group-telegram.com/Ilmfanjurnali/480
Last Update:
✅ Web of Science (ingl. WoS, dastlab Web of Knowledge deb yuritilgan) – bir nechta bibliografik va referativ ma’lumotlar bazalarini o‘zida mujassamlashtirgan qidiruv platformasi.
✅ Bibliografik ma’lumotlar bazasi – turli nashr (asar)lar haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Muayyan bir asar (maqola, qo‘llanma yoki monografiya)ga oid asosiy ma’lumotlarning qisqacha tavsifi keltiriladi, ya’ni asarning muallifi kim, nomi nima, kim tomonidan va qachon nashr etilgan, hajmi qancha va shu kabilardan iborat bo‘ladi. Bu uni bir necha o‘n minglab boshqa nashrlar orasidan izlash va topish jarayonlarini osonlashtiradi.
✅ Referativ ma’lumotlar bazasi deganda, muayyan bir asar (maqola, qo‘llanma yoki monografiya)ga oid asosiy ma’lumotlardan tashqari, uning qisqacha mazmunini aks ettirgan annotatsiya, referat yoki nashr mazmuniga oid boshqa ko‘rsatkichlar tushuniladi.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
BY "Ilm-fan va innovatsion rivojlanish" ilmiy jurnali
Share with your friend now:
group-telegram.com/Ilmfanjurnali/480