group-telegram.com/Innovatorjurnali/1642
Last Update:
Innovator" sahifasining qahramoni — Yunusaliyev Sanjarbek.
✅Yunusaliyev Sanjarbek 2004-yil 1-oktyabrda Farg‘ona viloyati Davr qishlog‘ida tug‘ilgan. Hozirda Farg‘ona Politexnika institutining talabasi.
✅Ingliz tilini biladi.
✅Sanjarbekning matematikaga bo‘lgan qiziqishi juda ham yuqori. Qahramonimiz maktab davridan beri matematika fanidan olimpiadalarda qatnashib, yutuqlarga erishib kelmoqda.Maktabda o‘zlashtirilgan chuqur bilimi bilan Farg‘ona politexnika institutiga elektr energetika yo‘nalishiga grant asosida o‘qishga qabul qilindi.
✅Izlanuvchan qahramonimiz 1-kursdayoq institutda o‘tkazilgan turli xil tanlov va musobaqalarda faol qatnashib faxrli o‘rinlarni egallagan. Jumladan institutda o‘tkazilgan Matematika fanidan olimpiada faxrli 1-o‘rinni egallab Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan. Bundan tashqari ustozlari ko‘magida 10 dan ortiq maqolalar chop etgan, xalqaro konferensiyalarda ishtirok etgan . Yurtimizdagi va xalqaro startap loyihalarda qatnashib faxrli o‘rinlarni egallab kelmoqda. Hozirda Boynazarov Bekzodjon va Mahammadjonov Qudratbeklar bilan ilmiy ishlar va loyihalar ustida faoliyat olib bormoqda.
✅Ayni damda innovatorimiz ustozlari Boynazarov Bekzodjon va Mahammadjonov Qudratbeklar bilan birgalikda gidroturbina orqali ishlovchi qurilma ustida ish olib bormoqda. Qurilma bir vaqtning o‘zida ikkita vazifani bajaradi. Birinchi vazifa gidroturbinali nasos orqali suvlarni pastdan yuqorigi yetkazib beradi ya’ni juda ko‘plab suv chiqmagan joylarga suv yetkazib berishni ta’minlaydi. Qurilmaning ikkinchi vazifasi elektr energiyasini ishlab chiqaradi. Bu qurilma bilan suv yetib bormagan va chiqmagan joylarga suv chiqarib shu hududni elektr energiyasi bilan ta’minlasa bo‘ladi.Bu ixtiro kelajakda qurg‘oqchilikda aziyat chekadigan hududlar aholisiga yordam beradi.
✅ "Oliy maqsadim kelajakda yurtimiz istiqboli uchun yordam beradigan ixtirolarni yaratishdir", — deydi yosh innovatorimiz.
✅Qahramonimizning kelgusi ishlariga zafarlar tilab qolamiz!
Facebook | Telegram | Web | Instagram
BY "Innovator" jurnali
Share with your friend now:
group-telegram.com/Innovatorjurnali/1642