Telegram Group Search
#mehr_muruvvat_kuni

🤩 Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilari 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Andijon shahridagi 13-maxsus maktab-internati hamda 46-maxsus maktabgacha ta'lim tashkilotiga bordilar.

"Kel, dunyoga quvonch ulashamiz" shiori ostida tashkil etilgan mazkur tadbirlarda tarbiyalanuvchilarga mehr ulashish bilan birga ijod maktabi tomonidan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ta'lim tashkilotiga mevali daraxtlar ekilib "Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi bog‘i" tashkil etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_hamkorlik
#Germaniya
#ikkinchi_kun

🤩 Avval xabar berilganidek, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi delegatsiyasi Germaniya Federativ Respublikasida boʻlib turibdi.

Tashrifning ikkinchi kunida delegatsiya Bad Krozingen kardiologiya markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Bad Krozingen kardiologiya markazi Germaniyaning yurak-qon tomir kasalliklarini davolashga ixtisoslashgan nomdor tibbiyot muassasalaridan biri. Tibbiyot sohasida katta tajriba va bilimga ega bo‘lgan yuqori malakali shifokorlar, ilmiy tadqiqotchilarni o‘zida jamlagan markaz eng zamonaviy diagnostika, davolash va jarrohlik uskunalari bilan jihozlangan. Har yili markazda 15 ming bemor davolanadi, 1000 ga yaqin yurak jarrohligi amaliyoti o‘tkaziladi.

Agentlik direktori boshchiligidagi delegatsiya a’zolariga professor Alexander von Muhlen tomonidan markaz faoliyati haqida taqdimot o’tkazildi va davolanish maqsadida tashrif buyurgan bemorlar uchun yaratilgan qulayliklar bilan tanishtirdi. Delegatsiya a’zolari Campus-tur davomida tibbiyot sohasidagi eng soʻnggi texnologiyalar orqali yurak jarrohlik amaliyoti jarayonini jonli kuzatish imkoniyatiga ega boʻldilar.

Shundan soʻng, Frayburg universiteti faoliyati bilan tanishildi. Agentlik direktori Alisher Ubbiyev mazkur universitetning Nevrologik va neyrofiziologiya kasalxonasi Bosh ijrochi shifokori Jurgen Bardutzky bilan istiqboldagi rejalar boʻyicha muloqotda bo‘ldi.

Agentlik tizimidagi "Yangi Oʻzbekiston" universitetining prorektorlari Baxtiyor Yoʻldoshov hamda Bahodir Ahmedov universitetida zamonaviy ta’lim yo‘nalishlari, xalqaro ahamiyatga molik loyihalari va dasturlari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Shuningdek, delegatsiya va Bad Krozingen kardiologiya markazi vakillari o‘rtasida tibbiy ta’lim yo‘nalishida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#100_foizlik_grant

🤩 Agentlik tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchisi Alisher Ahatjonov Malayziyaning nufuzli universitetida oʻqishni boshladi.

Alisher 2023/2024-oʻquv yilida “City University Malaysia”ning toʻliq grantini qoʻlga kiritgan edi. Hozirda u ushbu xorijiy oliygohda axborot xavfsizligi yoʻnalishida bilim olmoqda.

Bitiruvchimiz tanlagan sohasi boʻyicha zamonaviy bilim va malakalarni egallab Vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qoʻshishni maqsad qilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jonli_efir

🔴 Ayni damda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Maktabgacha ta‘limda sifat va samaradorlik, rivojlanish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur tadbir Islom taraqqiyot banki, UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi va “Science and Innovation” xalqaro ilmiy jurnali bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.

📍 Jonli efir

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ixtirochilikka_qadam
#tuman_shahar_bosqichi

⚙️ "IXTIROCHILIKKA QADAM" RESPUBLIKA TANLOVINING TUMAN (SHAHAR) BOSQICHI OʻTKAZILADI

🗣Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta taʼlim muassasalari, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar, davlat va nodavlat umumtaʼlim maktablarining 5-, 6-, 7-, 8-, 9-, 10-,11-sinf o‘quvchilari o‘rtasidagi "Ixtirochilikka qadam" respublika tanlovining maktab bosqichi oʻtkazilgan edi.

📆 Joriy yilning 12-, 13-, 14-dekabr kunlari mazkur tanlovning tuman (shahar) bosqichi bo‘lib o‘tadi. Unda tanlovning maktab bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar o‘z loyihalari bilan ishtirok etadilar.

❗️Tanlovda ishtirokchilar individual yoki jamoa sifatida ishtirok etishlari mumkin. Bunda jamoa a’zolarining soni 3 nafardan oshmasligi kerak.

🌐 Tanlov haqida ixtirochi.piima.uz sayti orqali batafsil maʼlumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#davra_suhbati

🤩 Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida "OITS kasalligi XXI asr vabosi" mavzusiga bagʻishlangan davra suhbati oʻtkazildi.

Unda Respublika OITSga qarshi kurashish markazi mutaxassislari, pedagoglar, oʻquvchilar va ota-onalar ishtirok etdi.

Tadbir doirasida oʻquvchilarimizning sahna koʻrinishlari namoyish etildi, rasmlar tanlovi hamda ijodiy ishlar taqdimoti oʻtkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TIMSS_2023

TIMSS 2023: oʻzbekistonlik oʻquvchilar qanday natijalar qayd etdi?

Hozirgina taʼlimdagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan TIMSS 2023 xalqaro baholash dasturi natijalari e'lon qilindi.

2023-yil aprel-may oylarida Oʻzbekistonda oʻtkazilgan ushbu tadqiqotda barcha hududlaridan tanlab olingan 166 ta maktabdan jami 8800 nafar oʻquvchilar (shundan, 4450 nafar 4-sinf va 4350 nafar 8-sinf) ishtirok etdi.

Shuningdek, mazkur maktablarning 166 nafar direktorlari hamda 1035 nafar matematika va tabiiy fanlar boʻyicha oʻqituvchilar soʻrovnomalarda qatnashgan.

8-sinf oʻquvchilari natijalari:

Xalqaro hisobot tahlil natijalariga koʻra, Oʻzbekistondagi 8-sinf oʻquvchilarining matematik savodxonlik boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkichi 421 ball boʻlib, qatnashuvchi 44 ta davlatdan 32-oʻrinni egallagan. 8-sinf tabiiy fanlar (Science) savodxonligi boʻyicha esa qatnashgan 44 ta davlat orasidan 396 ball bilan 39-oʻrinni egalladi.

4-sinf oʻquvchilari natijalari:

Tadqiqotda qatnashgan o‘zbekistonlik 4-sinf o‘quvchilari tabiiy fanlar (Science) savodxonligi boʻyicha 412 ball toʻplagan va ishtirokchi 58 ta davlat ichida 54-oʻrinni egalladi. Matematika savodxonligi boʻyicha esa qatnashuvchi 58 ta davlat ichida 443 ball bilan 50-oʻrinni egalladi.

❗️Oʻzbekistonda 4-sinflardagi qizlar (446 ball) matematika yoʻnalishida oʻgʻil bolalardan (440 ball) yaxshiroq natija qayd etgan boʻlsa, tabiiy fanlar yoʻnalishida ham xuddi shunday farq saqlanib qolgan (qizlar 414 ball, oʻgʻil bolalar 409 ball).

Tabiiy fanlar yoʻnalishida
8-sinflardagi qizlar (395 ball) va oʻgʻil bolalar (396 ball) deyarli bir xil natija qayd etgan boʻlsa, matematika yoʻnalishida oʻgʻil bolalar (426 ball) qizlardan (416 ball) koʻra yuqoriroq natija qayd etgan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston ushbu tadqiqotda ilk marotaba ishtirok etdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | "Raqamli avlod IT haftaligi-2024" gʻoliblarini taqdirlash marosimi

#uzbekiston24

📍Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
2024/12/05 00:55:32
Back to Top
HTML Embed Code: