌐@finlituzb
на русском 🌐@finlituzb_ru
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shunday holatlar bo'lmasligi uchun bank kartasi kodi "1111" bo'lmasligi kerak 😅

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

obuna bo'ling 🌐@finlituzb
на русском 🌐@finlituzb_ru
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ O'zbekiston 24 telekanalida yangi loyiha "Moliyaviy madaniyat"

Ushbu dastur Markaziy bank eskpertlari va tijorat banklari bilan birgalikda tashkil etilgan

Mavzu - Banklar va nobank kredit tashkilotlari


🔴 Ko'rsatuvni youtube kanalimizda ko'rishingiz mumkin

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

obuna bo'ling 🌐@finlituzb
на русском 🌐@finlituzb_ru
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Agar maxfiy SMS kod oshkor qilinmasa, firibgarlar bank kartasidan pul o'g'irlashlari mumkinmi?
Anonymous Poll
36%
ha
64%
yo'q
Texnologiya rivojlanayotgan bu zamonda jinoyatchilar ham ortda qolmay, firibgarlikning yangi usullarini o'ylab topishmoqda.

➡️ Sxemaning paydo bo'lishi va tarqalishi
Bunday holatda firibgarlar Telegram orqali qurbonlarga oddiy hujjatlar yoki ilovalar ko‘rinishida yashiringan zararli fayllarni jo‘natishadi.

➡️ Firibgarlik qanday ishlaydi
Zararlangan faylni ochgandan so'ng, foydalanuvchi qurilmasida to'xtatuvchi dastur faollashadi. Ushbu dastur fonda ishlaydi, qurilma egasi tomonidan sezilmaydi.

➡️ Nima uchun bu sxema muvaffaqiyatli?
Do'stlari yoki hamkasblaridan kelib tushgan fayllarni ochishda foydalanuvchilar ko'pincha xavfsizlik haqida o'ylamaydilar. Bundan tashqari, ko'plab foydalanuvchilar o'z qurilmalariga antivirus dasturlarini o'rnatmaydilar yoki yangilamaydilar, bu ularni bunday hujumlarga qarshi himoyasiz qilib qo‘ymoqda va shu sababli ushbu firibgarlik turi avj olmoqda.

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

obuna bo'ling 🌐@finlituzb
на русском 🌐@finlituzb_ru
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Firibgarlardan qanday himoyalanish mumkin

🛑 ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali yuborilgan shubhali fayllarni, hatto ular do‘stlaringizdan kelgan bo‘lsa ham ochmang. Firibgarlar zararli dasturlarni tarqatish uchun do‘stlaringiz sahifalaridan foydalanishlari mumkin

🛑 qurilmalaringizda antivirus dasturlarini muntazam yangilab turing. Bu zararli dasturlarni aniqlash va ulardan himoyalanishga yordam beradi

🛑 ikki faktorli autentifikatsiyani o'rnating, bu maxfiy kodlarni nafaqat SMS orqali, balki maxsus ilovalardan ham kiritishni talab qiladi. Bu firibgarlar ishini murakkablashtiradi

🛑 SMS-xabarnomalarni kuzatib boring, ayniqsa o‘zingiz ma’lum operatsiya amalga oshirib tasdiqlash kodini kutmagan vaqtingizda SMS orqali kod kelganda ehtiyotkor bo‘ling. Agar sizda biroz shubha paydo bo‘lsa ham, darhol bank bilan bog'laning

🛑 agar siz qurilmangiz virusli dastur bilan zararlanganligiga shubha qilsangiz, uni skanerlash va tozalash uchun mutaxassislarga murojaat qiling

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

obuna bo'ling 🌐@finlituzb
на русском 🌐@finlituzb_ru
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Investitsiyalarning qanday turlaridan xabardorsiz? Javobingizni izohlarda yozib qoldiring👇

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

obuna bo'ling 🌐@finlituzb
на русском 🌐@finlituzb_ru
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Investitsiyalarning qanday turlari mavjud?

Investitsiyalar sarmoya obyekti bo‘yicha quyidagi turlarga ajratiladi:

🗄 moddiy – real obyektlarga kiritiladigan sarmoyalar: ko‘chmas mulkka (qayta sotish maqsadida bo‘lishi ham mumkin), ishlab chiqarish sohasiga (asbob-uskunalar sotib olish, korxonalar qurish), transport.
🗄 moliyaviy – moliyaviy instrumentlarga kiritiladigan sarmoyalar: qimmatli qog‘ozlar, bank omonatlari, kreditlar, korxonalar ustav fondida ulush sotib olish.
🗄 nomoddiy – intellectual mulk obyektlarini sotib olish (litsensiyalar, texnologiya, patent, tovar belgisi yoki mualliflik huquqi va h.k.)
intellektual – ta’limga kiritiladigan sarmoya.

Shuningdek, investorlar investitsiyalarning sarmoya vaqtiga ko‘ra quyidagi turlarga ajratishadi:
🗄 Qisqa muddatli – 1 yilgacha
🗄 o‘rta muddatli – 1-3 yilgacha
🗄 uzoq muddatli – 3 yildan ko‘p muddatga

➡️ Investitsiyalarni diversifikatsiya qilish ham bir nechta turga bo‘linadi. Akviy turlari bo‘yicha diversifikatsiyada, masalan, investor turli xil qimmatli qog‘ozlarni sotib oladi va oltin quymalar, oltin va kumush tangalar yoki ko‘chmas mulkka sarmoya kiritadi.

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

obuna bo'ling 🌐@finlituzb
на русском 🌐@finlituzb_ru
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔗 Investitsion maqsadlaringizni aniqlang: pulingizni nimaga investitsiya qilmoqchisiz va qanday daromad olishni xohlaysiz?

🔗 Moliyaviy ahvolingizni baholang: qancha pul sarflashingiz kerakligini va qanday xavf darajasini qabul qilishga tayyor ekanligingizni aniqlang

🔗 Har xil turdagi investitsiyalarni o'rganing: bank depozitlari, oltin quymalari, oltin tangalar, ko'chmas mulk va boshqa investitsiya vositalari bilan tanishing. Ularning rentabellik salohiyati va risklarini tahlil qiling, lekin ehtiyot bo'ling - bugungi kunda ko'plab firibgarlik sxemalari investitsiyalar sifatida yashiringan.

🔗 Investitsiya rejasini tuzing: investitsiyalarning har bir turiga qancha mablag' qo'ymoqchi ekanligingizni va qaysi muddatga investitsiya qilishni xohlayotganingizni aniqlang. Shuningdek, investitsiyalarning likvidligi va moliyaviy xavfsizlik yostiqchasi mavjudligini ham ko'rib chiqing.

🔗 Investitsiyalaringizni nazorat qiling: ularning rentabelligini baholash uchun investitsiyalaringizni muntazam ravishda kuzatib boring va tahlil qiling

🔗 Investitsiya rejangizni yangilang: joriy yangiliklar va o'zgarishlardan xabardor bo'lib turing, shunda siz har doim o'z vaqtida kerakli amallarni bajarishingiz va xavflarni kamaytirishingiz mumkin.

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

obuna bo'ling 🌐@finlituzb
на русском 🌐@finlituzb_ru
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kredit olishda kafil bo‘lgan shaxs kafillikni bekor qila oladimi?
Anonymous Poll
29%
ha
71%
yo'q
😀😎🫡👌

Markaziy bank Boshqaruvining 2024 yil 12 sentyabrda asosiy stavkani yillik 13,5 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan Press-reliz

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

obuna bo'ling 🌐@finlituzb
на русском 🌐@finlituzb_ru
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ Ayollar va yoshlarning moliyaviy madaniyatini shakllantirish, “kibergigiyena”ga o‘rgatish va mikromoliya xizmatlarini ommalashtirish – moliyaviy savodxonlikni yaxshilashning muhim yo‘nalishlaridan biri

Respublikamizning chekka tumanlarida aholining kiberjinoyatlar qurboniga aylanishining oldini olish, banklarga bo‘lgan ishonchini hamda raqamli moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda.

📍Markaziy bank tomonidan navbatdagi o‘quv-trening tadbirlari Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida bo‘lib o‘tdi.

Andijon viloyatining Jalaquduq, Izboskan, Marhamat, Paxtaobod, Bo‘ston, Ulug‘nor va Farg‘ona viloyatining Furqat, Farg‘ona, Yozyovon hamda Namangan viloyatining Norin, Mingbuloq tumanlarida o‘tkazilgan o‘quv mashg‘ulotlarida 595 nafar yoshlar, 505 nafar xotin-qizlar, 58 nafar tadbirkor, 54 nafar "Inson" ijtimoiy xizmatlari markazi xodimlari hamda 169 nafar mahalla faollari ishtirok etishdi.

Treninglar davomida Markaziy bank va tijorat banklari mutaxassislari tomonidan aholini tadbirkorlikka jalb qilish, jumladan, o‘zini-o‘zi band qilishda yaratilgan mikromoliyaviy xizmatlarning imkoniyatlari, imtiyozli kreditlash dasturlari, ijobiy kredit tarixini shakllantirishda mas’uliyatli qarz olishning ahamiyati, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish shuningdek, moliyaviy xavfsizlikning asosiy qoidalari kabi mavzularga alohida e’tibor qaratildi

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

obuna bo'ling 🌐@finlituzb
на русском 🌐@finlituzb_ru
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ O'zbekiston 24 telekanalida yangi loyiha "Moliyaviy madaniyat"

Ushbu dastur Markaziy bank eskpertlari va tijorat banklari bilan birgalikda tashkil etilgan

Ushbu dasturning 6-sonini siz bugun 🕰 19:15 da "O'zbekiston 24" telekanalida tomosha qilishingiz mumkin.

Bugungi mavzu - Bank omonati va uning afzalliklari

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

obuna bo'ling 🌐@finlituzb
на русском 🌐@finlituzb_ru
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mikromoliya tashkiloti islomiy ijara bilan shug'ullanishi mumkinmi?
Anonymous Poll
70%
ha
30%
yo'q
2024/10/15 08:25:53
Back to Top
HTML Embed Code: