group-telegram.com/uztdi/9233
Last Update:
⚡️20 foizlik ustama to‘lanadigan mentor-o‘qituvchilar qanday tanlab olinadi?
Prezidentning 21.06.2024-yildagi qarori PQ-231-son qaroriga asosan 2025-yil 1-yanvardan boshlab barcha maktablarda “Kasbiy rivojlanish soati”, tayanch maktablarda esa “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlari joriy etiladi.
Ushbu tadbirlarni tashkil etish har bir tuman (shahar)da yuqori malakali oʻqituvchilar orasidan fanlar kesimida mentor-oʻqituvchilar tarkibi shakllantiriladi.
2025-yil 1-yanvardan boshlab mentor-oʻqituvchilariga asosiy ish joyi boʻlgan maktab direktor jamgʻarmasi hisobidan lavozim maoshining 20 foizi miqdorida qoʻshimcha har oylik ustama haq toʻlanadi.
Tuman (shahar) ishchi guruhlari tomonidan oʻquv yilining boshlanishiga qadar:
Maktablarda fanlar (yoki fanlar bloki) kesimida “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini tashkil etishga masʼul boʻlgan yetakchi oʻqituvchilar roʻyxati shakllantiriladi.
fanlar (yoki fan bloklari) kesimida har biri 25-30 nafar yetakchi oʻqituvchilardan (imkoniyatdan kelib chiqqan holda tegishli fandan dars beruvchi barcha oʻqituvchilardan) iborat ishtirokchilar guruhlari shakllantiriladi va tasdiqlanadi;
malakali oʻqituvchilar orasidan tanlab olish asosida har bir guruh uchun 1 nafardan mentor-oʻqituvchilar tarkibi shakllantiriladi va tasdiqlash uchun hududiy ishchi guruhga taqdim etiladi.
Mentor-oʻqituvchini tanlashda uning kasbiy mahorati, faolligi va liderlik xususiyatlari hisobga olinadi.
Ishchi guruhlar tarkibi va boshqa ma'lumotlar bilan MMTVning 07.08.2024 dagi 246-sonli buyrugʻida tanishishingiz mumkin: 👉 https://www.group-telegram.com/fr/uztdi.com/8801
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.