Telegram Group Search
1️⃣ Birinchi g‘oya – bank omonati

🎚️ Moliyaviy ta'lim: Bu maktab o‘quvchisi uchun moliyaviy rejalashtirish, tejash va pul boshqaruvini o'rganish uchun ajoyib imkoniyatdir. Ota-onalar bundan bank depozitlari qanday ishlashini va nima uchun jamg‘arish muhimligini ko'rsatish uchun eng qulay vaqt sifatida foydalanishi mumkin.

🎚️ Moliyaviy tarixning boshlanishi: bank depoziti maktab o‘quvchisiga banklar bilan to'g'ri munosabatda bo'lishga va kelajakdagi moliyaviy operatsiyalar uchun asos yaratishga yordam beradi. Bu bola ulg‘ayib, o‘z moliyaviy tarixini qurishni boshlaganida asqotishi mumkin.

🎚️ Investitsiya va jamg'arma: Omonat kelajak uchun pulni tejash uchun yaxshi vosita - masalan, ta'lim yoki katta xaridlarni moliyaviy maqsad qilib belgilab, ularga pul jamg'arib borish. Shuningdek, ota-ona bola bilan birgalikda jamg'arma va investitsiya strategiyalarini ishlab chiqish imkoniyatiga ham ega bo'lishadi.

2️⃣ Ikkinchi g‘oya – jamg‘arishda davom etish:

🎚️ Moliyaviy intizomni shakllantirish: Maktab o‘quvchisi muntazam ravishda pul yig'ishni boshlaganida, bu intizom va rejalashtirishni rivojlantirishga yordam beradi.

🎚️ Moliyaviy savodxonlikni oshirish va moliya sohasini tushunish: jamg'arish jarayoni bolalarga moliya asoslarini tushunishga yordam beradi: pul qanday ishlaydi, xarajatlarni rejalashtirishning ahamiyati, nima uchun kelajak uchun pul jamg‘arish zarur va h.k. Bu kelajakda moliyaviy savodxonlikni yanada oshirish uchun asos bo'lishi mumkin.

🎚️ Moliyaviy maqsadlarga erishish: Agar bola ma'lum bir narsaga (masalan, o'yinchoq, kitob yoki sayohat) pul yig'sa, u maqsadlar qo'yishni va ularga erishishni o'rganadi

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

obuna bo'ling 🌐@finlituzb
на русском 🌐@finlituzb_ru
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Finlit.uz - moliyaviy savodxonlik
Uchinchi g'oya - jamg'armalarni ta'limga investitsiya qilish:

🔤 Ko'nikmalar va bilimlarni rivojlantirish: Ta'lim tanqidiy fikrlash, tahliliy ko'nikmalar, muammolarni hal qilish va boshqa muhim ko'nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Ushbu ko'nikmalar nafaqat professional sohada, balki shaxsiy hayotda ham foydalidir.

🔤 Kelajakka ishonch: bilim va ko‘nikmalar bolaga katta yoshdagi qiyinchiliklarga ko'proq tayyor bo'lishiga yordam beradi. Yaxshi ta'lim yaxshi martaba imkoniyatlari uchun eshiklarni ochishi, muvaffaqiyatli ishga joylashish imkoniyatini oshirishi va kelajakda yuqori turmush darajasini ta'minlashi mumkin.

🔤 Motivatsiya va qat'iyat: Agar bola erta yoshdanoq ta'limga sarmoya kiritish muhimligini tushunsa, unda qat'iyat va motivatsiya rivojlanadi. Bundan tashqari, bolaning nazarida ta'limning qiymati yanada oshadi.

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

obuna bo'ling 🌐@finlituzb
на русском 🌐@finlituzb_ru
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O’zini o’zi band qiluvchi shaxslar tijorat banklaridan mikroqarzlar olishlari mumkinmi?
Anonymous Poll
89%
ha
11%
yo'q
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zini o‘zi band qiluvchi shaxslarga kimlar kiradi?

O‘zini o‘zi band qiluvchi shaxslar – bu o‘zi uchun ishlaydigan insonlar. Ular qonun bilan ruxsat etilgan 101 faoliyat turidan birini tanlash huquqiga ega.

O‘zini o‘zi band qiluvchi shaxslar qanday daromad olishadi?
🔗 Qonunga ko‘ra, o‘zini o‘zi band qiluvchi shaxslar faoliyati natijasida olingan barcha daromadlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga tortilmaydi: ular qancha pul topsalar, shuncha pulni o‘zlariga qoldirishadi.

O‘zini o‘zi band qiluvchi shaxslar bankda mikrokredit olishlari mumkinmi?

🔗 Bugungi kunda yakka tartibdagi tadbirkorlar belgilangan tartibda tijorat banklaridan mikrokredit olishlari mumkin.

Avtokredit olish uchun qanday hujjatlar kerak?
🔤 shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport / ID karta)
🔤 yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyatini tasdiqlovchi hujjat

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

obuna bo'ling 🌐@finlituzb
на русском 🌐@finlituzb_ru
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Islom moliyasida oldindan to‘lovga asoslangan moliyalashtirish xizmati nima deb ataladi?
Anonymous Quiz
24%
Salam
25%
Islomiy ijara
51%
Murobaha
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mikromoliya tashkiloti oldindan to‘lov xizmati bo‘yicha shartnoma shartlarining bajarilishini taʼminlash maqsadida mijozdan qonunchilikda belgilangan tartibda taʼminot talab qilishi mumkin.

Oldindan to‘lov doirasida mijoz tomonidan oldindan to‘lov xizmati shartnomasida belgilangan tovardan ko‘ra sifatliroq (yaxshiroq) tovar yetkazib berish taklif qilinsa va ushbu taklif uchun tovar narxi oshirilmasa (qo‘shimcha haq talab etilmasa), mikromoliya tashkiloti ushbu taklifni qabul qilishi lozim.

🔗 Oldindan to‘lov obyekti shartnomada belgilangan muddatdan oldin yetkazib berilsa va oldindan to‘lov obyektini qabul qilishni rad etish uchun mikromoliya tashkilotida yetarli asoslar mavjud bo‘lsa, mikromoliya tashkiloti oldindan to‘lov obyektini qabul qilmaslik huquqiga ega.

Mijoz tomonidan oldindan to‘lov shartnomasi bo‘yicha majburiyatlar o‘z muddatida bajarilmasa, mikromoliya tashkiloti oldindan to‘lov obyektini yetkazib berish bo‘yicha qo‘shimcha vaqtbelgilashga yoki oldindan to‘lov shartnomasini bekor qilgan holda oldindan to‘lov obyekti uchun to‘langan to‘lovlarni qaytarishni talab qilishga haqli.

➡️ Shuningdek, mikromoliya tashkilot ioldindan to‘lov obyektini yetkazib berish muddatlari kechiktirilganligi uchun mijozga nisbatan neustoyka qo‘llashi mumkin.

Mikromoliya tashkilotida oldindan to‘lov obyektiga nisbatan mulk huquqi vujudga kelguniga qadar, mikromoliya tashkiloti ushbu obyektni sotish bo‘yicha shartnoma tuzishi mumkin emas.

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

obuna bo'ling 🌐@finlituzb
на русском 🌐@finlituzb_ru
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ O'zbekiston 24 telekanalida "Moliyaviy madaniyat" loyihaasi

Ushbu dastur Markaziy bank eskpertlari va tijorat banklari bilan birgalikda tashkil etilgan

Mavzu - Bank kartalari va virtual kartalar


🔴 Ko'rsatuvni youtube kanalimizda ko'rishingiz mumkin

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

obuna bo'ling 🌐@finlituzb
на русском 🌐@finlituzb_ru
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qarz yuki nima va uni hisoblash nima uchun kerak?

🔗 Qarz yuki ko‘rsatkichi - qarz oluvchining kredit (mikroqarz) bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovlari miqdorining uning o‘rtacha oylik daromadi miqdoriga bo‘lgan nisbati.

Masalan, o‘rtacha oylik maoshi 5 mln. so‘mni tashkil etadigan fuqaroning krediti (mikroqarzi) bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovi 4 mln. so‘m bo‘lsa, uning qarz yuki ko‘rsatkichi 80 foizni tashkil etadi.

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

obuna bo'ling 🌐@finlituzb
на русском 🌐@finlituzb_ru
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗄 Bitimni tasdiqlovchi hujjatlarni qanday turlarini bilasiz? Izohda javobingizni qoldiring 👇

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

obuna bo'ling 🌐@finlituzb
на русском 🌐@finlituzb_ru
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ O'zbekiston 24 telekanalida "Moliyaviy madaniyat" loyihaasi

Ushbu dastur Markaziy bank eskpertlari va tijorat banklari bilan birgalikda tashkil etilgan

Mavzu - Raqamli bank tushunchasi


🔴 Ko'rsatuvni youtube kanalimizda ko'rishingiz mumkin

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

obuna bo'ling 🌐@finlituzb
на русском 🌐@finlituzb_ru
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Siz investitsion portfel to’g’risida ma’lumotga egamisiz?
Anonymous Poll
41%
ha
59%
yo'q
Investitsion portfel - bu investor daromad olish maqsadida sotib olgan aktivlar to'plamini anglatadi.

🗄 Bugungi kunda xususiy investorning investitsion portfeli asosan bank omonati, qimmatbaho metallar, ko’chmas mulk va qimmatliqog’ozlardan iborat
bo’ladi.

🔗 Investitsion portfel moliyaviy maqsadlar va aktivlar tarkibi bo’yicha shakllantiriladi.

Samarali investitsion portfelga ega bo’lish uchun xavflar darajasini to’g’ri diversifikatsiya qilish va daromadlilik darajasini ham to’g’ri taqsimlash zarur.

Xavflarni diversifikatsiya qilish - bu sizning xavfga tolerantlik darajangizdan kelib chiqib investitsion portfelingizda yuqori xavfga va yuqori daromadga ega aktivlar bilan birga doim barqaror daromad keltiruvchi xavfsiz aktivlar ham bo’lishi zarurligini bildiradi.

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

obuna bo'ling 🌐@finlituzb
на русском 🌐@finlituzb_ru
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Risk darajasi bo’yicha:

Xususiy investorlar orasida bugungi kunda asosan quyidagi turlari uchraydi:

1. O’rtacha tavakkalchilikka ega portfel. Ko’chmas mulk, qimmatbaho metallar bilan birga yirik kompaniyalar aksiyalari va boshqa qimmatbaho qog’ozlardan iborat bo’lishi mumkin.
2. Agressiv portfel. 80% aksiyalar va yuqori xavfga ega aktivlardan iborat bo’ladi. Bunday portfel qisqa muddatga shakllantiriladi va uning tarkibi tez-tez qayta ko'rib chiqiladi.

Investorning ishtirok etish darajasiga ko’ra:
1. Aktiv investitsion portfel. Tarkibida narxlar o’zgaruvchanligi yuqori aktivlar ulushi ko’proq bo’ladi va portfel egasidan doimiy monitoring, baholash va kerakli tuzatishlar kiritishni talab qiladi.

2. Passiv investitsion portfel.
Yuqori o'zgaruvchanlikka moyil bo'lmagan aktivlarni o'z ichiga oladi masalan, qimmatbaho metallar va ko’chmas mulk, va egasidan doimiy ravishda bozorni kuzatib borishni talab qilmaydi.

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

obuna bo'ling 🌐@finlituzb
на русском 🌐@finlituzb_ru
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👉 Sizni moliya va bank sohasiga tegishli qandaydir muammolar qiynayotgan bo'lsa yoki savollaringiz bo‘lsa telegram kanalimizning chat qismiga yozib qoldirishingiz mumkin bo‘ladi

😊 Mutaxassislarimiz savollaringizga javob berib, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib borishadi

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

obuna bo'ling 🌐@finlituzb
на русском 🌐@finlituzb_ru
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/15 04:29:06
Back to Top
HTML Embed Code: