Telegram Group Search
👉Asosiy olimpiadaning III(viloyat) bosqichining 30-noyabr kuni o‘tkaziladigan fanlar, sinflar hamda nazorat turlari bo‘yicha ma'lumot:

😄9-sinf —Matematika, Fizika, Kimyo — test

😄10-sinf —Biologiya— test

😄 Informatikadan dasturlash Saralashning 1-bosqichi

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👉1-dekabr kuni matematika, fizika, kimyo, biologiya fanlaridan terma jamoaga saralashning 1-bosqichi hamda koreys tili bo’yicha II respublika olimpiadasining hududiy bosqichi o’tkaziladi.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣📣📣📣📣

🇺🇿 O‘zbekiston terma jamoasi  21-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida ishtirok etish uchun Ruminiyaga yo'l oldi!

Joriy yilning 2-12-dekabr kunlari Ruminiyaning Buxarest shahrida 21-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasi o’tkaziladi. Xalqaro olimpiada tabiiy fanlar, ya’ni kimyo, biologiya va fizika fanlari bo’yicha o’quvchilarning kompleks bilimlarini sinashga hamda dunyo bo’yicha mazkur fanlardan maktab o’quvchilarining raqobat qilishlari uchun sog’lom muhit yaratishga qaratilgan.

21-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida dunyoning 60 ga yaqin davlatidan jami 350 nafar iqtidorli o’quvchilar ishtirok etishi kutilmoqda.

😄 Mazkur xalqaro olimpiadada ishtirok etadigan terma jamoamiz tarkibi bilan tanishing:

▶️ Farhodov Oybek Faxriddin o‘g‘li - Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani ixtisoslashtirilgan maktabning, 9-sinf o‘quvchisi;

▶️Toshtemirov Hushnudbek  Xasanovich - Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumani, 68-sonli maktab, 9-sinf o‘quvchisi;

▶️Sheripboyeva Bonu Ermat qizi - Xorazm viloyati, Urganch shahar, 1-son IMI, 9-sinf o‘quvchisi;

▶️Mustafoyev Jasur Umidovich - Navoiy viloyati, Navoiy shahar   11-sonli AFChO‘IM   9-sinf o‘quvchisi;

▶️Asrorov Adham Asqar o‘g‘li - Samarqand viloyati, Payariq tumani ixtisoslashtirilgan maktabning, 9-sinf o‘quvchisi;

▶️Yuldashov Murodbek Uktam o‘g‘li - Toshkent shahar, Uchtepa tumani   74-sonli maktab   9-sinf o‘quvchisi.

😄 Eslatib o'tamiz, o'tgan yilgi 20-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi o'quvchilari 3 ta KUMUSH va 2 ta BRONZA medallarini qo’lga kiritgan edi.
Ushbu xalqaro olimpiada mintaqaviy xalqaro olimpiadalardan biri bo‘lib, g'oliblar va ularning o‘qituvchilari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Olimpiadada mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan yoshlarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz!

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/12/04 13:20:00
Back to Top
HTML Embed Code: